Tarkibli kesim yetakchi va yordamchi a’zodan tuzilib, yetakchi a’zo lug‘aviy ma’noga ega bo‘ladi, yordamchi a’zo esa grammatik ma’no tashiydi. Misollar: 1. Anjir kulchaday yirik va holvaytarday yumshoq edi. (Oyb.): yumshoq – yetakchi a’zo, edi – yordamchi a’zo. 2. Hammasi sen uchun, dilovar uchun: sen+ yetakchi a’zo, uchun – yordamchi a’zo, dilovar – yetakchi a’zo, uchun – yordamchi a’zo. 3. Bunday odamlarni nodon hisoblashadi. («Кalila va Dimna»): nodon – yetakchi a’zo, hisoblashadi – yordamchi a’zo. 4. Hamma ham xalqiga xizmat qilgisi keladi. (N. Saf.): – xizmat qilgisi+ yetakchi a’zo, keladi – yordamchi a’zo.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Gap bo‘lagi haqida gapiring.
[Pm] nima?
Shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl ma’nolarini tushuntiring.
Gap markazi haqida gapiring.
Kesim shakllarini bayon qiling.
Grammatik shakllangan gapda kesimning xususiyatlari qanday?
Semantik-funksional shakllangan gapda kesimning xususiyatlari qanday?
Kesimning tuzilishi haqida gapiring.
Kesimning ifodalanishi haqida gapiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |