O‗zbekiston respublikasi



Download 3,13 Mb.
bet148/219
Sana01.06.2022
Hajmi3,13 Mb.
#624626
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   219
Bog'liq
Pul va banklar MAVZULAR

Prinsipal vositachi naariyasi quyidagilar o‘rtasidagi bitimlarning xarakterini
tushuntirish maqsadida tatbiq qilinadi:

    • Bankning aksiyadori va uningboshqaruvi;

    • Bank va uningxodimlari;

    • Bank vaqarzdor;

    • Omonatchilar vabank.130

Prinsipal vositachining xatti-harakati to‘g‘risida to‘g‘ri ma‘lumotga ega bo‘lolmaganligi yoki qiyinlashtirgani uchun rag‘batlantirishda muammolar vujudga keladi. Masalan, bank aksiyadorlari boshqaruvning har bir qarorini nazorat qilib chiqolmaydi, depozitorlar bank harakatlarini nazorat qila olmaydi.Natijalar yomon bo‘lganda bank boshqaruvi salbiy muvaffaqqiyatsizlikni sabab qilib ko‘rsata oladi.
Bankning qiyin muammoga uchrashining asosiy sabablaridan biri prinsipal va agent tomonidan saqlanadigan malumotlardagi har xillik yoki noto‘g‘ri malumotdir, chunki bank prinsipalda korxona, yakka shaxs va agentdan qarz majburiyatini bajarmaslik to‘g‘risidagi malumot kamroq bo‘ladi.
Ruhiy xavf-xatar prinsipal yoki iste‘molchi pulini agentlikka yoki bankka depozitga qo‘yishidagi boshqa bir muammodir. Shartnomaning kirib kelishida shuningdek shartnoma kelishuvining o‘zgarganida ham manaviy xavf xatar oshadi.131
Bank qonun doirasida o‘z resurslaridan mustaqil ravishda foydalanishi mumkin, lekin uning aktiv operatsiyalari hajmini ma‘muriy taqiqlov usullari bilan chegaralash mumkin emas.
Ma‘muriy cheklovlar bir martalik va favqulodli hollarda qo‘llanilishi mumkin. Bu cheklovlarni doimiy tarzda qo‘llash bankning tijorat asoslarining bo‘zilishiga olib keladi. Shunga ko‘ra, banklar faoliyatini tartibga solish uchun iqtisodiy me‘yorlardan keng foydalaniladi. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozitlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo‘yicha raqobat muhiti yuzaga kelishiga asosbo‘ladi.
Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi tamoyili banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag‘lardan unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash tijorat banklarni likvidligini oshirishga yordam beradi.
Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga asosan bank o‘z va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil to‘zishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi va o‘zgartirishi, daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati to‘g‘risidagi amaldagi huquqiy-me‘yorlarga asosan barcha tijorat banklari o‘z fond va daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaqil foydalanishlarimumkin.
Tijorat bankining soliq to‘lagandan keyingi qolgan foydasi aktsionerlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Aktsionerlarning umumiy yig‘ilishi bankning har turligi fondlarga ajratmalarining norma va miqdorini, aktsiyalarga to‘g‘ri keluvchi divident summasini belgilaydi.


130 For a more theoretical treatment, see Bhattahcharya and Pfleiderer (1985), Diamond (1984), and Rees (1985).
131 Shelagh Hefferman. Modern banking. John Wiley&Sons. Ltd. 2005.p.6
Majburiyatlari bo‘yicha tijorat banki o‘z mablag‘lari va mol-mulki bilan javob beradi. Tijorat banki o‘tkazadigan operatsiyalarning riskini o‘z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil asosida tijorat bank va mijoz munosabatlari yotadi, ya‘ni bankssudaberayotganbozormezonlaridandaromad,riskvalikvidlikdarajalaridan kelib chiqqan holdaberadi.
Tijorat bank faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili bank faoliyatining tijoratlashuvi bo‘lib, bunda banklarning tijorat ob‘ekti vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsada, faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi.
Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishi kerak.
Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji
boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi.
Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank faoliyatida risk darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa, bankning daromadi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan risk qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. O‘isqacha qilib aytganda,bankfaoliyati―hammanarsamijozuchun‖ degan tamoyilga asoslangan bo‘lishi kerak. Butamoyil
bank mijoz uchun to‘laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta‘minlaydi. Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‘zaro qiziqishlariga va roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini ta‘minlashni birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim.
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diversifikatsiyasi bo‘lib, banklar faoliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lishilozim.
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat‘iy nazar ularning faoliyati
yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi.
Oldingi paragrafda ta‘kidlanganidek banklar aktsiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aktsiyador banklar bo‘lishi mumkin. Aktsiyadorlar safiga kirish aktsiyalarni sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aktsiyadorlarini sotib olishi va aktsiyadorlar bo‘lishi mumkin.
Ba‘zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin.
Xususiy banklar-jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hisobidan tashkil
qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari universal va maxsus
banklarga bo‘linadi.
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma‘lum yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, eksport- import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, ipoteka-zamin banklarini kiritish mumkin.
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy,
viloyat banklariga bo‘linishi mumkin.
Tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo‘jalik, savdo va boshqa banklarga bo‘linishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyotga ta‘siri o‘sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning xo‘jalik faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini ko‘zatib borishi mumkin. Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o‘rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasi o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha investitsiyaga bo‘lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta‘minlashi mumkin.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga
olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga
aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va
boshqalar.



    1. Download 3,13 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish