O'zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi


-jadval О‘z-о‘zini nazorat qilish kundaligi



Download 1,07 Mb.
bet16/90
Sana25.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#410179
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport 2021

2-jadval

О‘z-о‘zini nazorat qilish kundaligi

1

Salomatlik /о‘zini his etish/

yaxshi

A’lo

qoniqarli

yaxshi

, .....

2

Uyqu holati

qattiq

“”

“”

qattiq

, ....

3

Ishtaha

yaxshi

“”

“”

yaxshi

, ....

4

Qon tomirining urishi: ertalab va mashqlarda

/1 daqiqada/


56-64-


120

60-64-


120

58-76-


142

72-88-


142

, ....


/talaba/ ............... /ismi, sharifi/ ning kundaligi






Faoliyatlar

Natijalar va kunlar

10.11

11.11

12.11

13.11

Va h.k

1

Salomatlik /о‘zini his etish/

yaxshi

qoniqarli

qoniqarli

yaxshi

, .....

2

Uyqu holati

qattiq

“”

“”

qattiq

, ....

3

Ishtaha

yaxshi

“”

“”

yaxshi

, ....

4

Qon tomirining urishi: ertalab va mashqlarda

/1 daqiqada/


56-64-


120

60-64-


120

58-76-


142

72-88-


142

, ....



Eslatma: kо‘rsatkichlarning о‘sishi о‘tirgan, yotgan va mashqlar bajarish jarayonlarini bildiradi. Harakat faoliyatlarning kо‘payishi /yuklamalar/ natijalarning о‘sishiga sabab bо‘lgan.


5

Gavda og‘irligi /kg/

68

68,

68,5

67

.......

6

О‘pkadagi havo sig‘imi /sm3 /



4500

-

-

4800

.......

7

Charchash, terlash va hakozo

о‘zgarish

qisman

qisman

qisman

......

8

Mashg‘ulot mazmuni

yaxshi

yaxshi

Ortib bordi

....

....


9

Kuzatish taxlili
















10

Murabbiy va shifokorning mulohazalari
















Yana boshqa zarur faoliyatlarni ham kuzatish va kundalikda yil davomida rasmiylashtirib borish zarur. Eng sо‘nggida natijalar asosida xulosa chiqarish, shu asosda mashg‘ulot yuklamalarini kо‘paytirish lozim.



2.8. Jismoniy mashqlarning davolash va kasalliklarni oldini olishdagi ahamiyati

Jismoniy mashqlardan kasalliklarni oldini olish va kasalliklarni davolashda foydalanish masalalari qadimdan ma’lum. Jismoniy mashqlarning davolovchi xususiyatlarini hozirda hech kim inkor etmaydi. Talbalar, sportchilar va umuman boshqa kishilar ham kundalik turmush va mehnat faoliyati jarayonida jarohatlanishi yoki turli kasb kasalliklariga uchrashi mumkin. Ularni oldini olish va bartaraf qilishda jismoniy mashqlarning alohida о‘rni bor. О‘z nomi bilan mantiqiy tо‘g‘ri keladiki, ba’zi xastalik va kasalliklarni maxsus jismoniy mashqlar bilan davolash zaruriyati bо‘ladi. Bu jahon tibbiyotida ilmiy-amaliy jihatdan asoslanib, uzoq о‘tmishlardan buyon qо‘llanilib kelingan.

Bu о‘rinda ulug‘ mutaffakir hakim, olim Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy amaliy tajribasi, ularning natijalari meros bо‘lib qolgan. Ayniqsa, u turli hil kasalliklarni davolashda jismoniy madaniyatning sekin, kuchli va tez bajariladigan vositalari orqali amalga oshirilish usullarini “Tib qonunlari”da bayon qilib bergan. Bunda uqalash /massaj/, issiq hammom, sovuq suvlarda chо‘milish, chо‘l va tog‘larda sayoxat qilish, gavda harakatlari bilan bog‘liq jismoniy mashqlardan maqsadli foydalanish yо‘llari о‘z ifodasini topganligi bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tibbiyot olamida kasalliklar, xastaliklarning soni cheksiz. Ularni asosan dori-darmonlar orqali davolashadi. Lekin ba’zi bir kasallik yoki xastaliklar borki, ularni davolashda jismoniy mashqlar ham ancha qо‘l keladi. Ularning ba’zi bir keng yoyilgan turlari va ularda qо‘llaniladigan jismoniy mashqlar haqida mulohazalar bildirish mumkin, ya’ni:

-toza havoda sayr qilish, yengil о‘yinlar va harakatlar bilan shifokor tavsiyasiga kо‘ra shug‘ullanish, bu jarayonlar ularning kasal bо‘lmasligiga kafolatdir; turli sabablar bilan tana lat yeganda uni uqalash, sovuq suv bilan artish;


  • kо‘p о‘tirish, uxlash va kam harakatchanlik yuzasidan tanada uyushish, og‘riq, tirishish va boshqa illatlar vujudga kelganda о‘tirgan, yotgan va turgan holatlarda turli mashqlar, harakat qilish, sof havoda yurish, kuch-quvvat yetsa asta-sekin yugurish, chuqur nafas olib-chiqarish va shunga о‘xshash gimnastika mashqlarini bajarish, ularga odatlanish;

Kо‘z tinishi, bosh aylanishi va badan titrashi kabi illatlar vujudga kelgudek bо‘lsa, kо‘z, yuz, bо‘yin mushaklarini kо‘proq harakatga keltirish /uqalash, ishqalash, siypalash, ochib-yumish, aylantirish, burish va hakozo/.

Davolash muassasalari, sog‘lomlashtirish markazlari, sanatoriya va dam olish uylarida shifokorlar tomonidan maxsus muolajalar orqali davolash usullari hamda vositalari qо‘llaniladi. Bunda kasalliklarning turlariga qarab mashqlar, uqalashlar /massaj/ va boshqa amallar qо‘llaniladi. Bu usullar maxsus davolash tarkibiga kirib, asosan shifokorlar xizmat qilishadi.

Davolash jismoniy madaniyat usullari sport olamida muhim о‘rin egallamoqda. Bu asosan uch yо‘nalishga egadir, ya’ni:


  1. Jismoniy tarbiya va sport dispanserlari.

  2. Jamoa /komanda/ maxsus shifokorlari.

  3. Mustaqil ravishda davolanish.

Mazkur yо‘nalishlarning eng asosiy hususiyatlari haqida tо‘xtalish mumkin bо‘ladi.

Jismoniy tarbiya va sport dispanserlari asosan quyidagi vazifalarni bajaradi, ya’ni:



  • iqtidorli va yuqori toifadagi sportchilarni hisobga olish,

  • musobaqalar oldidan sportchilarni tekshirish va ruxsat berish,

  • musobaqalar jarayonida kuzatish-nazorat qilish va zarur bо‘lganda amaliy yordam berish,

  • jarohat olgan sportchilarni davolash va avvalgi holiga keltirish.

Sport shifokorlar sportchilarning kundalik mashq jarayonlarida tegishli yordamlarni kо‘rsatish bilan faoliyat yuritadilar. Ayniqsa, sportchilarning kо‘rsatkichlari, kayfiyatlarini doimo kuzatadi. Mashqlar yoki musobaqalar jarayonida lat yesa yoki shikastlansa sportchilarga birinchi tibbiy yordam kо‘rsatadi. Og‘ir ahvolga tushgan sportchilarni shifoxona yoki dispanserlarga jо‘natadi.

Sport tashkilotlari tasarrufidagi shifokorlar asosan jismoniy tarbiya va sport dispanserlari hamda sog‘lomlashtirish markazlari, zarur bо‘lganda ilmiy tadqiqot institutlaridagi mutaxassis tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda ish tutishlari kо‘zda tutiladi. Oliy va quyi ligalar, Respublika terma jamoalaridagi shifokorlar jismoniy tarbiya sohasida mukammal bilim va amaliy tajribalarga ega bо‘lishadi. Shu tufayli, ular sportchilarni davolash, tibbiy yordam berish yо‘llarida jismoniy tarbiyaning zarur vositalaridan tо‘la foydalanishga harakat qilishadi. Bunda uqalash /massaj/, trenajerlardagi yengil-maxsus mashqlar, sauna /hammom/ va boshqa usullar, omillardan keng foydalanadilar. Bu jihatlar tibbiyot olamida davolash gimnastikasi, davolash jismoniy madaniyati, sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya kabi nomlar bilan mustaqil yо‘nalishlarga egadir.


3 Bob. Jismoniy tarbiya jarayonida sport tayyorgarligini amalga oshirish

Jismoniy tarbiya jarayonida sport tayyorgarligini amalga oshirish о‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Sport tayyorgarligi aytish mumkinki, jismoniy tarbiyaning alohida, о‘ziga xos, murakkab tarmog‘i hisoblanadi va u kо‘p yillik ilmiy, ijodiy va amaliy mehnatni talab qiladi. Sport tayyorgarligi uzluksiz jarayon bо‘lib, u 8-10 yil davomida murabbiy va sportchining о‘zaro mehnati natijasida yuzaga chiqadigan yuqori jismoniy va ruhiy qobiliyatlarni musobaqa sharoitida namoyish qilishdir.

Sport va sportchilar tayyorlash kо‘pgina fanlar negizida amalga oshiriladigan, ilmiy, nazariy va uslubiy qonuniyatlarga tayanadigan pedagogik jarayon bо‘lib, u avvalo komil insonni shakillantirishga qaratilgan maqsad va vazifalarni hal qilishni nazarda tutadi. Sportchilarni tayyorlash sport mashg‘ulotlari orqali amalga oshiriladi.



Sport mashg‘uloti – bu tanlangan sport turida yuqori natijalariga erishishga yо‘naltirilgan pedagogik va ixtisoslashtirilgan jismoniy va ruhiy takomillashuv jarayonidir.

Sport mashg‘ulotlarining maqsadi mazkur sportchi va sport turi uchun mumkin bо‘lgan eng yuqori tayyorgarlik darajasini ta’minlashga erishish hamda musobaqa sharoitida yuksak ismoniy, aqliy, ahloqiy va ruhiy qobiliyatlarni namoyish etishdan iboratdir.

Mashg‘ulot jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:

1) tanlangan sport turining texnika va taktikasini chuqur о‘rgatish va uni yosh sportchilar tomonidan о‘zlashtirib olishini ta’minlash;

2) jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirib, zarur sifatlar darajasiga yetkazish;

3) sportchilar organizmining funksional imkoniyatlarini kuchaytirish va sog‘ligini mustahkamlash;

4) mashg‘ulot va musobaqalar vaqtida sportchi harakatlarining yuqori darajada jamlanishi va safarbar etilishini ta’minlovchi ruhiy, axloqiy-irodaviy sifatlarni maqsadli ravishda tarbiyalash;

5) sportchi tayyorgarligining erishilgan darajasini takomillashtirish va uni musobaqa faoliyatida namoyish etishni amalga oshirish;

6) mashq va musobaqa faoliyatini muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur nazariy bilimlar hamda amaliy tajribalarni berish.

Mashg‘ulotning sanab о‘tilgan vazifalari bir yо‘la, uyg‘un ravishda amalga oshiriladi. Biron mashg‘ulotning asosiy vazifalari tayyorgarlikning davr va bosqichlari, sportchilarning mashqlanganlik darajasi, alohida xususiyatlari, mahorati, sport turi xususiyatlari va qator boshqa omillarga qarab batafsil tekshiriladi.

Mashg‘ulot vazifalarining har biri izchil tarzda, ya’ni sportchilarga qо‘yiladigan va tobora ortib boradigan talablar sharoitida hal etiladi. Mazkur vazifalarni hal etish natijasida sportchi tayyorgarligining muvofiq darajasi ta’minlanadiki, bu uning yuqori sport natijalariga tayyorligini kо‘rsatadi.

Sport mashg‘ulotlarining ayrim xususiyatlari mavjud:

♦ tanlangan sport turi bо‘yicha muayyan sportchining eng yuqori natijaga erishishga yо‘naltirilganligi;

♦ mashg‘ulotlarning qa’tiy chegaralangan muddati va muntazamligi;

♦ ma’lum qonuniyatlarga muvofiq kо‘p yillik rejalashtirish;

♦ mashg‘ulot yuklamalarining izchil ravishda oshirib borilishi;

♦ sportchining yetarlicha mustaqilligi hamda mashg‘ulot jarayoniga ijodiy yondashuvi sharoitida trenerning rahbarlik roli;

♦ sportchining butun hayot yо‘liga faol ta’sir kо‘rsatish (kun tartibi; shaxsiy hayotga, kasb tanlanishiga ta’sir).



3.1. Sport mashg‘uloti vositalari

Sport mashg‘uloti vositalari - bu tanlangan sport turining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllanadigan har xil jismoniy mashqlar bо‘lib, ular tо‘rt asosiy guruhga bо‘linadi: umumtayyorlovchi, yordamchi, maxsus tayyorlovchi va musobaqa mashq-lari. Ular yordamida sportchilarning sport mahorati darajasini kо‘tarish mumkin.

Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanib, ular yordamida sportchi organizmiga aniq, maqsadli ta’sir kо‘rsatiladi, shuningdek, ular yordamida о‘quv-mashq darslarini samarali tashkil etish hamda о‘tkazish uchun sharoit yaratiladi, bu jarayonda sog‘lomlashtiruvchi, ta’lim va tarbiyaga oid vazifalar ham hal etiladi. Sport mashg‘ulotlarining yordamchi vositalariga: tabiiy muhitga bog‘liq, tibbiy - biologik, ruhiy va moddiy - texnik sharoitlar ham kiradi.

Umumtayyorlovchi mashqlar sportchi organizimning har tomonlama funksional rivojlanishiga yordam beradi. Ular tanlangan sport turi xususiyatlariga mos bо‘lishi va ayni vaqtda u bilan muayyan ziddiyatda bо‘lib, har tomonlama, uyg‘un jismoniy rivojlanish muammolarinigina hal qilishi mumkin.

Umumrivojlantiruvchi mashqlar tarkibiga: sport gimnastikasidan (qо‘l, oyoqlarning turli harakatlari, predmet bilan, predmetsiz, sherik bilan va sheriksiz, turgan joyda va harakatda), yengil atletikadan, sport о‘yinlaridan, akrobatikadan olingan mashqlar kirishi mumkin. Bular sportchiga turli yо‘nalishda ta’sir kо‘rsatuvchi, jismoniy sifatlar majmuasining rivojiga yordam beruvchi, shuningdek, turli malaka va kо‘nikma-larni shakllantiruvchi harakatlardir. Ularga quyidagilar kiradi:

1. О‘z sport turiga xos bо‘lgan, lekin undan organizm faoliyati rejimi, harakatlarni bajarish yо‘llari hamda sharoitlari bilan farq qiluvchi mashqlar. Masalan: suzishda - musobaqa usulini qо‘llamagan holda suzish, sakrovchida har xil yо‘llar bilan bajariladigan sakrashlar.

2. Boshqa sport turlariga xos mashqlar.

Umumtayyorlovchi mashqlar doirasi ancha keng va xilma-xil. Ularni tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: a) mashqlar sportchining har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi; b) sport ixtisosligi xususiyatlarini aks ettirishi va boshqa.Umumtayyorlovchi mashqlar sportchining maxsus xususiyatlarini shakllantirishga bilvosita ta’sir kо‘rsatadigan sifat hamda kо‘nikmalarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir qilishi kerak. Boshqacha aytganda, ular yordamida u yoki bu sport faoliyatini takomillashtirish uchun poydevor yaratilishi zarur. 14



Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish