O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/176
Sana11.04.2022
Hajmi4,86 Mb.
#543504
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   176
Bog'liq
Majmua GMT.20 фарм

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Tabiiy narkotik nalgetiklar.Opiy, omnapon, morfin, narkotin, kodein, mekon 
kislotasi, mekonin, ajratib olish va tahlil usullari. 
 
 
Sud kimyosida toksikologik ahamiyatga ega bo‘lgan alkaloidlarning bu guruhiga asosan 
opiy alkaloidlari kiradi. Ular o‘z molekulalarida izoxinolin yadrosini saqlaydilar. Izoxinolin 
hosilalari ikki guruhchaga bo‘linadi:


11 
1) fenantren izoxinolin hosilalari va
2) benzilizoxinolin hosilalari.
Fenantrenizoxinolin hosilalariga morfin, kodein, tebain, benzilizoxinolin hosilalariga esa, 
papaverin va narkotin alkaloidlari kiradi. 
Izoxinolin alkaloidlari ko‘knori o‘simligi pishmagan mevasining po‘stloq suyuqligidan 
olinadi. Buning uchun ko‘knori gul boshog‘i terisi o‘tkir tig‘li keskich bilan tilinadi. SHu erdan 
silqib chiqqan suyuqlik havoda qotgandan so‘ng, qirib yig‘ib olib quritiladi va opiy (qora dori) 
deb nomlanadi. 
Abu Ali ibn Sino o‘zining tib qonunlari asarida qora dorini “afyun” deb nomlagan hamda 
bir necha kasalliklarni davolashda qo‘llanilishi haqida ma’lumot bergan.
 
Opiy, omnapon
Opiy (qora dori), qoramtir-qo‘ng‘ir rangga ega, o‘ziga xos hidli quyuq qoldiq yoki kukun. 
Mazasi achchiq.Suvda qisman eriydi, suvli eritmasi nordon muhitga ega. Opiy tarkibida 11,1 % 
morfin, 8-10 % narkotin, 1,5-3 % kodein, hamda tebain, papaverin kabi alkaloidlari borligi 
adabiyotlarda keltiriladi.
Opiyning tarkibi alkaloidlarga juda boy bo‘lib, ularning soni 50 dan oshadi. Ularning 
opiyga nisbatan umumiy miqdori esa 15-20% gacha boradi. Bu alkaloidlar opiy tarkibida mekon 
kislotasi bilan birikkan tuzlari holida uchraydi. SHuning uchun ham opiy bilan zaharlanish yuz 
bergan taqdirda sud kimyogarlari ashyoviy dalillar tarkibida morfin, narkotin alkaloidlaridan 
tashqari mekon kislotasini ham aniqlashlari talab qilinadi. Opiy tarkibida yana oqsil moddalar, 
karbon suvlar, tuzlar, organik kislotalar va mekonin bo‘lishi mumkin.
Tibbiyotda opiy quritilib, maydalangan kukuni, ekstrakti, spirtli eritmasi, tabletkasi holida 
qo‘llanilgan. SHuningdek quruq ekstrakti omnapon (pantopon) esa opiy alkaloidlari morfin, 
kodein o‘rnida qo‘llaniladi.
Opiy hamda opiy asosida olinadigan barcha dori vositalari narkotik ta’sirga ega va 
“morfinizm” xastaligini keltirib chiqaradi.
Opiy saqlovchi va undan ajratib olingan moddalar tibbiyotda turli og‘riqli oshqozon - ichak 
xastaliklari, xalokatga uchrash kabi noxush holatlarda og‘riq qoldiruvchi, shokka qarshi vosita 
sifatida qo‘llaniladi.
Opiy oshqozon-ichaklar orqali shimilib yoki parenteral yo‘l bilan qonga tushadi. Opiyni 
chekilsa o‘pka orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikmagan holda qonga so‘riladi. 
Morfin, kodein, narkotin va mekon kislotasini aniqlanishi tekshiriluvchi namunada opiy 
borligini isbotlaydi. Ammo mekon kislotasini aniqlash reaksiyasini sezgirligi kamligi hamda 
biologik ob’ektda tez parchalanishi sababli tekshiriluvchi na’munada kamida 0,05g opiy bo‘lsa 
aniqlanishi mumkin. SHuning uchun qo‘shimcha mekonin moddasini aniqlash tavsiya etiladi. 
Mekon kislotasini aniqlanishi toksikologik kimyo tahlillarida opiy va omnoponni farqlash uchun 
ham ahamiyatli. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish