ankning passiv operatsiyasi - banklarning vaqtinchalik bo‗shpulmablag‗larinijalbqilishbilanbog‗liqoperatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Bankning asosiy vazifalaridanbiribo‗shpulmablag‗larinimumkinqadar
B ko‗prok jalb qilish va ularni boshqa foyda keltiruvchi optimal aktivlarga joylashtirishdaniborat.
Tijorat banklari asosan jamiyatdagi vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larni jalb qilish va ushbu mablag‗larni tegishli maqsadlarga joylashtirish orqali tegishli foydanishakllantiradi.Banklarningvaqtinchalikbo‗shpulmablag‗larinijalbqilish bilan bog‗liq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Banklarning passiv operatsiyalari tegishli xarajatlar evaziga amalgaoshirladi.
Demak, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy resurslarni shakllantiradi. Resurslar ikkita yirik manba: jalb qilingan mablag‗lar va o‗z mablag‗laridan iborat. Resurslar bank balansining passivida hisobga olib boriladi. Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini majburiyatlar (jalb qilingan mablag‗lar) tashkil etib, ular jami bank resurslari tarkibida 85–90 foizdan iborat bo‗ladi.
Majburiyatlarni muddati va vujudga kelishmanbasigaqarab: – barqaror va –beqaror mablag‗larga, ular uchun to‗lanadigan xarajatlar miqdoridan kelib chiqib: –arzon va –qimmat mablag‗larga ajratishmumkin.
Jalb qilingan mablag„larning manbasi:
1. Depozitlar CHaqirib olinguncha saqlanadigandepozitlar;
Muddatlidepozitlar;
Jamg‗armadepozitlar.
Xalqaro bank amaliyotida bank resurslari tarkibida depozit mablag‗lar, ayniqsa muddatli depozitlar asosiy ulushni tashkil etadi. Bank resurslari tarkibida muddatli depozitlar ulushining yuqoriligi banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga va to‗lovga layoqatliligini ta‘minlashga bevosita ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Ta‘kidlash lozimki, respublikamiz tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli mablag‗larning ulushi o‗sib borish tendensiyasiga ega bo‗lib, ushbu ko‗rsatkich 2001 yil 1 yanvar holatiga taxminan 7 – 8 foizni tashkil etgani holda, 2008 yil 1 yanvar holatiga 17 foizga, 2010 yilda 35 – 40 foiz yaqin darajani tashkil etgan.
1. Depozitsiz mablag‗lar Banklararo kreditresurslari;
Hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‗shmablag‗lar;
Banklarning depozit bo‗lmagan mablag‗lari tarkibida moliya bozoridan jalb qilingan banklararo kredit resurslari asosiy salmoqni egallaydi. Banklararo kreditlar asosan qisqa muddatli xarakterga ega bo‗lib, odatda ushbu kreditlarni berish va olish jarayoni o‗zining tezkorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon bo‗yicha asosiy operatsiyalar banklarning vakillik hisobvaraqlari doirasida amalga oshiriladi. Ya‘ni, tijorat banklari o‗zaro kelishuvga erishganda mablag‗lar vakillik hisobvaraqlari orqali o‗tkazib beriladi. Shu bilan birga, ushbu kreditlar tijorat banklari uchun nisbatan arzon va muddati jihatidan «uzun» mablag‗lar hisoblanadi.