O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Modal gap kengaytiruvchi. 
Ma‘lum bo‗ldiki, 
P
m
 
tarkibida 
tasdiq-inkor va modallik ma‘nolari ham mavjud. Shuning uchun 
P
m
da 
mujassamlashgan va turli vositalar bilan ifodalangan tasdiq-inkor
taxmin, gumon, shubha, ishonch, aniqlik, qat‘iylik, shart, istak, tilak, 
buyruq, imkoniyat, zarurat, majburiylik va h. ma‘nolar gap tarkibida 
turlicha – kirish bo‗lak, kiritma bo‗lak kabi gapning boshqa bo‗laklari 
bilan tobe-hokimlik munosabatiga kirishmaydigan va shu boisdan so‗z 
birikmalarini ham tashkil eta olmaydigan modal va tasdiq-inkor 
so‗zlar vositasida kengaytiriladi. Masalan: 
1. Nigora, ehtimol keladi. 
2.
 
Biz, shubhasiz, yutib chiqamiz. 
Gaplardagi 
ehtimol, shubhasiz 
so‗z- 
gaplari sodda gap tarkibiga kirar ekan, gap bo‗laklari bilan grammatik 
aloqaga kirishmasa-da, mazmunan 
[Pm]
ning tegishli ma‘nolarini 
muayyanlashtiradi. Modal kengaytiruvchilar bu bilan lisoniy gap 
mazmunini nutqda to‗laroq ochishga yordam beradi. 
So„z kengaytiruvchilari. 
Gap tarkibidagi mustaqil so‗zlik 
mavqeyini saqlagan barcha so‗zlarning ma‘noviy qobiliyati asosida 
kengaya olishini va shu qobiliyatni namoyon qilishini ta‘minlovchi 
lug‗aviy birlik 
so„z kengaytiruvchisi 
deyiladi. So‗z kengaytiruvchisi 
gapning qurilishiga bevosita aloqador hodisa bo‗lmay, ma‘lum bir 
so‗zning ma‘nosini muayyanlashtirish, uni ochib berishga aloqador 
bo‗lgan hodisa. So‗z kengaytiruvchisi mustaqil, alohida bir gap 
bo‗lagi – gap qurilishining zaruriy tarkibiy qismi emas. U gapning 
ma‘lum bir bo‗lagiga ergashib, tobelanib keladi, gap markazi – kesim 
tarkibidagi kesimlik qo‗shimchasi bilan bog‗lanmaydi. Aniqlovchi ana 
shunday bo‗lakning tipik ko‗rinishi. Masalan, 
Bu kitobni kecha o„qidik 
gapidagi 
bu 
aniqlovchisi to‗ldiruvchi (
kitobni
)ga tobelangan va gap 
tarkibida to‗ldiruvchi bilan bir butun holda kesimga bog‗lanadi. 
Aniqlovchi gapdagi barcha bo‗laklarni kengaytirishi mumkin. 
a)
 
eganing kengaytiruvchisi : 
A‟lochi Tohir keldi. 
b)
 
kesimning kengaytiruvchisi: 
Sen ilg„or o„qituvchisan. 


371 
d)
 
holning kengaytiruvchisi: 
U azim shaharda yashaydi. 
e)
 
to‗ldiruvchining kengaytiruvchisi: 
Aqlli bolalarni sevaman. 
f)
 
aniqlovchining 
kengaytiruvchisi: 
Beg„ubor yoshligim 
taassurotlari hech qachon o„chmaydi. 
So‗z kengaytiruvchisi nutqda kesim vazifasida kelgan so‗zga 
mansub bo‗lishi ham mumkin. Masalan, 
Gulnora – iste‟dodli 
talaba.
Bu holatda ham so‗z kengaytiruvchisi gap qurilishiga o‗zi 
ergashib kelgan so‗z bilan birga kirib keladi va gap qurilishida alohida 
o‗rin egallamaydi. Yuqoridagi gapda 
iste‟dodli 
so‗zi gap kesimiga 
tobelanib kelganday ko‗rinadi. Aslida esa u gap kesimiga emas, balki 
mana shu gapdagi kesim vazifasida voqelangan 
talaba 
so‗ziga 
tobelanib kelmoqda. Shuning uchun gapning kesimi vazifasida kelgan 
so‗zning 
leksik-semantik 
valentligi 
bilan 
bog‗liq 
bo‗lgan 
kengaytiruvchi bo‗lak ham so‗z kengaytiruvchisi. 
Biz kecha bu kitobni 
o„qidik 
gapidagi 
kitobni 
so‗zshakli bilan ifodalangan vositasiz 
to‗ldiruvchini olib ko‗raylik. Ma‘lumki, vositasiz to‗ldiruvchi bilan 
birikish faqat o‗timli fe‘lga xos. Shu boisdan vositasiz to‗ldiruvchi 
kesimlik shakli bilan emas, balki kesim vazifasida ma‘no jihatidan 
o‗timli bo‗lgan fe‘lning kelishi bilan bog‗liq. So‗z va gap 
kengaytiruvchilarini farqlashga yuqorida tasvirlangan mezon asosida 
yondashadigan bo‗lsak, bu gapdagi to‗ldiruvchini ham so‗z 
kengaytiruvchisi – o‗timli fe‘lning lug‗aviy ma‘nosi bilan bog‗liq 
bo‗lgan muayyanlashtiruvchi bo‗lak sifatida baholash lozim. Vositali 
to‗ldiruvchi ham vositasiz to‗ldiruvchi kabi gapda so‗z 
kengaytiruvchisi mavqeyida bo‗ladi va gap qurilishida mustaqil 
o‗ringa ega emas. 
Demak, to‗ldiruvchi ham aniqlovchi kabi so‗z kengaytiruvchisi 
bo‗lib, gapning qurilishida mustaqil o‗rin egallamaydi, balki gap 
tarkibiga o‗zi bog‗lanayotgan o‗timli fe‘l bilan birga kiradi. O‗timli 
fe‘l gapda qanday mavqeda kelmasin, vositasiz to‗ldiruvchi u bilan bir 
butunlikni tashkil etib, shu butunlikka nisbatan bo‗lak maqomida 
bo‗ladi. Boshqacha aytganda, mazkur gapda to‗ldiruvchi gapning 
bo‗lagi emas, balki kesimning bo‗lagi – bo‗lak ichidagi bo‗lak. 
To‗ldiruvchi ko‗pincha, kesimga bog‗lanadi. Lekin to‗ldiruvchi 
faqat kesimga tobelanib keladi, degani emas. U barcha bo‗laklarni 
to‗ldirishi mumkin: 
1.
 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish