O‘zbeкiston respubliкasi


Gapning shakllanishida leksik omil



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Gapning shakllanishida leksik omil. 
Fikr tushunchalarsiz 
bo‗lmagani kabi nutqiy gap asosida ham, avvalo, so‗z yotadi. Zero, 
gap asosidagi atov birligi – voqelangan leksema. Leksemaning 
guruhlanishida ham yetakchi omildan biri sifatida ularning sintaktik 
imkoniyati yotishi bejiz emas. Shu boisdan tilshunoslikda gap 
bo‗laklari va so‗z munosabati ustuvor masaladan biri. Gap bo‗laklari 
turli mustaqil so‗z turkumi bilan ifodalanaveradi. Biroq har bir gap 
bo‗lagi uchun ma‘lum bir so‗z turkumi ko‗proq xoslangan bo‗ladi – 
semantik va grammatik xossalari bilan ma‘lum bir gap bo‗lagi 


358 
vazifasiga mos so‗zlar bor. Masalan, «kesim vazifasida kelish uchun 
ko‗proq fe‘l xoslangan» (I.I.Meshchaninov.) Ega, to‗ldiruvchi 
vazifasida, asosan, ot va ot vazifasidagi so‗z keladi. Bu so‗z 
turkumlarining umumiy ma‘noviy tabiati va grammatik xususiyati 
bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko‗proq tobe bo‗lak (ega, 
to‗ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelovchi vosita 
bo‗lgan kelishik qo‗shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko‗proq 
fe‘l kelganligi uchun kesimlik shakllari faqat unga xosdek tasavvur 
uyg‗otadi. Bu turkumlarning qaysidir vazifaga ko‗proq xoslanganligi 
bilan belgilanadigan «aldamchi» tasavvurlardir. 
Aytilganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkin: har bir so‗z 
turkumi muayyan gap bo‗lagi vazifasiga ko‗proq xoslangan bo‗lsa-da, 
bu vazifada boshqa turkum so‗zlari ham kelaverganligi kabi, ma‘lum 
vazifaga xoslanganlik uni nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum 
qilmaydi. Shuning uchun ham so‗zning qaysi turkumga xosligini 
belgilashda uning qaysi gap bo‗lagi vazifasida kelishi nisbiy, barqaror 
bo‗lmagan asos vazifasini o‗taydi. 
Gapning shakllanishida morfologik omil. 
Gapni so‗z, so‗z 
birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko‗rsatkichi– 
kesimlik qo‗shimchalari bilan shakllanganligi. Zero, eng «kichik» gap 
–morfologik shakllangan atov birligi. Misollar: 
O„qituvchiman. 
Ishladim. 
Bu «kichik» gaplar atov birligi (
o„qituvchi, ishla
)dan 
mahrum etilsa, bu o‗z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan 
morfologik shakl – 
-dim 
qoladi. Biroq mazkur gaplar morfologik 
shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so‗z, SB) dan 
farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli gapda asosiy sintaktik 
vazifa – kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakl. Vositasiz 
to‗ldiruvchi vazifasidagina kelish tushum kelishigi shakli uchun 
qanchalik qat‘iy va xususiy bo‗lsa, 
kelay

o„qituvchiman 
kabi nutqiy 
birliklardagi morfologik shakllar uchun kesimni shakllantirish ham 
shunday. 
Кesimlik shaklining boshqa morfologik shakllardan farqi – uning 
bir necha ichki kategoriyalarning qorishishidan hosil bo‗ladigan 
murakkab tabiatga egaligi. Aniqrog‗i, kesimlik kategoriyasi kesim 
vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi – shaxs-son, zamon, tasdiq- 
inkor, mayl kategoriyalari sintezidan iborat. 
O„qidim 
gapida kesimlik 
shakli maxsus ko‗rsatkichlarga ega bo‗lsa, 
Bu yer shahar 
gapida u nol 


359 
shaklli. Zero, bu gapda ham III shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik 
mayli ma‘nolari anglashilib turibdi. 
Morfologik shakldan faqat aloqa-munosabat (sintaktik) shakligina 
sintaktik qurilishga daxldor, undan faqat kesimlik kategoriyasi gap 
mohiyatiga tegishli. Chunki, odatda, kesimlik kategoriyasisiz gap 
shakllanishi mumkin emas. Gap mohiyati «atov birligi+kesimlik 
qo‗shimchalari» tarzida. Aloqa-munosabatning boshqa 
shakli 
(kelishik, egalik) esa gap tarkibidagi so‗zlarni bog‗lash uchungina 
xizmat qilib, SB mohiyatini tashkil etishda ishtirok etadi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish