66
Tvin – 61
Polioksietilen-(4)-
sorbitanmonostearat
9,6
2
Qattiq
Tvin – 80
Polioksietilen-(20)-
sorbitanmonooleat
15,0
6
Suyuq
Surtma – yumshoq dori turi bo‗lib, ular yuqori yopishqoqlik xususiyatiga ega bo‗lgan
suyuqlik bo‗lib, teriga, yaraga yoki shilliq qavatga qo‗yish uchun ishlatishga mo‗ljallangan.
Surtmalar xona haroratida o‗zining yopishqoq holatini saqlaydi va harorat oshirilganda oquvchan
suyuqlikka aylanadi. Surtmalar dispersologik tasniflanishi bo‗yicha erkin har tomonlama dispers
shaklsiz muloyim yoki mayin aralashma. Surtmalar tinik suyuqliklardan oquvchanligining yo‗qligi
bilan farqlanadi.
Surtma – asos va asosda bir xil tarqalgan biofaol moddadan iborat. Surtmalar tarkibiga –
turg‗unlashtiruvchilar, YUSM, konservantlar va boshqa yordamchi moddalar kiradi.
Surtmalarni qadimiy dori turiga kiritish mumkin, ular haqida Gippokrat, Galen hamda Ibn
Sino o‗z asarlarida to‗liq ma‘lumotlar berib o‗tgan. Surtmalar tibbiyotda turli sohalarda jumladan
dermotalogiya, otolorin gologiya,
jarohlik, ginekologiya va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda ularni alohida ichki a‘zolarga ta‘sir ettirib davolash, kasallikni oldini olish
va tashxis qo‗shish maqsadida ham ishlatilmoqda. Bundan tashqari turli farmakologik ta‘sirga ega
bo‗lgan guruhdagi moddalardan ham surtmalar tayyorlanmoqda. YUmshoq dori turlari
konsistensiyasi, qovushqoqligi va tarangligi bo‗yicha quyidagilarga bo‗linadi; surtma, pasta, krem,
gel va linimentlar.
Surtmalar quyidagicha tasniflanadi: ishlatilishi bo‗yicha, ta‘sir mexanizmi hamda dispers
muhiti bo‗yicha.
1.Ishlatilishi bo‗yicha – dermatologik, burun uchun, stomatologiyada ishlatish uchun, rektal,
vaginal va uretral surtmalarga bo‗linadi.
2. ta‘sir mexanizmi bo‗yicha ikki guruhga bo‗linadi.
a) maxalliy ta‘sir – terining epidermis yuqori qavatiga ta‘sir etadi masalan, dermatol, sink,
kseroform va xakozo.
b) rezorbtiv ta‘sirli – terining chuqurroq qismiga yoki shilliq qavat orqali qon aylanish
sistemasiga, limfaga o‗tib tanaga yoki tananing ma‘lum qismiga ta‘sir etadi. masalan, ―nitrong‖ va
hakozolar.
3.Dispers muhit (sistema) bo‗yicha gomogen va getrogen guruhlarga bo‗linadi.
Gomogen surtmalar – bularda dori modda asosda eritma holida tarqalgan bo‗lib, ular surtma
– qotishma, surtma eritma va ekstraksion surtmalar bo‗ladi. Getrogen surtmalarga suspenzion,
emulsion va aralash turdagi surtmalar kiradi. Suspenzion surtmalar: a) ikki fazali sistemalar, b)
uch va ko‗p fazali sistemalarga bo‗linsa, emulsion surtmalar esa: suv/yog‗ tipidagi emulsion
surtmalar, yog‗/suv tapidagi emulsion surtmalar kiradi.
Surtma dorini tayyorlashda ishlatilgan asosga qarab ular quyidagicha tasniflanadi: gidrofob
asosli surtmalar; gidrofil asosli surtmalar; emulsion (difil) — asosli surtmalar a) suv/yog‗ tipidagi
emulsion asosli surtmalar; b) yog‗/suv tipidagi emulsion asosli surtmalar.
Gomogen surtmalarga biofaol moddalarni asosda eritish bilan tayyorlangan yog‗li
surtmalar, hamda moddalarni surtma asoslari tarkibiga ekstraksiya yo‗li bilan kiritilgan surtma
turlari kiradi, Surtmalarning bu guruhi dori moddalar va surtma asoslari o‗rtasidagi oraliq
fazasining yo‗qligi bilan ifodalanadi. Biroq bunday surtmalarni to‗liq gomogen sistema deb qarash
xatolikka olib kelishi mumkin, chunki surtma asoslarning o‗zi turli xil mikro-va
ultramikrokristallik qo‗shimchalardan iborat bo‗lishi mumkin. Surtma suspenziyalar tarkibiga esa
suv hamda yog‗da erimaydigan biofaol moddalar kiradi. Ba‘zan suvda yaxshi eriydigan biofaol
moddalar
jumladan, rux sulfat,
rezorsin, simob dixlorid kabi moddalar
surtma tarkibiga suspenziya
yo‗li bilan kiritiladi, chunki, bunday moddalar suvda a eritib kiritilsa, teriga zararli ta‘sir
ko‗rsatadi. Ba‘zan biofaol moddani erishi uchun ko‗p miqdorda suv talab qilinganda (bor kislotasi
va natriy tetraborat) surtma tarkibiga suspenziya yo‗li bilan kiritiladi.Suspenzion surtmalar
tarkibida bitta va undan ortiq dori moddalar bo‗lishi mumkin, lekin ularning har biri o‗z oraliq
67
faza chegarasiga egadir. SHunday holatlarda suspenzion surtmalar bir, ikki va ko‗p fazali
sistemalarga bo‗linadi.
Emulsion surtmalar texnologiyasida tarkibiga suv, spirt, glitserin va ular aralashmasida
eruvchi dori moddalar kiritiladi. Bunday eritmalar moyli asos bilan aralashmasligi natijada hosil
bo‗lgan surtmalar emulsiya tipidagi surtmalar bo‗lib, undagi dispers muhit moyli asos
hisoblanadi.Emulsion surtmalar tarkibiga emulgatorlar kiritilganligi sababli, ular etarli darajada
yuqori dispers va turg‗un bo‗ladi. SHunday surtmalar ham borki, ular dispers muhitning yuqori
qovushqoqligi sababli turg‗undir. Bunday surtmalarda dispers faza yirik tomchilardan iborat
bo‗ladi.
Aralash surtma dorilar har xil dispers sistemalardan tashkil topgan bo‗ladi. Masalan eritma
va suspenziya yoki eritma,suspenziya va emulsiya muhitlardan iborat bo‗ladi.
Surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan asoslarga quyidagi talablar qo‗yiladi: tan narxi arzon,
yumshoq konsistensiya, biologik bezarar, neytral muxit, mikroorganizmga turg‗un, oson
yuviladigan, saqlash davomida turg‗un bo‗lishi lozim. Asoslar quyidagi guruhlarga bo‗linadi:
lipofil, gidrofill va lipofil – gidrofil asoslar.
Lipofil asoslarga – cho‗chqa yog‗i (Acleps suillus seu) – teriga yaxshi so‗riladi hamda oson
yuviladi. Turg‗unligi qisqa bo‗lganligi, hamda oziq – ovqat maxsulotiga kirganligi uchun hozirgi
vaqtda surtma uchun asos sifatida ishlatish bir muncha qisqarib ketgan.
O‗simlik yog‗lari – (Olea pinqua) kungaboqar yog‗i – Oleum Helianthi, shaftoli, o‗rik yog‗i
(Oleum Persicorum), bodom yog‗i (Oleum Amygdalarum) va boshqalar. Ular suyuq bo‗lganligi
uchun asosan linimentlar uchun asos sifatida ishlatilsa, surtmalar uchun asosga qo‗shimcha
yordamchi modda sifatida ishlatiladi.
Gidrogenizatsiya qilingan yog‗larni kelajagi porloq bo‗lib, ulardan salomas yoki gidrojir
(Adeps hydrogenisatus) – tozalangan o‗simlik moyini gidrogenizatsiya qilib olinadi.
Mumlarga asalari mumi hamda spermatset kiradi. lanolin – yuqori qovushqoq, kley sifat,
yoqimsiz hidga uglevodorodlarga – vazelin, petrolat, parafin,
vazelin moyi
Ozokerit – Serezin
Silikonli asoslar – esilon – aerosil asos esilon – 4 va esilon – 5 – poliorganosiloksanli
suyuqlik. Asos tarkibi 84 g esilon – 5 va 16 g aerosil. YUqori qovushqoqlik rangsiz gel, rN = 5 –
7,0 allergiya chaqirmaydi.
Gidrofil asoslarga:
Kraxmal –geli GF IX-7% kraxmal kleystrli, glitserin asosida metilselyuloza (MS), natriy
karboksi metilselyuloza ( NaKMS), jelatina geli – jelatina – glitserinli asos: 1 – 3 g jelatina, 10 –
30% glitserin 70 – 80% tozalangan suv.
Sintetik YUMB – ga – PEO; PEO – 400 ular turg‗un (t; C
0
namm)
rN muhit;
Noorganik birikmalarga – bentonitli asos 13 – 20% bentonit, 10% glіserin,suv 70 – 77%.
Kimyoviy turg‗un.
Lipofil – gidrofill asos. Bu asos suniy ravishda tayyorlangan aralashma bo‗lib lipofil va
gidrofil xossalarni namoyon etadi. ular absorbsionli surtma asosi suvsiz lipofil asos bilan
emulgator (PAV)ni birgalikdagi aralashmasi. Uning tarkibiga vazelin, vazelin moyi, serezin va
boshqa uglevodorodlarni emulgator bilan bo‗lgan aralashmasidan iborat. Ular asosan emulsion
tipidagi surtma tayyorlashda ishlatiladi.
Emulsion asoslar absorbsion asosdan tarkibida suv bo‗lishi bilan farqlanadi. Ular yog‗lar
suv yoki suvlar yog‗ bo‗lishi mumkin.
Kutumova asosi tarkibi: vazelin– 60g ;
emulgator T
2
– 10 g va suv– 30 g
Uning asosida kaliy yod, skipidar va oltingugurt surtmalari ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: