O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi


Giyohvand moddalar tahlili fani farmatsevtik fanlar qatoriga kirib, u farmatsevtika



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/176
Sana11.04.2022
Hajmi4,86 Mb.
#543504
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   176
Bog'liq
Majmua GMT.20 фарм

Giyohvand moddalar tahlili fani farmatsevtik fanlar qatoriga kirib, u farmatsevtika 
institutlar hamda tibbiyot institutlarining farmatsevtika fakultetlarida o‘rganiladi. 
Giyohvand moddalar tahlili boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq. Giyohvand moddalar tahlili 
giyohvanlik vositalari va psixotrop moddalarni odam va hayvon a’zolariga ta’sirini o‘rganadigan 
farmakologiya, narkologiya va toksikologiya fani bilan bog‘liq. 
Giyohvanlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni sifat va miqdorini aniqlashda 
analitik, organik, farmatsevtik kimyo va boshqa kimyo fanlari usullari qo‘llaniladi. 
Giyohvand moddalarni organizmdagi metabolitlarini o‘rganishda toksikologik kimyo, 
biologik, analitik va farmatsevtik kimyo fanlariga tayanadi.
Giyohvand moddalarni o‘simlik maxsulotlari va uning qismlari bo‘lgani uchun kimyogar 
farmakognoziya fanidan chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak. 
Giyohvand moddalar to‘g‘risidagi xalqaro va O‘zbekiston Respublikasi miqyosidagi 
xujjatlar

Respublikamiz ushbu muammoning xalqaro miqyosda hal etilishi jarayonida faol ishtirok 
etmoqda. Mamlakatimiz BMTning 
 

1961 yil - Giyohvand vositalar haqidagi xalqaro konvensiya; 

1971 yil – psixotrop moddalar haqidagi xalqaro konvensiya; 

1988 yil - Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarni noqonuniy 
ayirboshlashga qarshi kurash haqidagi BMT konvensiyasilariga; 
1995 yilda qo‘shildi. Ayni paytda dunyoning 20 dan ortiq davlati bilan giyohvand moddalarni 
tarqatishga qarshi kurash masalalarida hamkorlik bo‘yicha idoralar va hukumatlararo bitimlar 
imzolangan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya, Moldava, Gruziya, 
Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston bilan ikki tomonlama hamda AQSH, 
Turkiya, Pokiston bilan hukumatlararo bitimlar tuzilgan. 
1999 yilning 19 avgustida "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida"gi 
Qonun qabul qilindi. Prezidentimizning 2000 yil 14 iyuldagi "Respublikada giyohvandlik 
moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 
Farmoni e’lon qilindi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Giyohvand moddalarni nazorat qilish 
axborot-tahlil milliy markazi tuzildi. 
Giyohvand moddalarni ishlab chiqarish, sotish va ularni iste’mol qilish tobora keng tus 
olmoqdaki, biz bu ijtimoiy illatga qarshi kurashni yanada kuchaytirmog‘imiz kerak. Avvalo, 
ushbu jinoiy biznes katta boylik orttirish imkonini beradi. SHu bois uning ishtirokchilarini 
xalqaro huquq me’yorlari va milliy qonunchilik majmui bilan tartibga solish oson kechmaydi. 
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatimizda 1999-2000 yillarda giyohvand moddalarni 
tayyorlash, sotish, saqlash, olib yurish bilan bog‘liq jinoyatlar 17,9 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2003 
yilga kelib bu jinoyatlar 9,4 foizga kamaygan. Bugungi kunda ko‘rsatkichlar kamaygani bilan 
shunga aloqador jinoyatlar ortib bormoqda. 
Alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib giyohvand moddalar 
ishlab chiqarish, sotish va jinoiy ishlarga qarshi kurashish yuzasidan milliy qonunchilik majmui 
ishlab chiqilgan. 
Jinoyat kodeksining XIX bobi, aniqroq qilib aytganda, 270, 271, 273, 274, 275, 276-
moddalari bevosita giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda 
muomala qilishdan iborat jinoyatlar majmuiga bag‘ishlangan. Jumladan, JKPning 270-



moddasida ta’qiqlangan ekinlarni etishtirish 271-moddasida giyohvandlik vositalari yoki 
psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash; 273-moddasida giyohvandlik vositalari 
yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, 
saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish; shu 
kabi yana qator moddalarda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazolar ko‘zda tutilgan. 
Bu turdagi jinoyatlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, illat domiga ko‘proq voyaga etmaganlar 
tushayotgani ko‘rinadi. Oqibatda ular tomonidan kuchli ta’sir etuvchi va zaharli moddalarni 
tayyorlash, sotish hollari bilan birga talonchilik, o‘g‘irlik, nomusga tegish kabi jinoyatlarga qo‘l 
urilmoqda. 
YUqoridagi holatlar esa illatga qarshi barcha ta’sir choralar bilan kurashishni taqazo etadi. 
Bu kurashda esa faqatgina huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati etarli emas. Undan 
keng jamoatchilik, barcha sog‘lom fikrli kishilar chetda turmasligi bu borada samarali natijalarga 
erishilishini ta’minlaydi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish