93
leksemaning vazifa semasi bo‗rtadi
va leksema mohiyatidagi
ma‘noviy «mag‗iz»ni o‗z vazifasiga moslab voqelantiradi. Shu
boisdan sememadagi «so‗z-gap» vazifa semasi alohida ajralib turadi.
Nutqiy ma‘noda oldingi semema voqelanishidan farqli o‗laroq,
«shaxsiy baho» semasi kuchayib, «shaxsiy munosabat» darajasiga
yetadi. Shu asosda leksema sememasining bu turini «kuchli ijobiylik»,
«munosabat» va «so‗z-gap» semalari qurshovi tarzida qabul qilamiz.
Demak, leksemaning ikkala semasi o‗zaro «shaxsiy baho» va «shaxsiy
munosabat» semalari asosida darajali ziddiyatda tursa,
vazifa
semalarining o‗ziga xosligi asosida ekvipolent ziddiyat hosil qiladi.
qoyil
leksemasi ikkinchi semasi bilan
tasanno
,
ofarin
leksemalari
bilan paradigmatik munosabatda bo‗ladi. Leksema bir tomondan o‗z
semantik ko‗lami bilan ushbu leksemadan farqlansa, ikkinchi
tomondan, uslubiy xoslanganligi va bo‗yoqdorligi bilan ham ajralib
turadi.
qoyil
leksemasida uslubiy belgi «so‗zlashuvga xoslik»
tarzida
bo‗lsa,
tasanno
,
ofarin
leksemalari badiiy bo‗yoqdorligi va kitobiyligi
bilan xarakterlanadi.
Leksemalar orasidagi yana bir muhim farq ularning semantik
imkoniyati va, shu asosda, vazifa semalarida.
qoyil
leksemasi fe‘llar
bilan erkin birikuv hosil qila olmaydi. Uning fe‘llar bilan bog‗lanishi
derivatsiya darajasida.
qilmoq
,
bo„lmoq
,
qolmoq
fe‘llari bilan birikib,
yuqorida aytilgandek, qo‗shma fe‘l hosil qiladi, xolos.
tasanno
,
ofarin
leksemalari esa nutq fe‘lining ba‘zilari bilan erkin birikib, to‗ldiruvchi
vazifasida kelish imkoniyatiga ega (
tasanno aytmoq, ofarin aytmoq
).
Bu esa,
tasanno
,
ofarin
,
qoyil
so‗zlarining lug‗aviy-grammatik
xususiyati bilan belgilanadi.
Xulosa
sifatida aytish mumkinki,
qoyil
leksemasi ikki sememali
leksema bo‗lib, uni jadvalda quyidagicha berish mumkin (17-jadval).
17-jadval
№
Semema
Semalar
voqela-
nish
qolipi
paradig-
masi
S
1
Predmet
yoki
shaxsning
umumiy
ijobiy,
ofarin
aytishga
loyiq
me‘yordan ortiqlik
«belgi»,
«narsa/predmet/
shaxsga xos»
«ofarin
aytishga
loyiq», «ijobiy»
sifat+ot
ajoyib,
zo„r
94
xususiyatini
ifoda
etuvchi sifat
«so‗zlashuvga
xos» «me‘yordan
ortiqlik»
«umumiy
xususiyat» «so‗z-
gap»
S
2
Кuchli
ijobiy
munosabatni
ifodalovchi so‗z-gap
«so‗z-gap»,
«kuchli ijobiylik»,
«munosabat»
so‗z-
gap
ofarin
tasanno
Har qanday leksema,
xoh u bir sememali, xoh ko‗p sememali
bo‗lsin, nutqda ko‗p ma‘noli bo‗ladi. So‗z esa muayyan nutq jarayoni
uchun hamisha bir ma‘noli.
Do'stlaringiz bilan baham: