12
Omnapon
Omnopon – tarkibi opiy tarkibidagi alkaloidlarni gidroxlorid tuzlari aralashmasidan iborat.
Uning tarkibi 50% morfin va 32-35% boshqa alkaloidlardan iborat bo‘lib, qizg‘ish-sariq
rangli
kukun. U suvda (1:15), etil spirtida (1:50) eriydi. Suvli eritmasini chayqatilsa kuchli ko‘piradi.
Omnapon tibbiyot maqsadlari uchun kukun va ampulalar holida ishlab chiqariladi. Ampuladagi 1
% eritmasi 6,7 mg morfin, 2,7
mg narkotin, 0,72 mg kodein, 0,36 mg papaverin va 0,05 mg
tebain saqlaydi.
Kimyo toksikologik tahlil natijasida biologik ob’ektda morfin, kodein
va narkotinlar borligi
aniqlansa omnapon bilan zaharlangan degan xulosaga kelinadi. Omnapon tarkibida mekon
kislotasi va mekonin bo‘lmaydi.
Morfin
Morfin - opiyning asosiy alkaloidi. Uni 1806 yilda ko‘knori
mevasidan ajratib olingan. Kimyoviy tuzilishi esa 1925
yilda
aniqlangan. Hozir morfinni sintezlab olish usuli ham ma’lum, lekin
ko‘knoridan olinadigan opiy hamon morfinning asosiy xom ashyosi
bo‘lib qolmoqda.
Bu alkaloidni uxlatuvchi ta’sirga ega ekanligi sababli “uyqu
xudosi” (Morfeya) nomi bilan bog‘lab “morfin” deb ataganlar.
Asos holidagi morfin mayda romb shaklidagi kristall kukundan iborat,
uning suyuqlanish
harorati 253-2540С. Morfin asosi sovuq suvda (1 : 5000), qaynoq suvda (1:500), efirda
(1:10600), benzolda (1 : 1600),
xloroformda esa, (1 : 1500) yomon eriydi. Sovuq spirta
(1:250), qaynoq suvda (1 : 30) bir oz yaxshi eriydi. Morfinning suvli eritmasi ishqoriy xossaga
ega, u kislotalar bilan oson eruvchi tuzlarni hosil qiladi. Ishqor eritmalarida ham morfin
yaxshi
eriydi, bunda morfolyat moddasi hosil bo‘ladi:
HO
O
N
HO
CH
3
NaO
O
N
HO
CH
3
-H
2
O
NaOH
+
Tibbiyotda uning quyidagi tuzlari ishlatiladi.
Morfin atsetati - spirtda (1:100), suvda (1:2,5) yaxshi eriydi.
Morfin gidroxloridi - etil spirtida (1:100), suvda (1:23) yaxshi eriydi.
Morfin sulfati - suvda yaxshi (1:21), etil spirtida (1:1000) kuchsiz eriydi.
Morfin tartarati - suvda (1:10), etil spirtida (1:1000) yomon eriydi.
Barcha tuzlari dietil efirida va xloroformda deyarli erimaydi.
Morfin alkaloidi oqsil moddalar bilan birikib, juda tez murakkab konyugatlar hosil qiladi.
Bu birikmalar nordonlashtirilgan spirt yoki nordonlashtirilgan suv usullari yordamida biologik
ob’ekt tarkibidan to‘liq suyuqlik qavatiga o‘tmaydi. Natijada sud kimyogari morfinning asosiy
qismini yo‘qotadi. Tahlil vaqtida morfinning ko‘p qismini yo‘qolishiga sabab birinchidan, uning
biologik ob’ektlar tarkibi bilan barqaror komplekslar hosil qilishi bo‘lsa,
ikkinchidan sud
kimyosida ishlatiladigan xloroform va efir kabi organik erituvchilarda yomon erishi bilan
izohlanadi.
HO
O
N
HO
CH
3