O‘zbeкiston respubliкasi


-§. Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari



Download 0,83 Mb.
bet334/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

89-§. Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari. O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalari o‘z voqelanishi uchun boshqa bir gapni talab qilishi ham, talab qilmasligi ham mumkin. Quyidagi gaplarning kesimiga diqqat qiling: 1. Men kecha maktabga bordim. 2. O‘qituvchi kelsa, dars boshlanadi. 3. Yomg‘ir yog‘masa edi, ekin-tikin ishlarini saranjomlab olgan bo‘lur edik.
Birinchi gapning kesimi (bordim) o‘z ma’nosini boshqa gaplarga ehtiyoj sezmasdan voqelantirmoqda. Ikkinchi gapdagi kelsa, uchinchi gapdagi yog‘masa edi, saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimlarining ushbu gaplarda voqelangan ma’nolari uchun boshqa gap talab qilinadi. Boshqacha aytganda, kelsa va yog‘masa edi kesimlaridan anglashilgan shart ma’nosi boshlanadi, saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimlari yordamida, saranjomlab olgan edik kesimning ma’nosi esa undan oldindagi yog‘masa edi kesimi yordamida yuzaga chiqadi. Agar ikkinchi va uchinchi gapning ikkinchi qismi olib tashlansa, oldingi gapdagi kesimdan shart emas, balki istak ma’nosi yuzaga chiqadi: O‘qituvchi kelsa. Yomg‘ir yog‘masa edi. Saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimi esa oldingi gapsiz hech qachon, boshqacha bo‘lsa ham, ma’nosini voqelantira olmaydi. Ma’nosini yordamchisiz voqelantiradigan kesimlik shakli mustaqil kesimlik shakli (MКSH) deyiladi.
Boshqa gaplarsiz, ya’ni qurshovsiz o‘z ma’nosini voqelantira olmaydigan, voqelantirgan taqdirda esa butunlay boshqa ma’no kelib chiqadigan kesimlik shakli nomustaqil kesimlik shakli (NКSH) deyiladi.
Кesim – tasdiq/inkor, zamon, modallik, shaxs/son (ya’ni kesimlik kategoriyasi) ma’no va shakllariga ega bo‘lgan so‘z, gap markazini tashkil qiluvchi bo‘lak.
Nutqimizda kesimsiz gap bo‘lishi mumkin emas. Gapda kesim bo‘lmasa, u o‘zbek tili (nutqi) uchun to‘liqsiz gap. Кesim gapning shunday konstruktiv bo‘lagiki, u o‘zini shakllantiruvchi grammatik kategoriya – kesimlik kategoriyasi voqelanishiga ega. Shu sababdan hamma vaqt gapda kesim tarkibi murakkab.
O‘zbek tilidagi ayrim gaplarda eganing qo‘llanilishi shart bo‘ladi: 1. Otam – o‘qituvchi. 2. Men – yahudiy. (G‘.G‘ul.) Bunda [m] tushirilgan bo‘lib, uning vazifasi ega va kesim birligidan iborat bo‘ladi. Bu turdagi gaplarning kichik qolipi [E-WP] ko‘rinishida. Qolipning bu turi o‘zbek tilining tipologik sintaktik belgisi bo‘la olmaydi. Chunki o‘zbek tilidagi gaplarning aksariyati [WPm] minimal qolipi va uning kengayishi asosida hosil bo‘ladi.
[Pm] ma’nosi kesimda mujassamlashgan tasdiq/inkor, modallik/mayl, shaxs/son ma’nolarining yaxlitligidan iborat. Shu bois [Pm] ning me’yoriy ma’nosi ushbu to‘rtta grammatik ma’noning majmui sifatida ajratiladi. Istalgan gap tarkibida bu majmua butunlik sifatida bo‘lishi shart, lekin muayyan nutqiy voqelanishlarda majmua tarkibi qismlarining hissasi hamma vaqt bir xil bo‘lavermaydi. Masalan, modallik ma’nolari bo‘rttirilganda, zamon ma’nosi zaiflashadi va aksincha, zamon ma’nosi bo‘rttirilganda modallik ma’nosi susayadi. Shunga o‘xshash boshqa grammatik ma’nolarning ifodalanish darajasi ham xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bu ma’nolar ifodalanish darajasi qanchalik kuchli bo‘lmasin, u [Pm] da mutlaq yoki yagona bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, o‘ta zaiflashib kelishi yoki tamoman yo‘qolgan bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki kesimlik kategoriyasi tarkibidagi har bir ma’no tizim hosil qiluvchi ma’no va ulardan birortasi tamoman yo‘qolsa, kesimlikning o‘zi ham yo‘qoladi yoki butunlay boshqa mohiyat kasb etadi.
Shakliy ifodalanishga ko‘ra [Pm] o‘zbek tilida o‘ta rang-barang. Uning nol morfema (Otam – o‘qituvchi)dan boshlab morfemalar tizmasi bilan (aytmasaydingiz), turli xil bog‘lamalar bilan ifodalanishi mumkinligi aytildi.
Кesimning lug‘aviy asosi ham nutqda tub, sodda, yasama, qo‘shma, qisqartma, erkin so‘z birikmasi, turg‘un so‘z birikmasi, parafraza, frazema, kengaygan birikma, transformatsiyalashgan gaplar kabi struktura jihatidan rang-barang bo‘lgan nominativ birlik bilan ifodalanishi mumkin.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish