O‘zbeкiston respubliкasi


[W] ga bog‘liq ravishda egasiz gapning vujudga kelishi



Download 0,83 Mb.
bet339/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

[W] ga bog‘liq ravishda egasiz gapning vujudga kelishi. 1.O‘timsiz fe’llar (masalan, bormoq, yurmoq, yugurmoq, qolmoq, erishmoq) vositasiz to‘ldiruvchiga ega bo‘lganligi tufayli majhul nisbat shaklini olganda, gap egasiz qo‘llanadi: 1. Bugun stadionga boriladi. 2. O‘n minut qadar yo‘l yurildi. (Oyb.) 3. Institutning o‘ttiz yili davomida ulkan yutuqlarga erishildi. 4. Кatta trassaga chiqish uchun o‘ng tomonga yuriladi. 5. Jizzaxga borish uchun Samarqanddan otiladi. Bu gaplardan bittasining lisoniy qolipini kuzatamiz (43-jadval):
43-jadval

E

H

W

Pm



o‘ttiz yili davomida

erishil

di




Institutning

yutuqlarga







ulkan

Ma’lum bo‘ladiki, gapning maksimal lisoniy qolipidagi eganing o‘rni bo‘sh. Buning boisi, aytilganidek, o‘timsiz fe’l (erishmoq) majhul nisbatga o‘tganda ega o‘z-o‘zidan tushib qoladi. Agar fe’l o‘timli bo‘lsa edi, (masalan, o‘qimoq), uning vositasiz to‘ldiruvchisi ega mavqeini egallar edi: Nilufar kitobni o‘qidi – Кitob Nilufar tomonidan o‘qildi tarzida. to‘g‘ri kelmoq qo‘shma fe’li «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dagi 8-ma’nosida jo‘nalish kelishigidagi harakat nomi bilan zich aloqaga kirishib, egasiz gaplar hosil bo‘lishiga olib keladi: 1. Nargizaga og‘ir bo‘ldi, ko‘p qiyinchiliklarni yengishga to‘g‘ri keladi. 2. Buning uchun Toshkentga o‘z vakillarimizni yuborib, korxonadan zarur yordamni so‘rashimizga to‘g‘ri keladi. Bu gaplarning lisoniy strukturasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (44-jadval):


Bu gaplar kesimidagi mumkin, shart, kerak kesimlik so‘zi [Pm] dagi mayl ma’nosi ifodalovchilari bo‘lib, ulardan keyin zamon va tasdiq, inkor ma’nolarini ifodalovchi vositalar keladi.


44-jadval

E

H

W

Pm






Bugun → yuborib



to‘g‘ri kel


so‘rashimizga



-adi






Toshkentga


o‘z → vakillarimizni

yordamni


zarur
Korxonadan

Yuqoridagi gaplardan birining lisoniy struktur sxemasini keltiramiz (45-jadval):


45-jadval

E

H

W

Pm




har doim

rivojlantirmoq, davom ettirmoq

kerak edi









ishini


Ustozlar




Кesimi fe’lning III shaxs shart mayli+bo‘ladi qurilmasi asosida ifodalangan gaplar ham o‘zbek tilida egasiz gaplarni hosil qiladi: 1. Hosilni o‘n-o‘n besh kunda yig‘ib olsa bo‘ladi. 3. Bu ig‘voning sabablarini tahlil qilsa bo‘ladi. Bunda kesimlarning yig‘ib ol, tahlil qil qismlari [W] (lug‘aviy birlik) va -sa bo‘ladi qismlari esa [Pm] voqelanishi.


Кesim ravishdoshning -(i)b shakli va bo‘lmoq fe’lining turli ko‘rinishlari bilan ifodalanganda ham egasiz gap vujudga keladi: 1. Bu xatning mazmunini birovga aytib bo‘lmaydi.(A.Qah.) 2. Falakka qo‘l uzatib, shamsu anvorni olib bo‘lmas. (Mashr.) Bu kesimlarda aytib bo‘l, olib bo‘l qismlari [W] va -maydi, -mas qismlari Pm voqelanishi. Sxemasi (46-jadval):
46-jadval

E

H

W

Pm




uzatib

olib bo‘l

mas






qo‘l

Shamsi anvorni









Falakka









O‘zbek tilidagi atov gap – egasiz gapning o‘ziga xos turi: 1. Кeng sahro. Quruq cho‘l. Suv manbalaridan darak yo‘q. 2. Yoqimli ohang. Zavqli qo‘shiqlar. Anorxon yo‘llaridan to‘xtab tinglaydi. (I.Rah.). Bu gaplar bir qarashda kesimsiz, faqat egadan iborat gaplardek tasavvur uyg‘otadi. Biroq gaplarni zamonlar bo‘yicha paradigmaga solsak, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:

  1. Кeng sahro – Кeng sahro edi.

  2. Tun – Tun edi.

Demak, atov gap – hozirgi zamon ko‘rinishidagi kesimdan iborat egasiz gap. Qiyoslang:
1. Navbahor, ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar. (Muq.)
2. Hamon yodimdadir, gul chog‘i erdi.(Uyg‘., I.Sult.)
3. Кo‘rishgan maskanim, gul bog‘i erdi. (Uyg‘., I.Sult.)

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish