1-Mavzu;Muhandislik grafikasi faniga kirish.Faning maqsad va vazifasi.
Reja
Muhandislik grafikasi faniga kirish.
Faning maqsadi
Faning vazifasi.
Muhandislik grafikasi umumkasbiy fanlar qatoriga kirib Oliy ta’limning bir qator bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda muhim o‘rinni egallaydi.
Ushbu fanning maqsadi, talabalarga bilim va ko‘nikmalar berishdan tashqari, muhandis uchun zarur bo‘lgan texnik fikrlarni chizma yordamida bayon etishni va texnik buyumni ish prinsipi hamda konstruksiyasiga qarab tushunishni, geometrik loyihalash asoslarini, chizmalar tuzishni nazariy asoslari va texnik buyumlar hamda ularning chizmalarini o‘qishni o‘rgatadi.
Muhandislik grafikasi fanining vazifalari:
Nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekislik va sirtlarning tasvirlarini chizishning nazariy asoslarini;
Geometrik elementlar va jismlarning o‘zaro vaziyatlari, o‘zaro kesishuvi, haqiqiy kattaligini aniqlashga oid masalalarni yechishni;
To‘g‘ri burchakli va aksonometrik proeksiyalar yordamida oddiy buyumlarning tasvirlarini chizishni;
Oldindan qo‘yilgan shartlarga binoan buyumlarni tasvirlarini chizishda geometrik, proeksion va mashinasozlik chizmalari bo‘yicha mashq qilishni;
Yig‘uv birligi, umumiy ko‘rinish chizmalarini o‘qishda va bajarishda buyumning o‘ziga va chizmasiga qarab oddiy geometrik shakllarni ajrata bilishni;
Chizmalarni taxt qilishda Konstruktorlik Hujjatlarining Yagona Tizimiga (KHYaT) kiruvchi standartlarga asosan bajarilishini ta’minlashni o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi –“Muhandislik grafikasi” bo‘yicha fazoning markaziy va ortogonal proeksiyalashga asoslangan muayyan grafik modellarini hosil qilish usullarini mukammal egallash va bu grafik modellardan foydalanib, fazoviy obektlar hamda ularning munosabatlariga oid pozitsion va metrik masalalarni mustaqil yechishda yetarli darajada bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishdir. Talabalarni muhandislik va mutaxassislik fanlariga oid grafik axborotlarining, ya’ni geometrik obektlarning ikki va uch o‘lchamli tasvirlarini loyixalash, hamda texnologik jarayonlarning modellarini yaratish kabi ishlarni avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga yetarli darajada o‘rgatishdan iborat
Barcha murakkab jismlar nuqta, to‘g‘ri chiziq, tekislik singari oddiy geometrik elementlardan tashkil topgan. Shuning uchun muhandislik grafikasi fanining asosini sodda geometrik jismlarni proeksion xossalari tashkil etadi.Bu fanni chuqur o‘rganilishi keyinchalik fundamental muhandislik fanlarini va chizmalarni tayyorlashning avtomatlashtirilgan kompyuter grafikasi tizimlarini har tomonlama o‘zlashtirish imkonini yaratadi.Muhandislik grafikasi fani chizma geometriya (geometrik jismlarni tasvirlashning nazariy asoslari) hamda texnik chizmachilik (buyumlarning chizmalarini tayyorlash va uni o‘qish) fanlari elementlarini o‘z ichiga oladi.Muhandislik grafikasi bilan shug‘ullanish o‘quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |