O„zbekiston respublikasi


Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo„llari. Mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari



Download 0,51 Mb.
bet49/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo„llari. Mafkuraviy faoliyatni
amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari.
Mafkuraviy faoliyatda targ‘ibot va tashviqot
muhim o‘rin egallaydi. "Mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot" biron-bir shaxs, guruh, millat,
jamiyat, hudud xalqlarining ongi va qalbiga mu-ayyan g‘oya va mafkuraning mazmun-mohiyati,
maqsad-muddaolari, amaliyoti to‘g‘risidagi bilimlarni, ularga doir tushuncha va ta-moyillarni
singdirishga qaratilgan tizimli faoliyat hamda u bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish
jarayonini ifo-dalaydigan tushunchadir. Shu bilan birga, bugungi kunda bu tu-shuncha
yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa, kasbu kor-ga mansub bo‘lgan kishilarni ma’naviy
tajovuzlardan ogohlikka chorlash, mavjud xavf va taxdidlarning mohiyatini anglab yetish, ular
haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g‘oya asosida xalqni birlashtirish,
jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini tarbiya-lashga
qaratilgan usul va amaliy harakatlar majmuini ham anglatadi. Odamlar qalbi va ongida ana
shunday insoniy tuyg‘ular qaror topishi, jamiyatda olijanob fazilatlar ustuvor bo‘li-shida
mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot muhim ahamiyatga ega.

Mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot aslida ta’lim-tarbiyaning muhim ko‘rinishidir.
"Targ‘ibot" atamasining o‘zagini "rag‘bat" so‘zi tashkil etgani bois, u insonni biror harakatga
rag‘batlantirishni nazarda tutadi. "Tashviqot" tushunchasining o‘zagi esa "shavq" so‘zidan
olingan bo‘lib, u kishida biror narsaga shavq, ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishga yo‘naltirilgan.
Demak, targ‘ibot-tashviqotdan ko‘zlan-gan asosiy maqsad nafaqat bilim orttirish, balki kishyni
biror-bir xatti-harakatga undashdan iborat.

Mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotning ikki an’anaviy yo‘li mavjud. Birinchisi — insoniy
fazilatlarni ulug‘lash, yuksaq ma’naviyatli kishilar hayoti va faoliyatini ta’riflash, ular-ni ibrat,
namuna qilib ko‘rsatish orqali kechadi. Ikkinchi yo‘l esa illatlarni qoralash, ulardan xalos
bo‘lishga da’vat, tar-g‘ib-tashviq orqali amalga oshadi. Bu vosita birinchisiga nisba-tan
samaraliroq. Shu sababdan ham erishilgan yutuqlarni xoliso-na e’tirof etib, yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklar tanqidiy nuqtai nazardan baholanishi lozim.

Mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotda ulug‘ ajdodlarimizning hayot yo‘li, qoldirgan
merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirmog‘imiz darkor. Lekin, bunda
faqat o‘tmish-dagi siymolar bilan cheklanib qolmay, bugungi kun qahramonlari, ilg‘or
zamondoshlarimizdan o‘rnak olish ham muhim ahamiyatga ega. Toki, ular yoshlar uchun tom
ma’noda ibrat namunasi bo‘lsin. Chun-ki, targ‘ibot-tashviqotda faqat o‘tmishdan misol keltirish
bilan cheklanib qolinsa, bu — kechagi kun bilan yashash bo‘ladi. Targ‘ibot-tashviqot borasida
eski davrdan qolgan quruq, siyqasi chiqqan va’z-xonlikdan voz kechib, yurt bugun boshidan
kechirayotgan murakkab va mashakqatli hayot haqiqatiga tayanib, jamoatchilik fikrini shakl-
lantirishning eng zamonaviy, ta’sirchan usul-uslublaridan foydalangan holda ish olib borishni
hayotning o‘zi talab qilmoqsa.





Shu sababdan ham targ‘ibotchilar, ijtimoiy soha mutaxassis-lari, ilg‘or fikrli ziyolilar
milliy g‘oyaning asosiy maqsadla-rini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab be-
rishlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun nima, qanday targ‘ib qilishni aniq va puxta
tasavvur etmoq, ma‘naviy oziq nimadan iborat bo‘lishini, uni odamlar ongiga qay tariqa
yetkazish usul-larini ishlab chiqmoq darkor. Ma’naviy oziqning mezoni haqiqat va faqat haqiqat
bo‘lishi zarur. Ya’ni, xalqqa bor haqiqatni ochiq aytib, shunga ko‘ndirish, ishonchini qozonish
va shu asosda uni yangi marralarga intilishga rag‘batlantiriladi.

Har qanday tarbiyada, hatto yuksak rivojlangan demokratik tarbiya tizimida ham ozmi-
ko‘pmi bajarilishi shart bo‘lgan bel-gilar mavjud. Masalan, bola go‘dakligidan biror ezgu
fazilatga o‘rgatilmasa, majbur qilinmasa, yuz-qo‘lini yuvmaslik, kattalar gapini bo‘lish singari
qusurlar unga odat bo‘lib qoladi. Xalqimizga azaldan xos bo‘lib kelgan andisha, ota-onaga
hurmat, ilm-ma’rifatga intilish kabi olijanob fazilatlar ham o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi.
Mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot ishla-rida har bir ixtisos, har bir yo‘nalish bo‘yicha
mutaxassislar-dan foydalanish kerak. Shundagina har bir ko‘rsatuv, eshitti-rish, ma’ruza,
ma’rifiy tadbirlar mazmun-mohiyati bilan odam-lar qalbi va ongiga yetib boradi.

Mafkuraviy targ‘ibot o‘tkinchi, mavsumiy holga aylanib qol-masligi lozim. Bugungi
murakkab ma’naviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ular-
ning ustuvor yo‘nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratil-ganligini aniqlash, aholi turli
qatlamlariga ta’sirini o‘rga-nish, ma’naviy tajovuzlar mohiyatini ochib berish alohida ahamiyat
kasb etmoqsa. Faqat ana shunday asosda aholi, ayniqsa, yoshlarni o‘z fikriga ega, ma’naviy
tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir, irodali, fidoyi, vatanparvar insonlar etib
tarbiyalashga erishish mumkin. Targ‘ibot ishlarining ta’sirchan-ligini ta’minlaydigan zamonaviy
informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyat ma’naviy immuni-tetini
kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ish-lab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari
hamda targ‘ibotchi-tashviqotchilar uchun tegishli tavsiya va qo‘llanmalarni tayyor-lash bu
boradagi muhim vazifalar tarkibiga kiradi. Mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotda keng
qamrovlilik, uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, meyoriylik, shaxsiy ibrat singari tashkiliy
tamoyillarga amal qilingan taqdirdagina ko‘zlangan samaraga erishish mumkin.

"Mafkuraviy faoliyat samaradorligi" tushunchasi joylarda amalga oshirilayotgan ta’lim va
tarbiyaviy ishlardan qanday na-tijalarga erishilganini va shu soha xodimlarining faoliyati hamda
tarbiyaviy salohiyatidan foydalanish darajasini ifodalaydi. Bu maqsadga erishish uchun
tadbirlarni ta’lim jarayoni bilan uyg‘unlashtirish va ulardan samarali foydalanish muhim
ahamiyatga ega. Ta’lim-tarbiya jarayonida aholiga ta’sir o‘tka-zuvchi omillarning harakat qilish
mexanizmlari va xususiyatla-rini aniqlash, ulardan unumli foydalanish, ma’naviy-ma’ri-fiy
tadbirlar orqali yoshlarni milliy va umumbashariy qadri-yatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash
g‘oyat muhim ahamiyat kasb eta-di. Mafkuraviy faoliyat samaradorligi yuqori bo‘lishi uchun
ular-ni tayyorlash va o‘tkazish jarayonida yoshlarda tarbiya va o‘zini o‘zi tarbiyalash hissini
shakllantirish hamda rivojlantirish tashkilotchining diqqat markazida bo‘lishi lozim. Ta’lim tizi-
midagi ma’ruza, amaliy mashg‘ulotni ma’naviy-ma’rifiy tad-birlar bilan uyg‘unlashtirish, bir
tomondan, ta’lim samara-dorligini oshirsa, ikkinchi tomondan, ta’lim va tarbiyaning uz-viyligini
ta’minlashga xizmat qiladi.

Mafkuraviy tadbirlarni tayyorlash hamda o‘tkazishga yoshlar-ni keng jalb qilish ularda
tuyg‘udoshlik va daxldoshlik xissini uyg‘otadi, bu holat o‘tkazilgan tadbirning tarbiyaviy
samaradorli-gini yanada oshiradi. Bunday tadbirlardan ma’naviy-axloqiy tar-biyada samarali
foydalanishning muhim sharti shuki, bunda har bir kishining xususiyatlari, muayyan voqea-
hodisaga nisbatan fikri qay darajada shakllanganini hisobga olish lozim. Ta’lim muassasalarida
tadbirlarni rejalashtirish, tashkil qilish, tayyorlash va o‘tkazishga talaba-yoshlarni keng jalb
qilish, ay-niqsa, mavzu tanlash, reja tuzish, ssenariy tayyorlash, tadbir o‘tkaziladigan xonalarni
jihozlash kabi yumushlarni ularning o‘zlariga topshirish lozim.

Mafkuraviy faoliyat samaradorligining oshishi o‘quv yurtlarida o‘tkaziladigan ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarning reja va ssenariylari professor-o‘qituvchilar yoki o‘quv yurti xodim-lari
tomonidan tuzilgan taqdirda ularni talabalar muhokama-sidan o‘tkazish va muhokama





jarayonida bildirilgan fikrlar-ning inobatga olinishiga ham bog‘liq. Mafkuraviy targ‘ibot va
tashviqot samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv yurtlarining ma‘naviy-ma‘rifiy muassasalar
bilan hamkorligini mustah-kamlashning ahamiyati katta. Bunday hamkorlik, bir tomondan,
madaniy-ma’rifiy muassasalarni auditoriya, tomoshabin bilan ta’minlashga, ikkinchi tomondan,
ma’naviy-ma’rifiy tadbir-larning ta‘sirchanligi va samaradorligini oshirishga ko‘makla-shadi.
Qolaversa, mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot samarador-ligi tadbirlarning mazmunan milliy
ma’naviy-axloqiy qadri-yatlarimiz, milliy g‘oya va madaniyatimiz, ma’naviy merosimiz bilan
uyg‘un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv us-lublar asosida tashkil etilishiga bog‘liq

Mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot samaradorligini shu so-haning faollari, targ‘ibotchi va
tashviqotchilarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. "Mafkura targ‘ibotchisi" shu sohadagi yangiliklar va
axborotlarni tarqatuvchi, kishilarni muayyan g‘oya va g‘oyalar ti-zimiga xos maqsad-
muddaolarga yetishish, ideallarga erishishga da’vat etuvchi, hayotning barcha sohalaridagi ilg‘or
jarayon va vo-qealarni muntazam ravishda tahlil etib, bu boradagi dolzarb muammolar yechimini
topish bo‘yicha xabar, ma’lumot, taklif-larni ommaga tarqatuvchi shaxsni ifodalaydigan
tushunchadir. Mafkura targ‘ibotchisi, keng ma’noda, ijtimoiy faoliyatning alohida turi, ya’ni
g‘oya va mafkura masalalari bilan shug‘ulla-nadi, ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy, axloqiy
qadriyatlarni targ‘ib qiladi. Tor ma’noda esa, u faoliyati ma’naviyat, mafkura va siyosatni targ‘ib
etishga qaratilgan shaxsni anglatadi.

Mafkura targ‘ibotchisi ilmiylik, konkretlik, obyektivlik, ijtimoiy hayot bilan chambarchas
bog‘liqlik tamoyillariga asos-lanishi, ilmiy, nazariy, amaliy-tashkiliy jihatdan yetuk kishi
bo‘lishi lozim. U shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlaridan kelib chiqib, ular manfaatlarini ifoda
etib, adolatli jamiyat qurish haqidagi bunyodkor g‘oyalarni omma orasida yoyish, kishilarga
ma’-naviy, g‘oyaviy-siyosiy ta’sir ko‘rsatish subyektidir. Mafkura targ‘ibotchisi o‘zi anglagan,
o‘rgangan, yuragidan o‘tkazgan, to‘g‘ri-ligiga ishongan ma’lumotlarning serqirraligi, yangiligi
bilan aholini ma’naviy, g‘oyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jara-yonlarda faollikka chorlaydi.

Hozirgi davrda ham har bir ma’rifatli, vijdonli inson buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga qarshi
kurashishi, aholiga bor haqiqatni tushuntirib berishi, odamlar ruhini, ongu tafakku-rini, umuman,
ma’naviyatini himoya qilishi zarur. Elga ezgu g‘oyalarga asoslangan tushunchalarni targ‘ib
qiladigan, aholiga tar-biya beradigan, tinchlik-osoyishtalikni saqlash, ma’rifatni tar-qatish kabi
savobli va xayrli ishlarni amalga oshirishga da’vat etadigan mo‘tabar joy — maktablar va ularda
ishlaydiganlar ham mafkura targ‘ibotchilaridir. Yuksak ma’naviyat yoshlar ongi va qalbiga
singishi, davlat va jamiyat maqsad-muddaolarini ja-moatchilik qo‘llab-quvvatlashiga erishmoq
uchun targ‘ibot-tashvi-qot uzluksiz bo‘lmog‘i lozim.

Shu ma’noda, mafkura targ‘ibotchisi yangiliklarni anglashga qodir, haqiqat va xalq
manfaati yo‘lida kurashlarga hamisha tayyor, mard, fidoyi bo‘lishi lozim. Bunday xususiyatlar
esa, tarixdan, ajdodlar tajribasidan ma’lumki, jamoa, jumladan, mahalla sharoitida shakllanadi.
Mahalla — jamiyatimizda alohida ma’-naviy tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‘lgan o‘ziga xos
demokratiya maktabi. Bu noyob tajriba — aholining mahalla bo‘lib yashash tar-zi jahonning
boshqa mamlakatlarida kam uchraydi. Shuning uchun ham insonni jamiyat bilan birga yashashga
o‘rgatadigan, uning ma’-naviyatini tarbiyalaydigan birlamchi makon mahalladir.

Milliy urf-odatlar, marosimlar targ‘iboti chog‘ida ham butun insoniyat, Vatan va millat
manfaatlarini, shaxs erkinligi, mil-liy qadriyatlar majmuining yaxlit uyg‘unligini yodda tutmoq
lo-zim. G‘oya va mafkura tamoyillari shu sohadagi har bir inson, jumladan, targ‘ibotchining
har bir xatti-harakatida o‘z ifodasini topadi. Uning yashash tarzi, qilgan ishlari, yaratgan asarlari,
mehnatining natijalari, atrof voqelikka munosabati — barcha-barchasi g‘oyalarga sadoqatning
ko‘zgusidir. Olimning kashfiyoti, musavvirning kartinasi, yozuvchining romani, shoirning she’ri,
o‘qituvchining, voizning ma’ruzasi, bastakorning musiqasi o‘ziga xos targ‘ibotdir. Bunday
targ‘ibotda ko‘p kitob o‘qiydigan, ma’lu-motli ziyolilarga mo‘ljallangan bir oz murakkabroq
axborotlar bilan tadbirkorlar kayfiyatiga ta’sir etib bo‘lmaydi. Shuningdek, g‘oyalarga sadoqat
tuyg‘ularini singdirishda talabalarga ham, fermerlarga ham bir xil munosabatda bo‘lish, bir xil
usullar-dan foydalanish kutilgan samarani bermaydi. Chunki, turli ij-timoiy guruh vakillarining
dunyoqarashi, manfaatlari va qadri-yatlari bir-biridan farq qiladi. Mafkura targ‘ibotchisi tomoni-





dan har bir guruh, tabaqa, toifa xususiyatlarini hisobga olish ko‘proq samara berishi mumkin.
Mafkura targ‘ibotchilarining o‘zlari ham el-yurt orasida obro‘-e‘tibor qozongan, yuksak saviyali,
ko‘pni ko‘rgan, jonkuyar, otashin, eng muhimi, odamlarning yuragiga haqqoniy so‘zi, yorqin
fikri bilan yo‘l topadigan halol insonlar, ya’ni bunga ma’naviy huquqi bor kishi bo‘lishi lozim.

Demak, mafkura targ‘ibotchisi "Avesto"dagi "ezgu niyat, ezgu so‘z, ezgu amal" tamoyiliga
mos shaxs bo‘lmog‘i zarur. Mafkuraviy targ‘ibotda hissiyotlarga kuchli ta’sir qilish, jozibalilik,
no-an’anaviy usullarni qo‘llash, oshkoralik, milliy qadriyatlar doirasidan chiqmaslik, ommabop
va tushunarli ifodalash ko‘proq samara beradi. Bugungi g‘oyat murakkab, tahlikali dunyoda
yoshlar ma’naviyatini yanada yuksaltirish, ularni milliy an’ana va qad-riyatlarga yot bo‘lgan
buzg‘unchi g‘oyalar, zararli oqimlar ta’siri-dan asrash vazifasi mafkuraviy targ‘ibot faollari bilan
bir-ga, bu sohada faoliyat yuritadigan turli tashkilot va muassasa-lar zimmasiga ulkan mas’uliyat
yuklaydi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish