O‘zbeкiston respubliкasi


MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Nutqiy gapning belgilarini sanang 
2.
Gapni shakllantirishda leksik omilning roli qanday?, 
3.
Gapni shakllantirishda morfologik omilning roli qanday? 
4.
Gapni shakllantirishda ohang ahamiyatlimi? 
5.
Kesim haqida gapiring. 
6.
Kesimlik kategoriyasi haqida batafsil ma‘lumot bering. 
7.
Gapning qaysi ta‘riflarini bilasiz. 
8.
Nutqiy gapning belgilarini ayting. 
9.
Hukm va gap bir xil tushunchami? 
10.Gapning aktual bo‗linishi qanday hodisa? 
GAPDA SHAKL VA MAZMUN MUNOSABATI 
 
Tayanch tushunchalar 
shakl, mazmun, aktual bo„linish, simmetriya, asimmetriya, 
propozitsiya, 
[
WP
m
 

83-
 
§. Gapda shakl va mazmun birligi 
 
Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat. Gapning 
lisoniy sathdagi shakliy va mazmuniy jihati uning nutqiy sathdagi 
shakliy va mazmuniy jihatidan farqlanadi. 
Gapning eng kichik qurilish qolipi – [
WP

= fikr ifodalovchi 
eng kichik birlik] 
lisoniy sathda o‗rnashgan. Bunda LSQning chap 
tomoni shakliy va o‗ng tomoni mazmuniy jihati. 
Nutqiy sathda esa shakliy va mazmuniy jihat lisoniy sathdagidan 
farqliroq. Gapning nutqiy sathdagi shakliy-mazmuniy munosabatini 
tilshunoslikning mazmuniy sintaksis yo‗nalishi o‗rganadi. 


362 
Mazmuniy sintaksis ma‘lum bir sintaktik birlik nimani ifodalaydi 
va ma‘lum bir voqea qanday ifodalanadi degan muammoni ochib 
berish bilan mashg‗ul bo‗ladi. 
Sintaktik birlik (SB, gap bo‗lagi, gap)da ifodalangan borliq 
bo‗lagi, voqelik, vaziyat mazmuniy sintaksisda 
propozitsiya 
deb 
yuritiladi. Masalan, borliqda kitob ustida harakat bajarildi – 
Kitob 
o„qildi
. Bu propozitsiyadir. Propozitsiya SB bilan ham (
kitobning 
o„qilishi
), gap bilan ifodalanishi ham mumkin (
Кitob o„qildi
). Lekin 
turli sintaktik birlikda turlicha – SBda muayyanlashgan tushuncha, 
gapda esa nisbiy tugal fikr sifatida aks etgan. Demak, ko‗rinadiki, 
ma‘lum bir propozitsiya gap sifatida namoyon bo‗lishi uchun unga 
boshqa narsalar – so‗zlovchining kommunikativ maqsadi, modallik 
belgilari ham qorishadi – bu esa gapga xos grammatik kategoriyaning 
nutqiy namoyon bo‗lishini taqozo etadi va tegishli sintaktik mavqe 
bilan ta‘minlanadi. Boshqacha aytganda, birinchi sintaktik birlik 
(
kitobning o„qilishi
)da propozitsiya tushuncha tarzida berilib, u 
so‗zlovchining 
buni 
hukm 
sifatida 
bermaslik 
maqsadiga 
bo‗ysundirilgan. Maqsad esa ifodalovchi sintaktik birlikda grammatik 
shakllar (
-ning, -i
) va ohang (ko‗tariluvchi – tugallanmagan) bilan 
ta‘minlangan. Ikkinchisida esa so‗zlovchi propozitsiyani nisbiy tugal 
fikr sifatida berishni maqsad qilganligi tufayli u nutqda tegishli 
grammatik vosita (kesimlik kategoriyasi) va maxsus (pasayuvchi, 
tugallangan) ohang bilan ta‘minlangan. 
Ma‘lum bo‗ldiki, mazmun va shakl muvofiq emas. Bir mazmun 
(propozitsiya) turli shakl (SB va gap) bilan ifodalangan. Shuningdek, 
bir shakl turli mazmunlarni ifodalashi mumkin. Masalan, 
Men 
o„quvchiman 
gapi sintaktik shakl sifatida ikki mazmunni ifodalagan. 
Qiyoslang: 
1.
 
Men o„quvchiman – I am schoolboy. 
2.
 
Men o„quvchiman – I am readineer. 
Mazmuniy sintaksisda gap mazmuni ikki unsur – obyektiv va 
subyektiv mazmundan iborat deb qaraladi. Obyektiv mazmun gapda 
aks etgan propozitsiya (
diktum 
deyiladi), subyektiv mazmun esa bu 
voqelikka so‗zlovchining munosabati ( 
modus 
deb yuritiladi). 
Masalan, 
Halim keldi, Halim kelmoqchi, Halim kelsa edi, Halim, balki 
kelar 
gaplarida diktum bir xil, ammo har bir gapda modus turlicha. 
Bir sintaktik birlik bilan turli mazmunning, bir mazmunning turli 
sintaktik birliklar vositasida ifodalanishi sintaktik birliklarda 


363 
mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlikni keltirib chiqaradi 
(bunga 
yuqorida misol keltirildi). 
Bir propozitsiya sodda gap bilan ham, qo‗shma gap bilan ham 
ifodalanishi mumkin. Qiyoslang: 
Кamola kelgach, men ketdim 
(sodda 
gap). 
Кamola keldi va men ketdim 
(qo‗shma gap). 
Qo‗shma gap bilan bitta propozitsiya ifodalanib, gapning bir 
qismi modusnigina ifodalashi mumkin: 
Men o„ylaymanki 
(modus), 

bugun kelmaydi 
(diktum, propozitsiya). 
Gaplarning ifoda maqsadiga ko‗ra turida ham mazmuniy-sintaktik 
nomuvofiqlik mavjud bo‗ladi. Masalan, gap shaklan so‗roq gap 
(
She‟rdan bahra olmagan kim bor?
) bo‗lsa-da, mazmunan darak 
(
She‟rdan hamma bahra oladi
) yoki gap shaklan so‗roq bo‗lsa-da (
Oq 
ayiqlarni ko„rmaysizmi?
), mazmunan buyruq (
Oq ayiqlarni ko„ring
), 
mazmunan buyruq gap shaklan darak gap xarakteriga ega bo‗lishi 
mumkin (
Borsangiz bo„lardi
). 
Umuman olganda, sintaktik birliklar va ular ifodalayotgan 
obyektiv voqelik orasida muvofiqlik ham, nomuvofiqlik ham mavjud 
bo‗ladi. Buni SBda ham, gap bo‗laklarida ham, gapda ham kuzatish 
mumkin. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish