O‘zbeкiston respubliкasi


Gapni shakllantirishda ohangning roli



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Gapni shakllantirishda ohangning roli. 
Nutqiy gapning muhim 
belgilaridan biri – uning tugallangan ohangga ega bo‗lishi. 
Gapning fikriy va sintaktik tugalligi ohang jihatidan ham tugallik 
va yaxlitlikni taqozo qiladi: tugallangan ohang fikrning va sintaktik 
qurilishning tugalligini bildirib turadi. Zero, gap va gap bo‗lmagan 
nutqiy hodisa (so‗z, SB)larning muhim farqlaridan biri ham tugal 
bo‗lmagan ohangga ega bo‗lishi. Masalan: 1. 
Кelgan o„quvchi. 
2. 
Кelgan – o„quvchi
. Bu nutqiy hodisaning birinchisida ohang 
ko‗tariluvchi, ikkinchisida esa tushuvchi. Кo‗rinadiki, birinchi hosila 
aniqlovchi-aniqlanmish tipidagi birikma bo‗lib, u fikr anglatmaydi va 
bu uning tugal bo‗lmagan ohang bilan aytilishini talab qiladi. Ikkinchi 
hosila (
kelgan bola
) ham tarkibi jihatdan oldingi hosilaga o‗xshaydi, 
lekin tarkibida kesimlik shakli va ma‘nosi borligi uchun tugal ohang 
bilan aytiladi. Shu boisdan birinchi qurilma ochiq, yakunlanmagan, 
ikkinchisi yopiq va tugallangan. Bir so‗zning o‗zi ham goh tugal, goh 
tugallanmagan ohang bilan aytilishi mumkin. Qiyoslang:
1. Qish. 2. 
Qish ... 
Demak, so‗z yoki birikma fikriy, sintaktik va ohang jihatidan 
tugallikka ega bo‗lib, gap tusiga kiradi. 
Ohang nafaqat gapning tugallanganligini, balki gapning turli tipini 
belgilashda ham muhim. Misol sifatida bir so‗zni olaylik. Qiyoslang: 
A‟lochi... 
A‟lochi. 
A‟lochi! 
A‟lochi? 
A‟lochi!? 
Ma‘lum bo‗ladiki, so‗zning atov birligimi yoki gap, gap bo‗lsa, 
qanday tabiatga ega ekanligini nutqda faqat ohang ko‗rsatmoqda. So‗z 
yoki SB atov birligi sifatida nutqda gapdan ohang bilan ham 


360 
farqlanganligi kabi, gapning turlarini farqlashda ham boshqa omillar 
bilan birgalikda ohangga tayaniladi. Masalan, 
Jonim! 
gapida uning 
his-hayajon gap ekanligini faqat ohang ko‗rsatmoqda. 
Voy, jonim! 
gapida esa leksik (
voy
) va fonetik (
ohang
) omil hamkorlik qilmoqda. 
Gapning ifoda maqsadiga ko‗ra turlari (darak, so‗roq, buyruq), his- 
hayajon ifodalanishiga ko‗ra turlarini belgilashda leksik, morfologik 
omillar ishtirok etishi ham, ishtirok etmasligi ham mumkin, lekin 
fonetik omilning bo‗lishi shart. 
Gaplar mundarijasi, shakli va vazifasi jihatidan farqlanadi: 
Men 
shaharga boraman. Men shaharga boramanmi?Men shaharga boray. 
Bu gaplarda so‗zlovchining maqsadi har xil bo‗lganligi bois, ular 
turlicha shakllangan hamda gapning darak, so‗roq va buyruq-istak 
turlari vujudga kelgan. Bu esa gapning turlicha ohangga ega bo‗lishini 
taqozo etadi. Gaplarning grammatik shakllari bir xil bo‗lganda ham, 
ularni ohang farqlab turadi. Demak, gapning grammatik shakli turlicha 
bo‗lsa-da, maqsad va ohang har doim muvofiq. 
Yuqoridagi misolda aytilganidek, bir gapda turli xil maqsad 
ifodalangan bo‗lishi mumkin. Masalan, 
Shaharga boraman! 
gapida 
xabar bilan so‗zlovchining shodlanishi ham ifodalangan va ular ohang 
orqali «tasdiqlangan». 
Ohang qo‗shma gap tarkibiy qismlarini bog‗lashda ham namoyon 
bo‗ladi. Кo‗pincha, u grammatik vosita o‗rnini bosish darajasiga 
ko‗tariladi: 
Biz ishonamiz – ko„nglimiz to„q. 
Bunda ohang (pauza) 
ergashtiruvchi bog‗lovchi vazifasida qo‗llangan. 
Gap bo‗laklari orasidagi munosabatni ko‗rsatishda ham ohang 
muhim o‗rin tutadi. 
Men – men, sen – sen 
gaplarida gap bo‗lak (ega- 
kesim)larini farqlashda va ular orasidagi munosabatni ko‗rsatishda 
ohang hal qiluvchi rol o‗ynaydi. 
Halim, ukam o„qishga kirdi 
va 
Halim 
ukam o„qishga kirdi 
gaplarida 
Halim 
so‗zining (1-gapda) undalma 
yoki (2-gapda) aniqlovchi ekanligi og‗zaki nutqda ohang orqali bilinib 
turadi. 
Gapning sintagmalarga bo‗linishi va aktual bo‗linish hodisalarida 
ohangning roli katta. 
Aytilganlar asosida nutqiy gapning asosiy belgilari sifatida 
quyidagilarni ko‗rsatish mumkin: 
1)
gap nisbiy tugal fikr anglatadi; 
2)
gap grammatik shakllangan bo‗ladi; 


361 
3)
tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan 
ohangga ega bo‗ladi; 
4)
axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish