O„zbekiston respublikasi



Download 0,51 Mb.
bet45/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

Kiberterrorizm - zamonaviy, ilg‘or texnologiyalar, kompyuter va boshqa
imkoniyatlardan foydalangan holda yovuz kishilarning o‘zining g‘araz niyatlariga erishishdan
iborat. Kiberterrorizm (kompyuter terrorizmi) ostida g‘arazli niyatda, siyosiy maqsadlarda
amalga oshirilgan kompyuter tizimi va tarmog‘idagi axborotga qilingan hujum tushunilib, u
odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf paydo qilib, jamoatchilik tinchligini buzadi, aholini qo‘rqitib,
harbiy nizo keltirib chiqarishga intiladi. Kiberterrorizm insoniyat uchun jiddiy xavf bo‘lib, uni
yadro, bakteriologik va kimyoviy qurolga tenglashtirish mumkin. Hatto u o‘z yangiligi tufayli
to‘la-to‘kis o‘rganib ulgurilmagan quroldir.

Masalan, kompyuter tarmoqlari orqali bank tizimlariga kirish va u yerdan pul mablag‘larini
o‘marish. Misol sifatida kredit kartalari bilan amalga oshirilayotgan afera (g‘irromlik)lar har yili



34 htpp/ www.wikipedia.org; Hornby A.S. —Oxford Advanced Learner's Dictionary of Current English”. Д.Рашкофф, «Медиа
вирус. Тайние послания в популярной културе», 2003.





400 million dollar atrofida zarar keltiradi. Viruslardan ko‘rilgan zarar esa 12 milliardni,
mualliflik huquqining buzilishi 250 milliardga yaqin zarar keltiradi.

Virtual ta’qib.
Bugungi kunda virtual ta‘qib nihoyatda ommalashib bormoqda.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan ma'lum bo‘ldiki, hozirda maktab yoshidagi bolalar
internetdan tobora erta foydalanishga kirishmoqda. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
bemalol maktab yon-atrofidagi kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanishi mumkin. Shu
bois ular uyda ham internetga ulanish imkoni bo‘lishini xohlashi tabiiy. Lekin, mutaxassislarning
fikricha, yoshi o‘nga yetmagan bola odatda mustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun
zarur bo‘lgan tanqidiy fikrlash va shu asosda ma'lumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish,
boshqacha aytganda,
«filtrlash» qobiliyatiga ega emas. Shu sababli internetdan yolg‘iz qolganda
ham foydalanish ehtimoli bo‘lgan bolani qattiq nazorat ostiga olish kerak, unga o‘zi haqidagi
shaxsiy ma'lumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‘rgatish zarur.

Virtual reallik, virtuallik( ing. virtual reality, virtual - borligicha, lot. virtus - potentsial,
ehtimollik, energiya, kuch, shuningdek tasavvurdagi xayol) - kompyuter yordamida
modellashtirish asosida foydalanuvchi sun'iy dunyoga cho‘mib, maxsus sensorli moslamalar
orqali unda harakat qilish imkonini beradi. Bunda foydalanuvchining ko‘rish, eshitish, sezish va
motorli sezgilari kompyuter tomonidan yaratiladigan imitatsiyasi bilan almashtiriladi.

Virtual reallikning o‘zi nima, degan masalada asosan ikki yo‘nalish (gipoteza) shakllangan.
Birinchisi virtual reallikni texnikaviy hodisa deb qarash bo‘lsa, ikkinchisi ruhiy xodisa deb
xisoblashdir. Umuman, hozirgi davr falsafiy adabiyotlarida ko‘rsatilishicha, virtual reallik
tushunchasining fanda, san'atda va amaliyotda keng tarqalishi, — o‘z-o‘zidan tashkillashuv”,
“kooperatsiya effektlari”, “tasodifiy tashkillanishlar” va shular kabi boshqa tushunchalar orqali
ifodalanadigan yangi ilmiy paradigmaning vujudga kelayotgani haqida gapirish imkoniyati
vujudga kelayotganini bildiradi
35.
Hozirgi davrda virtual reallikni faqat kompyuter texnologiyalari, ya‘ni “kibermadaniyat”
bilan bog‘lash tamoyili ham mavjud. Lekin, bunga qarama - qarshi o‘laroq boshqa olimlar virtual
reallikning kompyuterdagi variantlarini undan ancha chuqur kechadigan jarayonlarning yuzadagi
qo‘pol namoyon bo‘lishidir, degan fikrlarni oldinga surmoqdalar.

Virtual reallik jamiyat hayotida muhim hodisalardan biri sifatida o‘rin oldi. Bu jarayon
tasarrufchini kompyuterda turli manipulyatsiyalar (o‘yin yoki boshqa ishlar) qilishi uchun
mo‘ljallangan har xil olam modellarini yaratish proyektidan boshlangan edi. Ana shu proyekt
tufayli kimyoviydan tortib to ijtimoiyga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni sun'iy ravishda
yaratishning cheksiz imkoniyatlari ochildi. Bu hol fanning barcha sohalari namoyandalarining,
ayniqsa faylasuflarning diqqatini o‘ziga tortdi. Hozirgi davrda virtual reallik sistemalarini ishlab
chiqish va ulardan amalda foydalanish jarayoni virtualistika muammolarini falsafiy-metodologik
nuqtai nazardan anglash bilan parallel ravishda amalga oshmoqda. Bu borada ko‘plab kitoblar,
jurnal va gazetalarda maqolalar nashr etilgan.

Virtualistika bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni asosan uch yo‘nalishga ajratish mumkin.
Birinchisi, sistemalar nazariyasi, modellashtirish, kompyuter grafikasi, mul'timediya va h.k.da
erishilgan yutuqlarni hisobga olishga tayanadigan nazariy ishlar. Ikkinchisi, virtual reallik
muammosining falsafiy va psixologik jihatlari hamda uning insonga, odamlar guruhi va butun
jamiyatga ta'siri haqidagi ishlar. Uchinchisi, virtual reallikka tegishli sistemalarni inson
faoliyatining texnik sohalarida, ta'limda, ilmiy tadqiqotlarda, biznesda va h.k.da foydalanish
muammolariga bag‘ishlangan ishlar. To‘rtinchisi, virtual reallikning axloq, siyosat,
madaniyatshunoslik bilan bog‘liq muammolari bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, 6unday informatsion quporuvchilikdan maqcad -
mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yul bilan tazyiq utkazish, jahon afkor
ommasida o‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur to‘g‘dirishga intilishdan iborat. "Milliy istiqlol
g‘oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar" risolasidagi ba'zi fikrlar ham bugungi hurujlarning
maqsadini oydinlashtiradi. Ushbu risolada aytilishicha, geopolitik maqsadlar - davlatning uzga



35Paxrutdinov Sh. Taraqqiyotga tahdid: nazariya va amaliyot. T.: “Akademiya”, 2006, 73 b.




qududlarda o‘z mavqeyi va ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan siyosatdir. Ochig‘i, bu ta’sirif
ayrim ommaviy axborot vositalarining faoliyati nimaga yunaltirilganligini fosh etib qo‘ymoqda.

Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher "Ommaviy
axborot vositalari terrorchilar uchun kislorod vazifasini o’taydi", degan. Bu gapning mag‘zini
chaqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan", degan
xulosaga keladi. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. Chuqurroq uylab kursak-chi?
Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan uldirish orqali millionlarda qo‘pqyv
va daqshat uyg‘otishga intiladilar. Demaq ularning maqcadlari - uldirish emas, jamoatchilikka
kuchli ta‘sir qilishdir. Taassufki, ba‘zi ommaviy axborot vositalari uzlari bilmagan holda
terrorizmning buzg‘unchiliq qo‘poruvchilik ta’sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo‘yadilar.
Ularning terror oqibatlari haqidagi vaqimali axborotlari insonlardagi qurquvni, daqshatni,
himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‘ibotni
uyushtirish zarurati tug‘iladi.

Globallashuv, axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi
turli hil siyosiy, mafkurafiy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini
uyushtirish ustida ish olib bormoqda)o‘zlarining g‘arazli manfaatlari yo‘lida ommaviy
kommunikatsiya vositalaridan, ayniqsa, Internet tarmog‘idan foydalanib, axborot erkinligini
suiste’mol qilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini kursatish orqali, hali ongi va
hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itish, yoshlarning ongi va qalbini
egallash yo‘lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emasdir.

Shunday ekan, nosog‘lom axborot oqimi va ta’siridan yoshlarni himoyalash uchun qanday
huquqiy mexanizmlar mavjud, degan o‘rinli savol to‘g‘iladi?

Ma’lumki, xalqaro amaliyotda “Kiber jinoyatlar to‘g‘risida” Konvensiya, —Voyaga
etmaganlar uchun xavfsiz Internet va on-layn resurslarni joriy qilish to‘g‘risida” Yevropa Ittifoqi
Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, “Bola huquqlari to‘g‘risida” BMT Konvensiyasini,
—Yoshlarni himoyalash to‘g‘risida” Germaniya, “Voyaga etmaganlarni ommaviy axborotning
salbiy ta’siridan himoyalash to‘g‘risida” Litva va “Bolalarni sog‘ligi va rivojlanishiga ziyon
etkazuvchi axborotdan himoyalash to‘g‘risida”gi Rossiya Federatsiyasi qonunlari mavjud
ekanligini tilga olishimiz mumkin bo‘ladi
36.
AQSH tajribasi haqida gapiradigan bo‘lsak, shuni aytish lozimki, 2001 yili kuchga kirgan
qonunga asosan, davlat dotatsiyasini oluvchi ommaviy muassasalarning barchasi kontent fil‘tratsiya
tizimini urnatishi majburligi belgilanib (Child Internet Protection Act), 2001 yili 74 foiz maktablar,
43 foiz kutubxonalar, 41 foiz oilalar (qaysi kim bolalari Internetga chiqish imkoniyatlari borlari)
kontent fil‘tratsiya tizimini, tegishli dasturlarni urnatishdilar
36 37.
Yevropa mamlakatlari tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak Buyuk Britaniyada davlat
strukturasi faoliyat yuritib (—Internet Watch Foundation”), u doimiy ravishda Internetdagi xavfli
kontentli resurslarni monitoring qilib boradi
38.
Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog‘lom axborotlardan himoyalashning
mexanizmlari mavjud bo‘lib, xususan, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining
asoslari to‘g‘risidagi Qonunda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga,
shu jumladan zo‘ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday
hatti-harakatlar man etilishi”, Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi Qonunda “Pornografiya,
shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli
ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot
vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda fil‘mlarni namoyish etish taqiqlanishi”
belgilab berilgan bo‘lsada, bugungi axborot makonidagi tendensiyalar, axborot ekspansiyasi,
agressiv axborotlarning kuchayishi milliy qonunchiligimizni va ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarimizni
yanada kuchaytirishni taqoza etadi desak mubolag‘a bo‘lmas.



36 Muminov A. O‘zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. T., “Turon zamin”, 2013, 95-96 betlar


37 O‘sha manba, 97 bet.


38 O‘sha manba, 97 bet.




Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari bizni global axborot makoni bilan bog‘lab,
axborotni olish va tarqatish geografiyasini kengaytirib, dunyo mamlakatlari va xalqlarini
yaqinlashtirdi. Bu ijobiy holat, albatta. Biroq, axborot makonida taxdidlar bor ekan, milliy axborot
makonimizga chegara quyib bo‘lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini uylab, vayronkorlik
va buzg‘unchilik mazmunidagi axborot oqimini cheklashimiz, yosh avlodning ma’naviy olamining
daxlsizligini asrashimiz kunning dolzarb vazifalaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmas.

Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun nima qilishi zarur? Buning uchun u yoki
bu axborotni eshitar ekan, har bir inson hech bo‘lmaganda —Bu axborotni kim uzatayapti?”, —Nima
uchun uzatayapti?” va —Qanday maqsadda uzatayapti?” degan savollarni o‘z-o‘ziga berishi, unga
asosli javob topishga harakat qilishi kerak bo‘ladi. Ana shundagina turli g‘oyalar ta’siriga tushib
qolish, taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan
axborot iste’moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabar,
ma’lumotlarga nisbatan o‘ziga xos qalqon rolini o‘taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni
ta‘minlashga xizmat qiladi.

Axborot iste’moli ijtimoiy, aniqrog‘i, ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan hodisadir.
Axborot iste’molining xizmatlar iste’molining o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday
xizmatni iste‘mol qilishdan avval uning sifati, narxi, foydasi, qulayligi va boshqa shu kabi
xususiyatlariga e‘tibor beriladi. Bu jarayonda, iste‘mol qilinayotgan xizmatning talab-taklif
xususiyatlari ham inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ktegan xizmatlarning iste‘mol darajasi
yuqori bo‘lib, ularga talab kuchayadi. Mazkur xususiyatlar axborot iste’moli jarayoniga ham xosdir.
Biroq ma’anviy ne’mat bo‘lgan axborotni iste’mol qilish o‘ziga xos tomonlari bilan ham ajralib
turishini ta‘kidlash joiz. Xususan, axborot konkret shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat
tomonidan iste‘mol qilinadi-ki, mazkur darajalarda iste‘mol jarayonlari bir-biridan farq qiladi.
Masalan , biron shaxs uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun
ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Shuningdek, axborot makon va zamon xususiyatlariga ham ega.
Chunonchi, g‘arbda o‘ta ommabop bo‘lgan axborotlar. Sharq xalqlari tomonidan kam iste’mol
qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma‘lum bir tarixiy davrda katta qiziqish bilan kutib olingan
ma’lumotlar, vaqt o‘tishi bilan odatiy holga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in’ikos etmasligi
mumkin.

Axborot iste‘moli, kim tomonidan iste‘mol qilinishidan qat‘i nazar, qabul qilish, tushunish,
talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bosqichlarda amalga oshadi.

Bugungi kunda, axborot iste’moli jarayoni ham o‘ziga xos madaniyatni taqozo etmoqda-ki,
madaniyatning bunday shakli insoniyat ma‘naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur.

Axborot iste‘moli madaniyati globallashuv jarayonlarining xarakterli xususiyatlaridan biri
bo‘lgan, Internet tarmog‘i jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat
kasb etadi.

1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish