O„zbekiston respublikasi


Geosiyosiy manfaatlar axborot xavfsizligi omili



Download 0,51 Mb.
bet46/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

5. Geosiyosiy manfaatlar axborot xavfsizligi omili. Bugungi dunyoda axborot muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy omil hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha xabar tarqatuvchi ommaviy
axborot vositalariga ega bo‘lgan davlatlar yer yuzida kechayotgan siyosiy voqealarni o‘z
manfaatlaridan kelib chiqqan holda talqin qiladi va boshqalarga yetkazadi. Tarqatilayotgan
xabarlar asl haqiqatdan yiroq bo‘lganligi tufayli ko‘pgina mamlakatlar va xalqlar tajovuzkor
davlatlarning ta‘siriga tushib qolmoqda. Bu esa adolatsiz urushlarning davom etishiga olib
kelmoqda. Ana shu holatni nazarda tutgan holda axborot va ommaviy axborot vositalari omilini
tahlil etishga harakat qilamiz.


  • Ma’lumki, huquqiy fuqarolik jamiyatida eng muhim demokratik institutlardan biri -
    ommaviy axborot vositalari sanaladi. Rivojlangan demokratik tizimda “To‘rtinchi hokimiyat”
    deb e‘tirof etilgan ommaviy axborot vositalari ikki muhim vazifani ado etadi:


  • birinchidan, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy islohotlarni targ‘ib va
    tahlil etadi;


  • ikkinchidan, jamiyatdagi turli qatlam fikrini ifodalash barobarida ijtimoiy fikrni
    shakllantiradi va yo‘naltiradi. Demak, mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlar, iqtisodiy yuksalishlar
    Ommaviy axborot vositalarining mavqei va darajasini belgilaydi. O‘z o‘rnida axborot





    vositalarining erkin va mustaqil faoliyatini ta’minlamay turib demokratik o‘zgarishlarga erishib
    bo‘lmaydi. Ommaviy axborot hukumat va xalq o‘rtasida vositachi sifatida siyosiy partiyalar,
    davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy muvozanatni saqlaydi. Ommaviy axborot vositalari
    davlatning siyosatini, muayyan masalalar bo‘yicha, nuqtai nazarini, shu yo‘ldagi Farmon, qaror
    va qonunlarni xalqqa yetkazadi. O‘z navbatida xalq davlatning ichki va tashqi siyosatidan
    boxabar bo‘ladi, uni tahlil etib, o‘ziga yarasha xulosa chiqarishga intiladi, noqonuniy hatti-
    harakatlarning oldini olishga harakat qiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining mavjudligi
    bois jamiyatda xalq hokimiyati va inson huquqlari ta‘minlanadi.

    Keng jamoatchilikka ta‘siri, muayyan axborot yoki ma‘lumotni zaruriy darajada yetkazish,
    auditoriyani qamrab olishi, jamiyatda kechayotgan voqea va hodisalarni to‘g‘ri talqin etish,
    targ‘ibu va tashviq qilish jihatidan ommaviy axborot vositalari turli darajaga ega. Rus olimi
    Ye.Starobinskiy ta’biri bilan aytganda, har soha o‘ziga yarasha axborot vositasini, har bir bozor
    esa targ‘ibot shaklini tanlaydi. Kishilarning ayrim qatlami esa o‘ziga mos arzon, sifatli va qulay
    vositani tanlab, ko‘proq ma’lumot olishga intiladi. “Delovoy mir” jurnali tahliliga ko‘ra, aholiga
    tez ta’sir qilishi, qisqa fursatda ma’lumotlarni yetkazish bo‘yicha televideniye, barcha yoshdagi
    kishilarni jalb etishi, ta’sirchanligi bo‘yicha radio qulay va arzon axborot vositasi sanalar ekan.
    Ijtimoiy-siyosiy voqelikni targ‘ib etish va muayyan g‘oyalar talqinini yetkazishda radioning
    mavqei yuqori baholangan.
    39 Demak, mamlakatdagi islohotlar jarayonida radio va televideniye,
    gazeta va jurnalning o‘ziga xos alohida o‘rni mavjud.

    Ommaviy axborot vositalari ichida televideniye va radio kuchli mafkuraviy ta’sir
    o‘tkazadigan vositadir. Ular bir tomondan jurnalist va mutaxassislar ko‘magida targ‘ibot olib
    boradi, siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy muammolarni tahlil etadi. Ikkinchi tomondan har bir fuqaroga
    o‘z fikrini ayta olishga imkon beradi. Axborot tarqatishda televideniye va radio

    Avvalo, siyosiy jarayonlarda ishtirok etish, uning asl maqsad-mohiyatini anglash uchun
    fuqaroning xabardorlik darajasini oshiradi;

    Ikkinchidan, o‘tish davri, to‘g‘rirog‘i asta-sekin iqtisodiy yuksalish bo‘layotgan bir pallada
    paydo bo‘layotgan muammolarni tahlil etishda muhim vazifani amalga oshiradi;

    Uchinchidan, mafkuraviy kurashlar kuchayayotgan, islom diniga siyosiy tus berilayotgan,
    “islom dini” niqobi ostida o‘zining qabih - qo‘poruvchilik niyatini amalga oshirayotgan
    terrorchilar guruhlarining kirdikorlarini ochiq-oydin tahlil etishda ishtirok etadi;

    To‘rtinchidan, dunyo hamjamiyatining dardiga aylangan diniy aqidaparastlik, terrorizm,
    separatizm illatlarini bartaraf etishda teleradiokanallar samarali axborot tarqatadi.

    Bugungi illatlarning tub ildizini, aniqrog‘i axborot tarqatish manbalarini qo‘porib tashlash
    xususida O‘zbekiston birinchi Prezidenti shunday yozadi: —Biz faqat terrorizmning tashqi
    ko‘rinishlariga, begunoh odamlarni otadigan, portlatadigan va o‘ldiradigan kimsalarga qarshi
    kurashish bilangina bu ofatni bartaraf etib bo‘lmasligini bir necha bor ta’kidlaganmiz. Hayotning
    o‘zi shuni ko‘rsatmoqdaki, avvalambor, ushbu balo-qazoning birlamchi manbalariga qarshi
    kurashish darkor. Ya’ni islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik
    mafkurasini yaratayotgan ko‘plab radikal va ekstremistik markazlarning birinchi navbatda
    yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo‘yicha konveyer
    tashkil etayotgan, xalifalik tuzishda turli xom-xayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih
    kishilarning ildizini qirqib tashlash kerak”.
    40 Ko‘rinib turibdiki terrorizm va diniy aqidaparastlik
    aynan axborot vositasida tarqatiladi.

    Axborot vositasida amalga oshiriladigan har qanday qo‘poruvchilik, xoh siyosiy, xoh
    iqtisodiy, xoh harbiy yo mafkuraviy bo‘lmasin davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir
    ko‘rsatadi, islohotlar jarayonini sustlashtiradi. Ulkan miqdordagi iqtisodiy zarar keltiradi,
    davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni salbiy tarafga o‘zgartiradi, millatlar, diniy-etnik guruhlar
    orasidagi ziddiyatni keskinlashtirib, kelishtirib bo‘lmaydigan darajaga keltiradi. Bu turli millat,



    39 O‘sha joyda, 123-bet.


    40 Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz—jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modjernizatsiya va isloh
    etishdir. Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi.





    elat, diniy konfessiya, mazhab va yo‘nalishlarga mansub bo‘lgan, turli dunyoqarashu tafakkur
    vakillari yashaydigan Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston davlati uchun nihoyatda xavflidir.

    Demokratiya tamoyillarini yoyish, inson huquqlarini himoya qilish, globallashuv
    jarayonini tezlashtirish, dinlarni takomil toptirish, nodavlat tashkilotlar faoliyatini dunyo bo‘ylab
    yoyish, rivojlantirish va mustahkamlash bahonasida “Gegemonlik” g‘oyasini singdirishga
    intilayotgan ba’zi bir davlatlar ommaviy axborot vositalaridan o‘z mafkurasini singdirishda
    foydalanmoqda. Aslida terrorizm, diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, giyohvandlik va
    narkobiznesga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, radio va televideniyeya
    asosiy tashviqot quroli bo‘lishi kerak. Ammo g‘arblik siyosatshunoslarning fikricha, televideniya
    va radio terrorchilarning odamlar bilan muloqot qiladigan oddiy vositaga aylanib qoldi
    41.
    Bu jarayon Yevropadagi axborot vositalarida ko‘proq seziladi. 1972 yil 5 sentabrda
    Germaniyaning Myunxen shahrida XX olimpiada o‘yinlari bo‘layotgan bir vaqtda Arabistondagi
    “qora sentabr” ekstremistik tashkiloti isroillik sportchilarni avval garovga olib, so‘ngra otib
    tashlagan edi. Bu qonxo‘rlikning vaqti, joyi, shakli tasoddifiy emas, oldindan rejalashtirilgan.
    Dunyo hamjamiyatining diqqatini Arab - Isroil mojarosiga qaratish asosiy maqsad hisoblanib,
    ommaviy axborot vositalari targ‘ibot manbaiga aylangandi.

    Axborot tarqatish usuli bilan nafaqat maxsus kontrterroristik harakatlar o‘tkazishni
    qiyinlashtirish yoxud terrorizm g‘oyasini targ‘ib qilish, balki jinoiy harakatlar tayyorlash
    taktikasi va terroristik maqsadlarni amalga oshirish ham mumkin. Masalan, 1986 yilda bir guruh
    uyushgan jinoyatchilar Shvetsiya bosh vaziri U.Telmanni vahshiylarcha o‘ldirishadi. Ommaviy
    axborot vositalari esa bosh vazir o‘limi tafsiloti va taktikasini butunicha e’lon qiladi. Oradan bir
    qancha vaqt o‘tmay xuddi shu ssenariy asosida bank direktori Z.Marbiy o‘ldiriladi.

    Mamlakatlardagi harbiy xizmatchilar, maxsus xizmat vakillari, huquqni himoya qiluvchi
    organlar, yirik siyosatshunos olimlar ommaviy axborot vositalarini har qanday holatda ham
    terrorchilarga minbar sifatida bermaslik tarafdoridirlar. AQSH Mudofa Vazirligi 1991 yilda 14
    yanvarda —Ommaviy axborot vositalari uchun asosiy qoida va ko‘rsatmalar” ni qabul qilib,
    odamlarning hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan axborotni tarqatishni ta’qiqlab qo‘ydi.
    1996 yil Moskvada bo‘lib o‘tgan “Terrorizmga qarshi kurash”, 1997 yilda Sankt-Peterburgda
    o‘tgan —Xalqaro terrorizm va yangi o‘lchovlar” xalqaro anjumanlarda muhim masala bo‘yicha
    bir to‘xtamga kelindi: terroristik va antiterroristik harakatlarni yoritish bilan bog‘liq
    ma‘lumotlarni olish va tarqatishda jurnalistlarning huquqlarini qonunan chegaralash zarur.
    Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 1996 yil 7 martda —Terrorizm bilan kurashni kuchaytirish
    xaqida” Farmon qabul qilib, Bosh Prokuraturaga terrorizm bilan bog‘liq voqealarni ommaviy
    axborot vositalari tomonidan yoritilishida Rossiya Federatsiyasi qonunchiligining bajarilishi
    ustidan nazoratni kuchaytirish borasida tavsiya ham bergan.

    Xulosa sifatida aytish mumkinki, terrorizm va uning oqibatlarini axborot vositasida
    yoritish, targ‘ib va tahlil etishda ikki tendensiya ko‘zga tashlanadi: Birinchisi - axborot terrorizm
    illatini bartaraf etish, uning oldini olish, manba va ildizlarini quritish jarayonida targ‘ibot
    manbai. Ikkinchisi - axborot antiterroristik aktlarni o‘tkazishda xalaqit berish barobarida
    uyushgan jinoyatchilar guruhi va oqimlarining reklama manbaiga aylanmoqda.

    Keyingisi O‘zbekiston ommaviy axborot vositalariga taalluqli emas. Sababi - birinchidan,
    istiqlolning dastlabki kunidanoq O‘zbekiston davlati terrorizm, diniy aqidaparastlik,
    mutassiblikning og‘ir oqibatlarini anglab, axborot vositalarida Afg‘oniston, Tojikiston misolida
    ayta boshladi.

    Ikkinchidan, diniy-etnik va millatlararo notinchlikning jabrini biz boshqalardan oldinroq
    ko‘rdik (Parkent-O‘sh) va uning “gazak” otishiga qarshi radio, televideniya va matbuot kuchidan
    ham foydalandik.

    Uchinchidan, mavjud OAV to‘g‘risidagi qonunlar O‘zbekiston Respublikasi
    Konstitutsiyasi, mudofaa to‘g‘risidagi qonunlarda buzg‘unchilik, qo‘poruvchilik va
    parokandalikka qarshi kurash alohida qayd etilgan.



    41 Jumayev R., Ubaydullayev U., Xo‘janov B. Konfliktologiya asoslari. -T.:Akademiya, 2000, 17-bet.


    Adabiyotlar



    1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
      k’otaramiz. 1-jild, - Toshkent -“O‘zbekiston” NMIU, 2017. -592 b.


    2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, -
      Toshkent -“O‘zbekiston” NMIU, 2018.


    3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T., —Ma’naviyat”, 2008.

    4. Muminov A. O‘zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. T., —Turon zamin”, 2013.

    5. Otamurodov S. Globallashuv va milliy - ma’naviy xavfsizlik. T.,”O‘zbekiston”, 2015.

    6. Milliy g‘oya va rahbar mas’uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., — G‘afur
      G‘ulom” NMIU, 2007.


    7. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. Q.Nazarov mas’ul muharrir. T., “G‘afur
      G‘ulom” NMIU, 2013.


    8. Falsafa qomusiy lug‘at. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. T., “Sharq” NMAK, 2004.

    9. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild. T., 2002.

    10. Azroyans E. Globalizatsiya: katastrofa ili put k razvitiyu? —M., "Noviy vek", 2002.

    11. Kalmikov A.A., Koxanova L.A. Internet-jurnalistika. M.: YUNITI-DANA, 2005.

    12. Starobinskiy YE. Samouchitel po reklame.- M., 2002.

    13. htpp:// www.wikipedia.org; Hornby A.S. —Oxford Advanced Learner's Dictionary of Current
      English”.


    6- Ma’ruza. Mafkuraviy faoliyat - milliy g„oyani amalga oshirish vositasi
    Reja:


    1. —Mafkuraviy faoliyat” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va namoyon bo‘lish
      xususiyatlari.


    2. Mafkuraviy faoliyat maqsadli va mo‘ljalli harakat sifatida.

    3. Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo‘llari. Mafkuraviy faoliyatni amalga
      oshirishning zamonaviy texnologiyalari.


    4. Mafkuraviy faoliyatda milliy g‘oyani aholi ongiga singdirish

    5. Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyalarining namoyon bo‘lishi.


    Download 0,51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish