Egali va egasiz gaplar. Gapning lisoniy qurilishida eganing ifodalangan yoki ifodalanmaganligiga ko‘ra ikki ko‘rinishi bo‘ladi:
1) egali gaplar;
2) egasiz gaplar.
Egali va egasiz gap gapning lisoniy sintaktik qolipi bilan emas, balki gap kesimining lug‘aviy [W] va kesimlik qo‘shimchalari [Pm] qismlarining ba’zi bir ifodalanish xususiyatlari bilan bog‘liq.
1. Egasiz gaplar. Bunday gaplarda kesim tarkibidagi [Pm] ning shaxs-son ma’nosi o‘ta kuchsizlanib, gap tarkibidagi eganing mutlaqo bo‘lmasligini keltirib chiqaradi. Egasiz gaplarning mavjudligiga olib keluvchi omillar kesimdagi [W] va [Pm]ga bog‘liq ikki guruhga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |