1 –Mavzu. Payvand konstruksiyalar turlari Reja



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana14.06.2022
Hajmi0,49 Mb.
#666717
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-Ma'ruza-1



1 –Mavzu. Payvand konstruksiyalar turlari
Reja: 
1.
Payvand konstruksiyalarini loyihalashning kelajakdagi
rivojlanishi.
2.
Payvand birikmalarni ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan 
materiallar.
3.
Mashina va asbobsizlik konstruksiyalarida qo‘llaniladigan
uglerodli, kamlegirlangan va yuqori legirlangan po‘latlar.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish sanoatida, ayniqsa metallga ishlov beruvchi 
korxonalarda payvandlash soxasi keng rivojlanib kelmoqda. 
Payvandlash texnikasi va texnologiyasi hozirgi ishlab chiqarishda yetakchi 
o`rinlardan birini egallaydi. Ulkan supertankerlarni korpusi va inson ko`zining to`r 
pardasi, yarim o`tkazgich asboblarning kichkina detallari va jarohlik 
operatsiyalarida odam suyaklari payvandlanadi. Hozirgi mashina inshoatlarning 
ko`pgina konstruksiyalarini masalan, kosmik reketalarni suv osti kemalarini, gaz va 
neft quvrlarini payvandlash yordamisiz tayyorlashning imkoni yo`q. Texnika 
taraqqiyoti ishlab chiqarish usullariga, jumladan payvandlash texnologiyasi tobora 
yangi talablar qo`ymoqda. Kecha yaqinda g`alati hisoblangan materiallar 
payvandlanmoqda. Bularga titan, noibiy berelliyli qotishmalar, molibden, volfram, 
o`ta mustahkam turli qotishmalar kiradi. Elektronikaning bir necha metr qalinlikdagi 
detallari va og`ir jixozlarning bir necha metr qalinlikdagi detallari payvandlanadi. 
Payvandlash ishlari bajariladigan sharoitlar doimo murakkablashib bormoqda: suv 
ostida, yuqori haroratda, yuqori vakuumda, radiatsiya oshgan sharoitda, 
vaznsizlikda payvandlashga to`g`ri keladi. Payvandlashda yig`ishdan keying 
ikkinchi texnologik jarayon bo`lib qolgani bejiz emas, buni kosmonavtlarimiz 
dunyoda birinchi bo`lib qosmosda sinab ko`rdilar.
Mehnat unumdorligini oshirish zaruriyati payvandlash ishlab chiqarishning 
mexonizatsiyalashtirish va avtomatlshtirish darajasini yuksaltirishga uning yangi 
mashinalar va agregatlari bilan jihozlanishiga olib keladi, bularsiz hozirgi kunda 


mahsulotlarning ko`pgina turlarini seriyalab ishlab chiqarishni tasavvur qilib 
bo`lmaydi. Bunga avtomobil zavodlaridagi avtomatik payvandlash liniyalari yaqqol 
misoldir. Payvandlash ishlab chiqarishiga robotlar faol joriy etilmoqda, bu esa 
detallarni payvandlash ishlarini payvandlovchi ishchining ishtirokisiz to`la 
avtomatlashtirishga imkon beradi. 
Ma`lumki xar qanday mashina va konstruksiyaga nisbatan turlicha talablar 
qo`yiladi. Konstruksiya quyilgan yukllar ta`siriga chidamli bo`lishi, ya`ni ishlatish 
davrining boshidan oxirigacha havf- hatarsiz ishlashi kerak.masalan:mustaxkam 
qilib qurilgan ko`prik ishlash davrida xaddan tashqari egilib ketmashi natijasida turli 
xil ko`ngilsiz xodisalar ro`y berishi mumkin. 
Konstruksiya va uning kismlarini ham mustaxkam, ham bikr ham ustuvor 
qilib tayyorlashning xar-hil yo`llari bor. Ulardan eng asosiysi konstruksiyalarning 
ko`ndalang kesmining o`lchamlarini kattalashtirishdir. Biroq xar qanday inshoatni 
kurish uchun mexnat xam, material ham eng kam sarf qilinishi lozim, binobarin
muxandislar tegishli xisoblarni kilishi natijasida turli xil variantlarni tuzib, ular
orasidan eng arzon va kam mexnat talab kilinuvchi yuqorida aytilgan uchta 
talabga mos konstruksiya ishlab chiqishi lozim bo`ladi. 
Payvand konstruksiyalarni yaratish haqidagi fan mashinalar, apparatlar, 
qurilish konstruksiyalari bosh sistemalari va tuzilishining to‘g‘ri loyihalanishini o‘z 
ichiga oladi, loyihalash esa o‘z navbatida mutaxassislar tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Payvand 
konstruksiyalarni 
loyihalashda 
progressiv 
texnikani 
ta’minlovchi tajribadan foydalanish, tipik konstruksiyalarni qo‘llash katta 
ahamiyatga ega. Payvand konstruksiyalarni yaratish birinchi o‘rinda metalni to‘g‘ri 
tanlanishini talab etadi, bu esa payvandlash jarayonlarini texnologiyaga mosligini va 
loyihalanayotgan konstruksiyaning metall sig‘imini ta’minlaydi. Bunday talablar 
har xil xossalarga ega materiallar: po‘lat, rangli metall, qotishma, keramika, polimer 
materiallardan foydalanishni taqozo etadi. 
Payvand birikmalarni loyihalashda payvandlanuvchi materiallarni texnologik 
mustahkamligini hisobga olish zarur: bular qatoriga payvandlashda darzlarga 
qarshilik, eksplutatsion mustahkamlik, o‘zgaruvchan yuklanishlarda kuchlanishlar 


to‘planishiga sezgirlik, qovushqoqlik, zarbga qarshilik kabi xossalar kiradi. Payvand 
konstruksiyalarni loyihalashda payvandlash texnologik jarayonlarini to‘g‘ri 
tayinlash, yoyli va kontaktli payvandlash bilan birga elektron nur, lazer, diffuziya, 
ultratovush yordamida payvandlash usullaridan keng foydalanish, loyihalanayotgan 
konstruksiyani sinash va nazorat qilishning golografik usullarini qo‘llash zarur 
hisoblanadi. Payvandlashning eng sodda usullari qadim zamonlardan ishlab 
chiqarishda qo‘llanilib kelingan. Metallarni biriktirish bronza asrida vujudga kelgan. 
Payvandlash usullari bu vaqt davomida juda sekin rivojlangan, shuning uchun 
payvandlash usullari va qo‘llaniladigan jihozlarning o‘zgarishini ko‘rish qiyin. 
1802-yilda rus olimi akademik 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish