O’zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti



Download 0,93 Mb.
bet2/7
Sana08.06.2022
Hajmi0,93 Mb.
#643967
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
БМИ-УСЛУБ КЎРСАТМА 27.04.22

1. Bitiruv malakaviy ishini
bajarishning maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishini bajarish oliy ta’lim muassasasi bakalavriatida talabalarni o‘qitishning yakuniy bosqichidir.
Bitiruv malakaviy ishini bajarishdan maqsad:

  • ta’lim bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va ken-gaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash;

  • ijodiy ishlash, hal etilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nihoyasiga yetkazish bo’yicha qaror qabul qilishda bo’lgan mas’uliyatni his etishga o’rgatish;

  • zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta’min-lashdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining himoyasi va fanlararo yakuniy attestatsiya imtihoni bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tishga qarab Davlat attestatsiyasi komissiyasi qaroriga asosan bitiruvchiga bakalavr darajasi beriladi. Bitiruv malakaviy ishi bitiruvchi talaba tomonidan mustaqil ravishda, ma’lum sohasining muammolariga bag‘ishlangan izlanish-lar asosida bajariladi. Ishning mazmuni bitiruvchining yetukligi, mustaqil fikrlashi, o’z sohasining muammolari yechimida faol ishtirok eta olish qobili-yatini aks ettirishi zarur.


2. Bitiruv malakaviy ishlarning
mavzusi va ish rahbarini tayinlash
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, texnologiya, ijtimoiy sohalar, fan va ta’limning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi hamda kadrlar buyurtmachila-rining talablarini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasasining bakalavrlar tayyorlovchi kafedrasi tomonidan belgilanadi. Mavzular oliy ta’lim muassasi yoki fakultetning Kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda har o’quv yili boshida qayta ko’rib chiqiladi.
Bitiruv ishi mavzulari ishlab chiqarish yoki ilmiy tadqiqot yo‘nalishida bo‘lishi ham mumkin. Bitiruv malakaviy ishlar mavzusining yillik ro’yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e’lon qilinadi.
Talabalarga (reytinglari bo’yicha kamayish tartibida) bitiruv malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o’qishi uchun to’lov-kontrakt mablag’ini to’layotgan buyurtmachi zaruriy asoslar bilan bitiruv malakaviy ishlar mavzusi bo’yicha o’z variantlarini taklif etish-lari mumkin.
Bitiruv malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedra-ning taqdimnomasi bo’yicha rektorning buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Ish rahbari, bitiruv malakaviy ishining mavzusiga muvofiq talabaga bitiruv malakaviy ishga tegishli materiallarni to’plash bo’yicha (jumladan, malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlarini o’tkazish davrida ham) topshiriq beradi. Mazkur topshiriq bitiruv malakaviy ishini bajarish yuzasidan talaba-ning kelgusidagi ishlarini amalga oshirishda asos bo‘lib hizmat qiladi. Top-shiriq bitiruv malakaviy ish bilan birgalikda Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
Bitiruv ish umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirganlik darajasi bo‘yicha to‘rtinchi kursda, shuningdek uning bajarilishi uchun ta’lim yo‘na-lishining Malaka talablarida belgilangan vaqt davomida bajariladi.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish