O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet331/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Grammatik shakllangan gap haqida gapiring.

  2. Minimal qolip nima?

  3. Maksimal qolip nima?

  4. Gap kengaytiruvchisi haqida gapiring.

  5. So‘z kengaytiruvchisi haqida gapiring.

  6. Gap markazi haqida gapiring.

  7. Gap bo‘lagining kengaytiruvchilarga munosabati haqida gapiring.



Кesim


Tayanch tushunchalar


Gap bo‘lagi, [Pm]shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl, gap markazi, kesim, kesimlik kategoriyasi, kesimlik shakllari, mustaqil kesimlik shakli, nomustaqil kesimlik shakli, grammatik shakllangan gap, semantik-funksional shakllangan gap, kesimning tuzilishi, ifodalanish


87-§. Кesimlik kategoriyasi. Gap bo‘laklari [Pm] ma’nosi bilan uzviy bog‘liq. Shu boisdan gap bo‘laklarini ko‘rib o‘tish uchun bevosita gapning «jon»ini, markazini shakllantiruvchi vosita – kesimlik kategoriyasining tarkibi, ma’nolari va ifodalanish usullariga qisqacha sharh berishi zarur. Zero, gap kengaytiruvchilari tushunchasi, ularni belgilash, shu asosda gapning struktur zaruriy va ixtiyoriy tarkibiy qismlarini ajratish gapning «yuragi», gapning gap ekanligini ta’minlovchi kesimlik kategoriyasi va uning ko‘rsatkichi, ifodalanish xususiyati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli, gapning gapligini, ya’ni bir nisbiy tugal fikrni boshqalarga yetkazish, ular tomonidan to‘g‘ri anglanishining eng muhim omili – bu nutq bosqichida nutq sharoiti, lisoniy bosqichda esa kesimlik kategoriyasi.
Demak, kesimlik kategoriyasi fikrni shakllantiruvchi, uni tinglovchiga yetkazishning eng muhim lisoniy vositasi asosi.
Кesimlik kategoriyasi mazmun jihatidan tasdiq-inkor [T], so‘zlovchining bayon etilgan fikrga bildirgan munosabati – modallik [M], zamon [Z] va shaxs-son [Sh] ma’nolaridan tarkib topadi (buni qisqacha shartli ravishda T, M, Z, Sh deb belgilaymiz va qulaylik uchun keyingi o‘rinlarda ana shu shartli qisqartmalardan foydalanamiz). Bu ma’nolar yaxlit holda voqelangandagina kesimlik kategoriyasi ichki mazmun tomonini namoyon qila oladi. T, M, Z, Sh ma’nolarining har biri alohida-alohida ravishda yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, modal so‘zlarda mayl (modallik) ma’nosi bo‘ladi. Кishilik olmoshlari va egalik qo‘shimchalarida shaxs-son ma’nosi yetakchilik qiladi. Tasdiq-inkor so‘zlari (ha, yo‘q)da, bo‘lishli-bo‘lishsizlik (-ma, 0)da tasdiq-inkor ma’nosi yorqin ifodalangan bo‘ladi. Payt ravishlari, zamon otlari, shuningdek, o‘rin-payt kelishigi shakli, ravishdosh va sifatdoshda zamon ma’nosi ifodalanadi. Lekin bularning barchasi alohida-alohida voqelanish bo‘lib, kesimlik vazifasida yuzaga chiqishidan boshqa holatda yaxlit sistem tabiatga ega bo‘lmaydi. Zero, kesimlik kategoriyasi mazkur alohida olingan kategoriyalarning yaxlitligi (sistemasi)dan iborat. Har qanday tizim–o‘z tarkibiy qismlarining oddiy yig‘indisidan kattaroq butunlik. Chunki T, M, Z, Sh kategoriyalari kesimlik kategoriyasida birlashar ekan, bu butunlik tarkibiy qismlarida avval bo‘lmagan, lekin sistema tashkil etganda tug‘iladigan hodisalarni ham qamrab oladi. Masalan, o‘tgan yili o‘qimagan odam birikuvidagi o‘qimagan so‘zshaklining birikuvchisi – o‘tgan yili so‘z kengaytiruvchisi (lekin gap bo‘lagi emas). U o‘tgan yili o‘qimagan gapidagi o‘tgan yili so‘zshakli – gap bo‘lagi (hol). Demak, birinchi qurilmadagi kesimlik kategoriyasi a’zosi emas, shu boisdan uning birikuvchisi (o‘tgan yili) gap bo‘lagi emas. Ammo ikkinchi qurilmada -gan kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismi bo‘lib, uning birikuvchisi gap bo‘lagi. Gap kesimlik tarkibidagina gap bo‘laklarini o‘ziga tobelaydi. Bu uning butunlik tarkibida kasb etgan yoki namoyon bo‘lgan belgisi.
Кesimlik kategoriyasining nutqiy gaplarda voqelanishidagi ikki holatni farqlash lozim:
1) kesimlik kategoriyasining grammatik (morfologik) shakllar orqali voqelanishi;
2) kesimlik kategoriyasining semantik-funksional ifodala-nishi.
Bundan kelib chiqqan holda gapni ikkiga ajratish mumkin:
1) grammatik shakllangan gap;
2) semantik-funksional shakllangan gap.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish