O’zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti



Download 0,93 Mb.
bet4/7
Sana08.06.2022
Hajmi0,93 Mb.
#643967
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
БМИ-УСЛУБ КЎРСАТМА 27.04.22

4. Bitiruv malakaviy ishining
tuzilishi va mazmuni
Bitiruv malakaviy ishning tushuntirish qismi malakaviy ishning mazmunini qisqa va muayyan shaklda ifodalashi kerak. Ishning har bir bo’li-mi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Zaruriy xollarda tushuntirish qismiga grafiklar, rasmlar, eskizlar, diagrammalar, sxemalar va boshqa zaruriy qo‘shimcha axborot yozilgan elektron shakldagi ma’lumotlar ilova etilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishlarning tarkibiga bitiruv malakaviy ishning mav-zusi, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda elektron shakldagi taq-dimot materiallari kiritilishi mumkin.
Tushuntirish xatining tarkibiy qismlari quyidagilardan tashkil topadi:
Titul varag’i. Titul varag’i ishning birinchi varag’i hisoblanadi. Titul varag’ida muallifning, ish rahbarining, maslahatchining hamda kafedra mudirining imzosi qo’yiladi (1-ilova).
Тopshiriq. Тopshiriqda bitiruv malakaviy ish mavzusi, bitiruv malaka-viy ish mavzusi universitet rektori tomonidan tasdiqlanganligi, bitiruv ishining dastlabki ma’lumotlari, hisoblash-tushuntirish xatining tarkibi, chizma ishlar ro’yhati va bitiruv malakaviy ishini bajarish rejasi keltiriladi (2-ilova).
Mundarija. Bunda kirish qismi, boblar, paragraflar, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalar ketma-ketlikda ifodalanadi (3-ilova).
Kirish. Bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi, mavzuning o’rganil-ganlik darajasi, bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari, bitiruv malakaviy ishining ob’ekti, tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati hamda bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi aks ettiriladi. Kirish qismi ish raxbaridan olingan topshiriqlarni ham o’z ichida mujassamlashtirish kerak.
Ishning asosiy mazmuni. Malakaviy ishning bu qismida rejaga binoan mantiqiy ketma-ketlikda mavzuning mazmuni yoritiladi. Ishdagi muammo-ning umumiy holda qo‘yilishi, izlanish olib borish uslubi, nazariy va amaliy materiallarni o‘rganish va umumlashtirish, xulosa va takliflar etish.
“Lokomotivlar va lokomotiv ho'jaligi” kafedrasi bo'yicha bitiruv malakaviy ishning asosiy qismi 4-5 bo'limdan tashkil topadi. Bitiruv malakaviy ish ishlab chiqarish yo'nalishining ta'mirlash jarayoniga oid olib borilayotgan bo'lsa birinchi bo'limda kafedrada tasdiqlangan reja bo'yicha ta'mirlash jarayoniga ta’luqli tanlangan mavzu asosida ta'mirlash uchastkasiga oid hisob ishlari bajariladi, yakunda ta'mirlash uchastkasining loyihasi keltiriladi [1]. Ikkinchi bo'limda tanlangan mavzu bo'yicha ma'lumotlar tuzilishi, tehnik ko'rsatkichlari, asosiy nosozliklari va ularni bartaraf qilish uslublari, ta'mirlashga oid tehnologik jarayon, ta'mirlash jarayonining tehnologik haritasi va b. keltiriladi. Talaba va malakaviy bitiruv ishi rahbarining taklifiga ko'ra ta'mirlash jarayonining tehnologik jarayoni grafigi (tasmali yoki tarmoqli) va haritasi ishlab chiqiladi. (ushbu ma’lumotlarni BMI ximoyasida prezentatsiya ma'lumoti sifatida keltiriladi. 4 va 5 ilova)
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bo'limida ta'mirlash jarayonida foydalaniladigan talaba tomonidan tavsiya etilayotgan stend, qurilma, asbob - uskuna, yoki tehnologik jarayon haqida ma'lumot keltiriladi (malakaviy bitiruv ishining 2 va 3 bo’limlari umumlashtirilishi mumkin).
To'rtinchi bo'limda ta'mirlash jarayoni amalga oshirilayotgan uchastka, bo'lim yoki sexning tehnik iqtisodiy ko'rsatkichlari hisoblanadi, bu bo’lim mutahassislik kafedrasi tomonidan belgilagan maslahatchi tomonidan yoki malakaviy bitiruv ishi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Beshinchi bo’limda loyihalashtirilayotgan uchastka, bo’lim, sexdagi mehnat muhofazasi va tehnika havfsizligiga oid masalalar ko’rib chiqiladi va bu bo’lim mutahassislik kafedrasi tomonidan belgilagan maslahatchi tomonidan yoki malakaviy bitiruv ishi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Bitiruv malakaviy ish ishlab chiqarish yo'nalishining foydalanish jarayoniga oid olib borilayotgan bo'lsa birinchi bo'limda kafedrada tasdiqlangan reja bo'yicha tanlangan mavzu asosida foydalanish jarayoniga oid hisob ishlari (lokomotiv parki, lokomotivlar brigadalari va b.), foydalanish uchastkasiga bo’yicha hisob ishlari bajariladi, yakunda foydalanish uchastkasining loyihasi keltiriladi [2,3]. Ikkinchi bo'limda tanlangan mavzu bo'yicha ma'lumotlar (tuzilishi, tehnik ko'rsatkichlari, asosiy nosozliklari va ularni bartaraf qilish uslublari, foydalanishga oid tehnologik jarayon, va b. keltiriladi. Talaba va malakaviy bitiruv ishi rahbarining taklifiga ko'ra foydalanish jarayonining tehnologik jarayoni grafigi (tasmali yoki tarmoqli) va haritasi ishlab chiqiladi. (ushbu ma’lumotlarni BMI ximoyasida prezentatsiya ma'lumoti sifatida keltiriladi. 4 va 5 ilova)
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bo'limida lokomotivlardan foydalanish jarayonida foydalaniladigan talaba tomonidan tavsiya etilayotgan stend, qurilma, asbob - uskuna, yoki tehnologik jarayon haqida ma'lumot keltiriladi.
To'rtinchi bo'limda foydalanish jarayoni amalga oshirilayotgan uchastka, bo'lim yoki sexning tehnik iqtisodiy ko'rsatkichlari hisoblanadi, bu bo’lim mutahassislik kafedrasi tomonidan belgilagan maslahatchi tomonidan yoki malakaviy bitiruv ishi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Beshinchi bo’limda loyihalashtirilayotgan uchastka, bo’lim, sexdagi, yoki lokomotivlardan foydalanishda mehnat muhofazasi va tehnika havfsizligiga oid masalalar ko’rib chiqiladi va bu bo’lim mutahassislik kafedrasi tomonidan belgilagan maslahatchi tomonidan yoki malakaviy bitiruv ishi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Bitiruv malakaviy ish ilmiy tadqiqot yo'nalishida olib borilayotgan bo'lsa birinchi bo'limda tanlangan mavzuga oid adabiyotlar tahlili, ikkinchi bo'limda tanlangan ilmiy tadqiqot ishining nazariy qismi, uchinchi bo'limda nazariy qismi asosida bajarilgan hisob ishlari, tajribalar natijalari, va b. keltirilsa to'rtinchi bo'limda ilmiy izlanishga, ilmiy ishlanishlar samaradorligiga oid tehnik - iqtisodiy hisob ishlari keltirilishi mumkin. Beshnchi bo’limda izlanish yo’nalishiga mos mehnat muxofazasi va tehnika havfsizliigi bo’yicha savollarni yoritish tavsiya etiladi

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish