O‘zbeкiston respubliкasi


-§. Grammatik shakllangan gap



Download 0,83 Mb.
bet332/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

88-§. Grammatik shakllangan gap. Grammatik shakllangan gapda kesimlik kategoriyasi ma’nosi kesimlik qo‘shimchalarining faqat o‘zi bilan yoki bog‘lama va kesimlik qo‘shimchalari vositasida ifodalanishi mumkin.
O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalarining quyidagi turlari mavjud:
1) kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismlari sinkretik, ya’ni ajralmas, bitta moddiy ko‘rinishda berilgan qo‘shimchalar bo‘ladi: o‘qiy , ketaylik, keldi. Bu qo‘shimchalar (-y, -aylik, -di)ning har birida tasdiq-inkor, shakl, zamon va shaxs-son ma’nolari birgalikda umumiy shaklga ega. Masalan, o‘qiy kesimidagi -y qo‘shimchasi bo‘lishlilik (-may uning bo‘lishsiz shakli), buyruq- istak mayli (bunda -sin, -ng, (o‘qisin, o‘qing) bilan paradigma – o‘xshashlik qatori hosil qiladi), kelasi zamon, birinchi I shaxs (II shaxs o‘qi), birlik (ko‘plikda o‘qiylik) ma’nolariga ega. Bunday holatni borsa, yozsa so‘zshakllari tarkibidagi shart mayli qo‘shimchasida ham ko‘rish mumkin. Bunday sinkretik shaklli ma’nolar nol morfemalarda ham mavjud: 1.O‘qi! 2.Shavkat – shoir. 3.Qish;
2) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida qo‘shimcha bilan, modallik, mayl, zamon, shaxs-son qorishiq ravishda bitta qo‘shimcha bilan beriladi: kel – madi, kel – ma-y;
3) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor, modallik, zamon ma’nolari qorishiq holatda bir qo‘shimcha bilan, shaxs-son ma’nosi boshqa qo‘shimcha bilan beriladi: bor – sa – ng, o‘qi – sa – ngiz, ko‘r – di-mi;
4) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida, shaxs-son alohida, modallik va zamon ma’nolari qorishiq qo‘shimcha bilan ifodalanadi: ko‘r-ma-di-ngiz;
5) kesimlik kategoriyasining har bir ma’nosi alohida-alohida qo‘shimcha bilan ifodalanadi: ko‘r – ma – sa – ydi – ngiz;
6) kesimlik kategoriya ma’nolarini ifodalashda bog‘lama yoki to‘liqsiz fe’l vositalarida yuzaga chiqadi. Masalan: Borgan yigit men bolaman (A.Muxt.). Hamon yodimdadir: gul chog‘i erdi. (Uyg‘. I.Sult.).
Sanab o‘tilgan barcha vositalar lisoniy mohiyat nuqtayi nazaridan bir kategoriyaning shakllari sifatida baholanadi va qolipda, aytilganidek, bitta ramz – [Pm] shartli belgisi bilan beriladi. Quyidagi gaplarning kesimiga diqqat qiling: 1. Sensan har narsadan mo‘tabar aziz [W-sen, Pm-san]. 2. Ha, ha, ammamning buzog‘isan [Wbuzog‘, Pm i+san]. 3. U cho‘l burguti edi [Wcho‘l burguti, Pmedi]. 4. U shu yerda yashaydi [Wyasha, Pmydi].
Ma’lum bo‘ladiki, [WPm] W va Pm qismlaridan iborat bo‘lib, atash ma’nosini W, kesimlik ma’nosini [Pm] ko‘rsatkichi beradi. [Pm] ko‘rsatkichlari formal jihatdan ifodalanganda u morfemali deyiladi. Masalan, Uyim shaharda gapidagi shaharda so‘zshakli alohida olinganda unda kesimlik ma’nosi, vazifasi mujassamlashgan emas. Bu vazifa unga kontekst (nutq sharoiti, gapdagi o‘rni va h.) tomonidan kiritilmoqda. Bunda [Pm] morfemali ekanligiga uni shahardadir, shaharda edi, shaharda bo‘ladi tarzida o‘zgartirish bilan ham amin bo‘lish mumkin. Demak, Uyimiz shaharda gapida [Pm] tarkibiy qismlari quyidagicha: T – tasdiq, M – aniq, Z – hozirgi zamon, Sh – III shaxs. Bunda ham kesimning tarkibiy qismlari [W] va [Pm] ajralib turibdi. Shu xususiyatga ko‘ra ular semantik-funksional shakllangan gaplardan ajralib turadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish