Sport amaliyotida umumtayyorlovchi mashqlar:
1) sportchining sport nuqtai nazaridan takomillashuvida yordamchi ahamiyatga ega bо‘lgan malaka va kо‘nikmalarni shakllantirish, mustahkamlash yoki tiklash uchun;
2) sportchining ishchanlik qobiliyatini umumiy darajasini kо‘tarish yoki bir meyorda saqlab turish uchun;
3) jismoniy sifatlarni ixtisoslashtirib rivojlantirish maqsadida funksional poydevor yaratish uchun;
4) faol dam olish, harakat yuklamalarida sportchining organizmidagi tiklanish jarayonlarini tezlashtirish, mashg‘ulotning bir meyordaligini bartaraf etish uchun qо‘llaniladi.
Umumtayyorlovchi mashqlar sportchini umumiy tayyorlash vositasidir. Bu yordamchi vositalari kam bо‘lgan, mashg‘ulotlari ma’lum ma’noda meyorli (gimnastika, og‘ir atletika, yugurish), ya’ni musobaqa mashqlari asosiy mashg‘ulot vositalari hisoblangan sport turlarida alohida ahamiyatga ega.
Yordamchi mashqlar u yoki bu sport faoliyatida keyinchalik takomillashish uchun maxsus poydevor yaratuvchi harakatlarni о‘z ichiga oladi. Bu mashqlar guruhiga sportchining trenajer va boshqa qurilmalarda ishlash vaqtida tezlik-kuch sifatlarining rivojlanishiga yordam beradigan vositalar kiradi. Shuningdek boshqa sport turlaridan olingan hamda sportchining aerob va anaerob imkoniyatlarini oshirishga yо‘naltirilgan vositalardan ham (kross yugurish, eshkak eshish va b) foydalaniladi
Maxsus tayyorlovchi mashqlar malakali sportchilarning mashg‘ulotlari tizimida markaziy о‘rinni egallaydi. Bular hara-katlarning uyg‘unligi, tuzilishi, makoniy, makon- vaqt, ritm hamda energetik tavsiflarga, asab - mushak zо‘riqishlari, jismoniy qobiliyatlarning kо‘proq namoyon bо‘lishi jihatlaridan musobaqa mashqlariga ancha о‘xshash bо‘lgan harakatlardir. Masalan, yuguruvchining maxsus tayyorlovchi mashqlari qatoriga tanlangan masofaning kesmalari bо‘yicha yugurish; gimnastikachilarda - musobaqa kombinatsiyalarining element va bog‘lamlarini bajarish; shtangachilarda shtangani tortish yoki u bilan о‘tirib - turishlarga о‘xshash mashqlar; futbolchilarda tо‘p bilan va tо‘psiz, alohida, guruh hamda jamoali harakatlar va kombinatsiyalar kiradi.
Maxsus tayyorlovchi mashqlarni tanlab olish tanlangan sport turining xususiyatlari bilan belgilanadi, shuning uchun bunday mashqlar doirasi, odatda, nisbatan cheklangan bо‘ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, maxsus tayyorlovchi mashqlar tanlangan sport turi bilan bir xil emas - aks holda ularni qо‘llashdan ma’no chiqmas edi. Ularni tanlash va foylalanish shunday amalga oshiriladiki, bunda sportchi uchun zarur bо‘lgan maxsus jismoniy qobiliyatlar va harakatlar texnikasiga maqsadli va tabaqalashtirib ta’sir kо‘rsatishni ta’minlashi zarur.
Maxsus tayyorlovchi mashqlar vazifasiga qarab, quyidagi turlarga ajratadilar: a) hozirlovchi - asosan harakatlar texnikasini о‘zlashtirishga qaratilgan; b) rivojlantiruvchi - kо‘proq jismoniy va ruhiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan; v) aralash (kombinatsiyalashtirilgan) - ayni bir vaqtda ham sifatlarni, ham harakatlar texnikasini rivojlantirishga yо‘naltirilgan mashqlar. Bunday tasniflar, albatta, ma’lum darajada shartlidir, chunki harakat faoliyatining shakli va mazmuni yagona. Lekin bunda ma’no ham yо‘q emas, negaki hozirlovchi mashqlar shaklan tanlangan sport turining texnikasiga yaqin turadi, rivojlantiruvchi mashqlar esa, odatda, ancha jiddiy mashg‘ulot yuklamalari bilan bog‘liqdir.
Musobaqa va maxsus tayyorlov mashqlari sportchining maxsus tayyorgarligi vositalari sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |