O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Nutqiy gapning belgilari. 
Gap, avvalo, sintaktik tugallangan 
qurilma ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu esa u orqali ifodalanayotgan 
fikrning nisbatan tugallanganligi bilan belgilanadi. Sintaktik 
tugallanganlik – gapning kesimlik ko‗rsatkichlari bilan shakllanganligi 
va tugal ohangga egaligi. Gap kesimga ega bo‗lmasdan tugal fikr 
ifoda eta olmaydi. Masalan, 
chiroyli kitob 
birikuvida so‗zlovchi 
nazarda tutgan axborot yuzaga chiqmagan, chunki uning kitob haqida 
nima demoqchiligi hali aytilmagan. Shu bois mazkur qurilma fikrni 
ifodalaydigan qurilmaning asosiy shakli–kesimlikdan xoli. To‗g‗ri, 
chiroyli kitob 
birikmasida kitobning xususiyati haqida axborot bordek, 
ammo u so‗zlovchining asosiy maqsadi bo‗lgan axborot emas, balki u 
ikkinchi darajali axborot, asosiy planda gapning yakunidan 
anglashiladigan kitobning, deylik, borligi, sotilganligi yoxud 
yo‗qolganligi haqidagi axborot yotadi. Demak, gapdan anglashilgan 


357 
fikr deyilganda, undagi asosiy axborot tushuniladi. Boshqa yordamchi, 
asosiy bo‗lmagan axborotlar uning yuzaga chiqishida vosita bo‗lib 
xizmat qiladi. (To‗liqsiz gaplarda sintaktik tugallik bo‗lmasa ham, fikr 
anglashilaveradi. Ulardagi sintaktik tugallik kontekstdan yoki nutq 
vaziyatidan ma‘lum bo‗lib turadi). Sintaktik tugallik sintaktik o‗rin 
bilan ajralmas holda, ya‘ni lug‗aviy birlik kesimlik shaklida 
bo‗lishining o‗zi uni gap sifatida qarashga asos bo‗la olmaydi. 
Masalan, 
Aytdim deganing nimasi? 
gapidagi 
aytdim 
so‗zshakli – 
kesimlik ko‗rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi. Lekin u 
kesimlik o‗rni bilan ta‘minlanmaganligi bois ushbu qurshovda gap 
maqomiga ega emas. Кesimlik shaklidagi so‗z gap bo‗lishi uchun 
kesimlik maqomiga ega bo‗lishi kerak. Sintaktik tugallanganlik 
kesimlik shakli va o‗rni bilan belgilanar ekan, bunda tilning yaxlit 
vujudligi yana bir karra yaqqol namoyon bo‗ladi. 
Til sathlardan iborat. Til yaxlit vujud ekan, bu sathlar gapning 
asosiy vazifasi bo‗lgan axborot uzatish va qabul qilish jarayonida 
butunlik sifatida ishtirok etishi lozim. Buni gapda ko‗ramiz. Gapning 
sintaktik tugalligi uchun, dastavval, ma‘lum bir mustaqil so‗z va 
kesimlik shakli talab etiladi. 
O„qidim 
birligi 
o„qi 
atov birligi va 
-dim 
kesimlik shakli birikuvidan iborat. Demak, bunda tilning tarkibiy 
uzvlari – leksik va morfologik sathlarning birgalikdagi harakati ko‗zga 
tashlanadi. Gap uchun lug‗aviy va morfologik omil hamkorligi yetarli 
emas. Uning uchun sintaksisning xos omili – sintaktik o‗rin zarur 
bo‗ladi. Sintaktik o‗rin esa qurilmaning o‗ziga xos tugal ohang bilan 
namoyon bo‗lishini taqozo qiladi. Bundan ko‗rinadiki, fonetik omil 
sintaktik tugallikka yakun yasaydi. Demak, gapda tilning barcha 
sathlari – leksik, morfologik, sintaktik va fonetik sathlar yaxlit vujud 
sifatida namoyon bo‗ladi, voqelanadi. Quyida ularning har biriga bir 
butunlikning bo‗laklari sifatida alohida-alohida to‗xtalamiz. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish