O'zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi


Jismoniy mashg‘ulotlar jarayonida tibbiy nazorat



Download 1,07 Mb.
bet14/90
Sana25.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#410179
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport 2021

2.6. Jismoniy mashg‘ulotlar jarayonida tibbiy nazorat
Tibbiy nazorat va kо‘rik deganda, asosan talabalarning sog‘ligini tekshirish va doimiy ravishda ularni kuzatib-nazorat qilib borish tadbirlari tushuniladi. Buning maqsad-vazifalari esa talabalar bilan о‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning ular organizmiga muvofiiq kelishi, shuningdek, turli kasalliklarni aniqlash, ularga yо‘l qо‘ymaslik va о‘z vaqtida davolashga qaratilgan bо‘ladi.

Oliy о‘quv yurtlarida maxsus tibbiy punktlar tashkil etilib, ularda shifo-korlar, hamshiralar doimiy xizmat qilishadi. Respublika sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus qaroriga asosan, barcha turdagi о‘quv yurtlarida о‘quv yilining boshi va bahor paytlarida maxsus tibbiy kо‘riklar tashkil etiladi. Bunda mahalliy poliklinikalar, shifoxonalar, sog‘lomlashtirish markazlari, jismoniy tarbiya va sport dispanserlarining texnik xodimlari bevosita tekshirish ishlarini olib boradi. Ularning tekshirish va kо‘rik natijalariga qarab sog‘lom talabalarni asosiy, tayyorgarlik guruhlariga ajratadi, sog‘ligida ba’zi illatlar bо‘lgan yoki bemor talabalarni maxsus tibbiy guruhlarga ajratadi. Bu uch guruhdagi talabalar jismoniy madaniyat darslarida alohida-alohida guruhlarga bо‘lib, mashqlarning shakllari, mazmunlari va meyorlarini belgilangan tartibda о‘rgatiladi.

Jismoniy tarbiya darslari jarayonlarida bu guruhlardagi talabalarning, ayniqsa maxsus guruhdagilarni vaqti-vaqti bilan shifokorlar nazorat qilib boradi. Zarur bо‘lganda davolanishga yuboriladi. Bu tadbirlar negizida barcha talabalar va о‘quvchi-yoshlarning salomatligi va jismoniy tayyorgarliklarini kuzatib borish, ularning jismoniy jihatdan rivojlanish jarayonlarini belgilash va ta’minlash kabi tarbiyaviy jihatlar mujassamlashadi. Bunday о‘ta muhim tadbirlarni ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va boshqa sohalardagi о‘quvchi-yoshlar mukammalroq о‘rganishlari lozim. Chunki, ularning kelgusi mehnat faoliyatlarida bunday jarayonlarni о‘zlari tashkil qilishlariga tо‘g‘ri keladi. E’tiborli tomoni shundaki, tibbiy kо‘riklar va nazoratlarni tashkil qilish, ularni о‘tkazish tadbirlarida faqat jismoniy tarbiya о‘qituvchilarigina emas, balki sinf rahbarlari va fan о‘qituvchilari ham bevosita ishtirok etishadi.

Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari /trenirovka/ va sport musobaqalari jarayonlarida tibbiy xodimlar о‘z vazifalari yuzasidan tez-tez qatnashib, kuzatib borishlari lozim. Ayniqsa,sport musobaqalari о‘tkazilayotganida shifokorlar bevosita kuzatish, zarur bо‘lsa ularga amaliy yordam berishlari kerak. Jismoniy tarbiya о‘qituvchilari va murabbiylar ham о‘z navbatida darslar va mashg‘ulotlarda о‘quvchi yoshlarning barcha harakat faoliyatlarini kuzatish, ba’zan sodir bо‘ladigan jarohat paytlarida tez yordam berish chora-tadbirlarini kо‘rishlari zarurdir. Mashqlarning meyoriy yuklamalari ortib borganda, ayniqsa yugurish, kross va gimnastika mashq bajarish jarayonlarida о‘quvchi-yoshlarni kuzatib turishga tо‘g‘ri keladi. Chunki sog‘lom bolalarda ham charchash, yiqilish va boshqa sabablar bilan о‘zini yomon sezish, hushidan ketish hollari yuz beradi. Bunda nafas olishning qiyinlashishi, yuzning qizarishi yoki oqarishi, qо‘l-oyoqlarning bо‘shashib, holsizlanib qolish kabi alomatlari kо‘rinadi. Bunday holatlarda tezlik bilan birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish /noshatir spirt hidlatish, uqalash, siypalash, tekisroq, bо‘shroq joyga о‘tkazish va hakozo/, zarur bо‘lsa shifoxona yoki tibbiy punktga tezda yetkazish zarur.

Umuman olganda, jismoniy mashqlar va turli murakkab о‘yinlarni bajarishda lat yeyish, shikastlanish, jarohatlanish bо‘lmasligining oldini olish zarur. Bunday hollar yuz bermaydi, deb hech kim kafolat beraolmaydi. Eng muhimi talaba va о‘quvchi-yoshlarning mashqlarni puxta va tushungan holda bajarish-lari, chidamli bо‘lishlarini о‘qituvchilar о‘rgatib, singdirib borishlari kerak. Bu holatlarni о‘quvchilar ham yaxshi о‘zlashtirishga harakat qilishlari muhim ahamiyatga egadir.


    1. 2.7. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida о‘z-о‘zini nazorat qilish

Mashg‘ulotlar jarayonida va umuman kundalik turmushda о‘z-о‘zini nazorat qilish, shuningdek tibbiy jihatdan nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.Talabalarda tibbiy bilimlarga ega bо‘lishni ta’minlash hozirgi davrning ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy talablaridan biri hisoblanadi.

Talabalar о‘z salomatliklarini va jismoniy tayyorgarlik darajalarini bilishi, ularning barcha amaliy faoliyatlarda, ayniqsa jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari hamda sport musobaqalarida qanday shug‘ullanish kerakligini о‘zi nazorat qilib borishga yо‘llaydi. Bunda tibbiy xodimlar va jismoniy tarbiya о‘qituvchilarining о‘zaro hamkorligi tabiiy ravishda ehtiyojga aylanadi. ya’ni, qon-tomiri urishi, yurak faoliyatlari, nafas olish, qо‘l, oyoq va boshqa a’zolarning harakatchanligi, kuchi va boshqa sifatlarini vaqti-vaqti bilan о‘lchab, ulardagi о‘zgarishlar /ijobiy yoki salbiy/ asosida mashqlar meyori hamda yuklamalarini berishda asos bо‘la oladi. Tabiiyki, jismoniy sifatlar, hatto oddiy harakat kо‘satkichlari ham sog‘lom talabalarda birdek bо‘lmaydi. Buning u yoki bu sabablar bо‘ladi. Jismoniy mashqlar, sport turlari bilan muntazam hamda faol shug‘ullanuvchilarda /sport turlariga nisbatan/ yuqoridagi funksional kо‘rsatkichlar bir muncha yuqoriroq bо‘ladi. Yurtimizning yetakchi mutaxassis olimlari O.A.Rixsiyeva /sport tibbiyoti/, T.S.Usmonxо‘jayev, SH.H. Xonkeldiyev, F.A.Kerimov, A.E.Seytxalilov, R.S. Salomov va b. о‘tkazgan ilmiy tadqiqotlarida yoshga qarab jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilish, ularga meyoriy mashq va yuklamalar berish bilan ba’zi bir jismoniy rivojlanish kо‘rsatkichlarini aniqlaganlar. Ulardan ba’zi bir namunalarni keltirish mumkin.




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish