i.h.
davlat
rahbariga yoki hukumatga tegishli ekanligi mustahkamlanadi. Aslida esa, amalda
i.h.
to‘laligicha hukumatga, dualistik monarxiyalarda – monarx va hukumatga, aralash
respublikalarda esa
i.h.
ni amalga oshirish, qoidaga ko‘ra, Prezidentning bevosita rahbarligi v
nazorati ostida kechadi. Mintaqalar va mahalliy joylarda
i.h.
hokimlar va uning apparati
tomonidan amalga oshiriladi.
Ijro etuvchi hokimiyat —
hokimiyatlarni taqsimlash nazariyasi
ga ko‘ra davlatning (qonun
chiqaruvchi va sud hokimiyati bilan birga) mustaqil va qaram bo‘lmagan ommaviy
hokimiyatlaridan biri. U davlat ishlarini boshqarish bo‘yicha vakolatlar majmuini o‘zida
mujassamlashtiradi, bunga qonun bilan tartibga solish vakolati (ma’muriy norma ijodchiligi),
tashqi siyosiy vakillikni amalga oshirish vakolati, har xil turdagi ma’muriy nazoratni amalga
oshirish vakolati, shuningdek, ba’zan qonunchilik vakolati (berilgan yoki favqulodda qonun
chiqarish tartibida), shuningdek, yuqorida aytilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat
organlari tizimi kiritiladi. Zamonaviy konstitutsiyalar ijro etuvchi hokimiyat vakolatini rasman
davlat boshlig‘iga (parlamentar monarxiya va respublikalar) yoki hukumatga (aralash turdagi
respublikalarda) beradi. Ammo aslida parlamentar monarxiyalar va respublikalarda barcha ijro
etuvchi hokimiyat butunlayicha hukumatga tegishli bo‘ladi, dualist monarxiyalarda esa —
monarx bilan birga hukumatga, aralash turdagi respublikalarda esa ijro etuvchi hokimiyatni
hukumat bevosita davlat boshlig‘i (prezident) rahbarligi va nazorati ostida amalga oshiradi. Ijro
etuvchi hokimiyat mintaqaviy va mahalliy darajalarda mahalliy boshqaruv va mahalliy o‘zini-
o‘zi boshqarishning turli organlari (gubernatorlar, merlar, prefektlar, oqsoqollar va ular
tasarrufidagi apparat) tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va
Vazirlar Mahkamasi ijro hokimiyatini amalga oshiradi.
ijroiya hokimiyati — hokimiyatlarning bo‘linishi nazariyasiga ko‘ra, davlatdagi mustaqil
ommaviy hokimiyatlardan (qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlari bilan bir qatorda) biridir.
Davlat ishlarini boshqarish bo‘yicha vakolatlarning qonun asosida tartibga solinishi (ma’muriy
normalar ijodkorligi) bo‘yicha vakolatlarni, tashqi siyosiy vakolatxonalar vakolatlarini, turli
xildagi ma’muriy nazorat qilishni amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarni, shuningdek, ba’zida
qonun chiqarish vakolatlarini (vakolat berish asosida yoki favqulodda qonun chiqarish tartibida),
shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimining
yig‘indisini tashkil qiladi. Hozirgi zamon konstitutsiyalari I. h. vakolatlarini davlat boshliqlariga
(parlamentar monarxiyalar va respublikalarda, prezidentlik respublikalarida) yoki hukumatga
(aralash tipdagi respublikalarda) beradi. Biroq, parlamentar monarxiyalar va respublikalar ishida
butun I. h. hukumatga, dualistik monarxiyalarda — monarx va hukumatga tegishlidir, aralash
tipdagi respublikalarda hukumat tomonidan I. h.ni amalga oshirish qoida tariqasida davlat
boshlig‘i (prezident)ning bevosita rahbarligi yoki nazorati ostida yuz beradi. Mintaqaviy va
mahalliy darajada I. h. mahalliy boshqaruv va mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruvning turli organlari
(gubernatorlar, merlar, prefektlar, oqsoqollar va ularga bo‘ysunuvchi apparat) tomonidan amalga
oshiriladi. O‘zRda I. h.ning rahbari — Prezident, shuningdek, I.h o. organi bo‘lib Vazirlar
Mahkamasi va viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasida esa Vazirlar Kengashi va tuman (shahar) hokimliklari hisoblanadi. Ijro
hokimiyati organlari tizimiga bundan tashqari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va ularning
tuzilmalari, respublika miqyosidagi korxona, muassasa, tashkilot, konsern, korporatsiya,
assotsiatsiya, kompaniya va boshqa birlashmalar ham kiradi.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |