Asalning foydali xususiyatlari



Download 24,41 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi24,41 Kb.
#712551
Bog'liq
haydarov


ASALNING FOYDALI XUSUSIYATLARI
Haydarov Ibrohim Jamol o'g'li
Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litsey talabasi
Ilmiy rahbar: Biologiya fani o’qituvchisi Ochilov Behzod Salimovich
Annotatsiya: Asal asrlar davomida odamlar tomonidan shifobaxsh vosita sifatida ishlatilgan. Undagi aminokislotalar organizmda suyak to’qimasining asosiy komponenti bo’lgan kalsiyni samarali o’zlashtirilishiga yordam beradi. Kalsiy suyaklarning mo’rtlashishini oldini oladi va zo’riqishlarga chidamli qiladi. Asal kashf qilinganidan beri, ming yillar davomida insonlar undan dori mahsuloti sifatida foydalanib keladi. Biz asosan uning shamollashga qarshi samarali shifo berishiga ko’nikib qolganmiz, aslida esa asalning foydali tomonlari juda ko’p.
Kalit so’zlar: Aminokislota, kalsiy, vitaminlar - B1, B2, B6, C, minerallar- Marganes, Temir, Mis, Rux, Kaliy, blefarit, keratit, korneal,
Asal — asalarilar gul nektarini qayta ishlashi natijasida olinadigan shirin mahsulot. Asalning hushbo’yligi, rangi va ta’mi nektar qaysi o’simliklardan to’planganligiga bog’liq. Odatda och rangli asal qimmatroq hisoblanadi. Gul nektari 80% suvdan iborat. Asalarilar tomonidan qayta ishlanganidan keyin undagi suv miqdori 20% gacha kamayadi. Asaldagi suyuqlik uyada hosil bo’ladigan yelvizak natijasida bug’lanib ketadi. Yelvizak o’z navbatida asalarilar takror va takror qanot qoqishi jarayonida shakllanadi. Asal kerakli quyuqlikka yetganda, uyalar mum bilan yopiladi.

Tabiiy asal — tabiatning yo’talga qarshi in’omi. Yo’talish yuqori nafas yo’llarining infeksiyalanishi natijasida yuzaga keladi. Asaldagi moddalar yo’talni keltirib chiqaradigan sabablarni barataraf qiladi va o’pkalarni «tozalaydi». U shuningdek astma va bronxit alomatlarini yengillashtiradi. Buning uchun har kuni oz miqdorda asal tanovul qilish kifoya.


Suyak to’qimalari uchun-unda 20 dan oshiq aminokislotalar bo’lib, kalsiy moddasining organizmga yaxshi so’rilishiga yordam beradi;
Ayni shu aminokislotalar asab tizimining me’yorida ishlashini ta’minlaydi, stress va dipressiyaga qarshi kurashuvchanlikni oshiradi, miya faoliyatini yaxshilab, xotirani mustahkamlaydi;
Asaldagi vitaminlar yurak faoliyatini yaxshilaydi, tomirlarni mustahkamlaydi va undagi xolesterin miqdorini kamaytiradi;
Asaldagi antioksidantlar va bakteriyalarga qarshi kurasha olish xususiyati yo’talni yengillashtiradi, nafas yo’lini yumshatadi, o’pkani tozalaydi, bronxit va astma simptomlarini kamaytiradi;
Asal tishlar va milklar uchun ham juda foydali bo’lib, og’iz bo’shlig’i kasalliklari bilan kurashishda yordam beradi va tish qarashini kamaytiradi;
Oshqozon-ichak sistemasida ham o’rni beqiyos-chunki asal u yerda kaliy moddasini to’plashda yordam beradi, suyuqlik zaxirasini to’ldirib turadi va aynan shu xususiyati oshqozon buzilishi va ich ketishida yordam beradi;
Bundan tashqari, asal oshqozon-ichak sistemasidagi viruslarni o’ldiradi va yallig’lanishni kamaytirishga yordam beradi;
Albatta eng asosiysi, asal immunitetni ko’taradi;
Xulosa: Asal immunitetni kuchaytirib, organizmni mustahkamlaydi, uni infektsiyalarga qarshi samarali kurashishiga ko’maklashadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Bogdanov O. P. O‘zbеkitson hayvonlari (umurtqalilar). Toshkеnt O‘qiituvchi‖, 1983, 1-320 b.
2. Dadayev S.Umurtqalilar zoologiyasi-Toshkent .TDPU-2000 yil.
3. Laxanov. J. L Umurtqalilar zoologiyasi Toshkent-2005 yil .111-136 bet
4. Mavlonov O. Zoologiya. Umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun darslik .
5. Mavlonov O. Zoologiya. Akadеmik litsеy o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkеnt, " O‘zbеkiston entsiklopеdiyasi", 2010. - 320 b.
Download 24,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish