O’zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti



Download 0,93 Mb.
bet5/7
Sana08.06.2022
Hajmi0,93 Mb.
#643967
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
БМИ-УСЛУБ КЎРСАТМА 27.04.22

Xulosa va takliflar. Bitiruv malakaviy ishining ushbu qismida tahlil asosida muallif o’zining mavzuga oid asosiy xulosa va takliflarni bayon etib, xulosalar qilinadi. Taklif etilayotgan tadbirlarning samaradorligini baholash va ularning korxona imkoniyatlariga mos kelishini asoslash amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Bu ro’yxatda O’zbekiston Res-publikasi Qonunlari, Prezident qarorlari va asarlari, normativ-xuquqiy xujat-lardan boshlanib, umumiy va maxsus adabiyotlar, ilmiy ishlar, ilmiy-texnik davriy nashrlar, statistik to‘plamlar hamda ob’ektning ma’lumotlari bilan tugallanadi.
Ilovalar (agar mavjud bo’lsa). Bitiruv malakaviy ishining tarkibida joy olmagan jadval, chizma, grafik, diagrammalar kiritiladi.
Bitiruv malakaviy ishini yozishda ma’lumotlarni aniqligi va haqqo-niyligi, ma’lumotlar bayoni mantiqiy izchilligi, jumla tuzilishlari tushunarli, xulosalar isbotlangan, takliflar asoslangan holda aks ettirilishi kerak.


5. Bitiruv malakaviy ishni
rasmiylashtirilish
Matnni joylashtirish tartibi. Bitiruv ishining tushntirish xati bitta rangda, so‘zlar va atamalarni tushirib qoldirmay va qisqartirmay standart A4 formatdagi qog‘ozga yoziladi. Sahifaning chap tomonidan 2,0 cm, o‘ng tomonidan 0,5 cm, yuqoridan va pastdan 0,5 dan qoldirilib ramka chizib olinadi. Bir sahifada 28-30 qator joylashishi kerak.
Matnni yozish tartibi. Matnni yozishda yuqoridan 2,0 cm o’ng va chap tomondan 0,5 mm dan qoldiriladi, abzatsdan 1,25 sm joy tashlanadi, bob va paragraflar nomlari yarim qoraytirilgan (полужирный) holda yoziladi.
Tushntirish xatining har bir bo’limining birinchi varog’i 6 ilovada keltirilgan shtampli ramkaga, qolgan varoqlari 7 ilovada keltirilgan shtampli ramkaga yoziladi
Tushntirish xatining matni aniq, tushunarli va yuqori savodxonlik bilan orfografik va sintaksis xatolarsiz yozilishi kerak, bu uning yuqori darajada bajarilganligidan dalolat beradi. Tushntirish xati kompyuterda yoziladi va u kamida 10...15 ming so’z hajmida belgilanadi. Bunda, qatorlar oralig’idagi interval 1,5 pt, o‘lchamli 14 pt “Times New Roman” shriftda “Microsoft Word” matn redaktoridan foydalanilgan holda komyuterda bajarilgan tushntirish xati 50...60 betdan iborat bo’lishi kerak.
Sahifalarning raqamlanishi. Tushntirish xatining sahifalari ketma-ketlikka amal qilingan holda raqamlanadi. Raqam betning pastki tomoniga burchak shtampining ichiga arab soni bilan qo‘yiladi. Muqova (titul varagi), mundarija va тopshiriqqa tartib raqamlari qo‘yilmaydi. “Kirish” bo‘limining birinchi beti “4” (mundarija varoqlari sonidan kelib chiqib o’zgarishi mumkin) soni bilan raqamlanadi va shu ketma-ketlikka amal qilib tartib raqami qo‘yila boshlanadi. Xatda rasmlar va jadvallar, grafiklardan foydalanilgan bo‘lsa, ular aks ettirilgan betlar ham tartib raqamlari ketma-ketligiga qo’shiladi. Shuningdek, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati yozilgan betlar xam umumiy raqamlanishga qo’shiladi.
Ilovalar bitiruv malakaviy ishining oxiriga tikiladi, ular ketma-ket arab raqami bilan raqamlanadi. Ilova yuqorisining o’ng tomoniga “Ilova” so’zi uning tartib raqami bilan birgalikda yozib qo’yilishi kerak. Masalan, “1-ilova”.
Materiallarni joylashtirish. Tushntirish xati materiallarni joylashtirilish quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1) titul varog‘i;
2) тopshiriq (bir varaqning oldi va orqasiga joylashtirilgan) ;
3) mundarija – belgilangan betlar bilan boblar va paragraflar ro‘yxati;
4) asosiy matn, ya’ni boblar va paragraflar;
5) foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
6) ilovalar.
Titul va тopshiriq varaqlariini tasdiqlangan shakl bo‘yicha rasmiylash-tirish kerak.
Mundarijada bitiruv malakaviy ishining tarkibiy qismlari, ya’ni kirish, boblar va ularning nomlanishi, paragraflar va ularning nomlanishi, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ular bayon etilgan betlar-ning raqamlari aks ettirilishi lozim.
“Kirish”, “Xulosa va takliflar” bo’limlaridan tashqari barcha boblar rim raqami bilan raqamlanadi va ular oxiriga nuqta qo‘yiladi, paragraflar esa arab raqamlari bilan belgilanadi. Paragraflarning raqamlari bob va paragraf raqam-laridan nuqta bilan ajratilishi kerak, masalan: 2.1. – ikkinchi bobning birinchi paragrafi. Bob va paragraflar nomidan keyin nuqta qo‘yilmaydi.
Sarlavha nomini bo‘yash, tagidan chizish, bo‘g‘inga ajratish mumkin emas. Sarlavha va matn orasidagi masofa 2 interval bo‘lishi kerak. Har bir qism (paragraf) o‘zidan oldingi qism tugagan sahifada boshlanishi kerak. Yangi bob keyingi (yangi) sahifadan boshlanishi kerak.
Keltirilgan illyustratsiya (fotorasmlar, sxemalar, grafiklar, chizmalar va h.k.) rasmlar deb nomlanadi va ular arab raqami bilan rasmlar ketma-ketli-gida raqamlanadi. Rasmning raqami bobning raqami va rasmning tartib raqamidan kelib chiqqan holda qo‘yiladi, masalan 1.2-rasm (birinchi bobning ikkinchi rasmi). Bitiruv ishidagi rasmlar izohlardan keyin keladi. Ularni ko‘rishga qulay har bir rasmning mazmunli nomi bo‘lishi kerak. Yozuv tartib raqami bilan bir chiziqda rasm tagiga joylashtiriladi.
Bitiruv ishida raqamlar bilan keltirilgan ma’lumotlar jadvallar shaklida joylashtirish kerak. Jadvalning yuqori o‘ng tomonida «jadval» degan yozuvi va uning nuqta bilan ajratilgan tartib raqami bo‘lishi lozim, masalan, 1.2-jadval (birinchi bobning ikkinchi jadvali). Har bir jadval sarlavhaga ega bo‘lib uning nomi «jadval» degan so‘zning tagiga yoziladi. Jadval ichiga «tartib raqami» degan ustun qo‘yilmaydi. Agar jadval aks ettirilayotganda uning keyingi betga ham ko’chirilishiga to’g’ri kelib qolsa, u holda jadval-ning ustunlari raqamlanadi hamda bu raqamlanish keyingi betda ham ko’rsa-tilib, jadvalning davomi aks ettirilaveriladi.
Keltirilgan ifoda (formula) lar asosiy shrift va “Symbol” shriftidan foydalanib yoziladi. Faqat, kasrlar, yig’indilar va kvadrat ildizlar “Microsoft Equation” (Microsoft Word dagi formulalar redaktori) da ko’rsatiladi. Matn bo’yicha foydalanishga ega xar bir formula uchun uning nuqta bilan ajratilgan va qavsga olingan tartib raqami bo‘lishi lozim, masalan, (1.2) – birinchi bobning ikkinchi ifodasi.
Aks ettirilgan formulalarning ostida “bunda” so’zi yoziladi va xar bir qo’llanilgan belgi hamda son darajalari, ularning formuladagi ketma-ketligiga amal qilingan tarzda, tushuntirish ma’nosi bilan birgalikda beriladi. Xar bir qo’llanilgan belgi va son darajalarining ma’nosi yangi xat boshidan yozilishi kerak.
Ishning matnida keltirilgan ma’lumotlarning manbalari tartib raqamiga ko’ra foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida aks ettiriladi. Matndagi adabiyot-larga hovolalar kvadrat qavsdagi tartib raqamlar orqali belgilanadi, masalan, [1, 2].
Kafedraning tavsiyasiga binoan bitiruv malakaviy ish chet tillarining birida bajarilishi mumkin. Chet tilida bajarilgan ishga davlat tilidagi annota-tsiya ilova etiladi va himoya vaqtida tarjima ta’minlanadi.
Bitiruv ishining chizmalar qismini formati, shartli belgilari, shrift va masshtabalari amaldagi standartlar talablariga qat’iy muvofiq kelishi zarur, odatda chizmalar A2 formatli qog’ozda (5...6 varaq hajmida) qalamda yoki maxsus kompyuter dasturlari (AutoCAD, Coreldraw va boshqalar) dan foydalanilgan holda bajarilib, ekran yoki elektron doskada ko’rsatiladi. Chizmalar burchak shtampi (8 ilovada) ko'rsatilgan tartibda to'ldiriladi.
Birinchi bo'lim hisob ishi natijalari bo'yicha chizilgan chizmalarning eksplikaciyasi (9 ilovaga) asosan rasmiylashtiriladi, burchak shtampi to'ldiriladi va tushuntirish hatining ilovasiga tartib bo'yicha joylashtiriladi. Chizmalar specifikaciyalarini to'ldirish tartibi (10 ilova) bo'yicha olib boriladi. Specifikaciya (11 ilovaga) asosan rasmiylashtiriladi va tushuntirish hatining ilovasiga tartib bo'yicha joylashtiriladi. Chizmalarda elektr va pnevmatik shemalar keltirilsa ushbu shemalar uchun eksplikaciya (12 va 13 ilovalarda) keltirilgan namunalar ko'rinishda rasmiylashtiriladi.
Bitiruv malakaviy ishida keltirilgan elektr shemalar (14 ilovada) keltirilgan belgilanishlar bo'yicha va GOST 7624 -62 asosida bajarilishi lozim.

Bitiruv ishini himoya qilishda talaba disk (Power Point amaliy dastur) da jadvallar, sxemalar, diagrammalar va grafiklar tayyorlaydi. Prezenta-tsiyaga taqdim etilgan materiallar, printerdan chiqarilgan holda, bir nusxadan bitiruv ishining ilovasiga qo‘yiladi.





Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish