O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy-pedagogika fakulteti 3-sonli ichki kasalliklar kafedrasi



Download 2,08 Mb.
bet2/18
Sana23.06.2017
Hajmi2,08 Mb.
#13555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18



Amaliy mashg‘ulot №1

Mavzu: “Dispepsiya (kuyishish, ko‘ngil aynish, qusish). O‘t yo‘llari diskineziiyasi va xolesistit taqqoslama tashhisi. UASh taktikasi. Maxsus bo‘limga yoki tor mutaxassisga yuborishga ko‘rsatma. QVP yoki OP sharoitida davolash mezonlari, kuzatish, nazorat va reabilitatsiya. Mavzuni o‘qitish mezonlari”
O‘qitish texnologiyasi

Mashg‘ulot vaqti: 6,4 soat

O‘quv mashg‘uloti tuzilishi.

- Poliklinikaning o‘quv mashg‘ulot xonasi.

- Poliklinikada UASh xonasi.


O‘quv mashg‘ulot maqsadi:

“UASh kvalifikatsion xarakteristikasi” bo‘yicha ko‘rib chiqilgan talablarga ko‘ra sog‘liqni saqlashni birlamchi zvenosida bemorni olib borishga, Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklarda optimal variantlarda davolashni olib borishga, tashhis va qiyosiy tashhislashga UAShni o‘rgatish.



O‘qituvchi vazifalar:

  1. Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklar tashhisi savollarini ko‘rib chiqish.

  2. Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklar bor bemorlarni namoyish qilish.

  3. Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklarda klinik, laborator instrumental tekshiruvlarni muhokama qilish.
  4. Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklarda qiyosiy tashhis o‘tkazish.


  5. UASh kvalifikatsion xarakteristikasi doirasida dispepsiyaga bog‘liq uslublar savollarni muhokama qilish.

  6. Davolash prinsiplari (nomedikamentoz va medikamentoz).

  7. QVP va OP sharoitlarida Dispepsiya bilan kechuvchi kasalligi bor bemorlarda dispanser kuzatuvi va monitoring o‘tkazish usullari.

  8. Dispepsiya bilan kechadigan kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktika prinsiplari.




O‘quv jarayoni natijalari:

UASh bilishi kerak:

  1. Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklar kelib chiqishining sabablari va mexanizmlari.

  2. Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklarning klinik kechishi.

  3. Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklarning tashhisi.

  4. Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklarningning qiyosiy tashhisi.

5. Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklarningda qo‘llaniladigan medikamentoz preparatlar, ularning farmakodinamikasi va dozirovkasi.

6. QVP va OP sharoitlarida dispepsiya bilan kechuvchi kasalligi bor bemorlarda dispanser kuzatuvi va monitoring o‘tkazish usullari.

7. Dispepsiya bilan kechadigan kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktika prinsiplari

UASh bajara olishi kerak:


  1. Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklar tashhisida shikoyat va anamnez ma’lumotlarini tahlil qilish.

2. Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklar turli ko‘rinishlarini laborator instrumental va klinikasi bo‘yicha tashhislash va qiyosiy tashhislash.

3.Aniqlangan Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklarda davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash.

4. Isbotlangan effektiv preparatlarni tanlash.

5.Davolashning nomedikamentoz usullarini konsultatsiyalash.

6.QVP va OP sharoitlarida monitoring o‘tkazish.




O‘qitish usullari

“Stol o‘rtasida ruchka”usuli; grafik organayzer – baliq skeleti

O‘quv jarayonini tashkillashtirish shakllari

Yakka tartibda ishlash, kichik guruhlarda ishlash, jamoada ishlash

O‘qitish vositalari

O‘quv qo‘llanmalari, o‘quv materiallari, bemorlar EKGsi, slaydlar, video i audio yozuvlar, kasallik tarixlari

Qayta bog‘lanish vositalari va imkoniyatlari

Blis-so‘rov, testlashtirish, prezentatsiya o‘quv vazifalarini bajarish natijalari, tibbiyot varaqalarini to‘ldirish, «mutaxassislik so‘rovi»amaliy ko‘nikmasini bajarish.



Mashg‘ulotning texnologik xaritasi

Mavzu: “Dispepsiya (kuyishish,ko‘ngil aynish , qusish). O‘t yo‘llari diskineziiyasi va xolesistit differensil tashhisi.UASh taktika Maxsus bo‘limga yoki tor mutaxassisgayuborishga ko‘rsatma. QVP yoki OP sharoitida davolash prinsiplari , kuzatish, nazorat va reabilitatsiya. Mavzuni o‘qitish prinsiplari ”




Amaliy mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakllari

O‘tkazish joyi

Mashg‘ulot davomiyligi

225

1

Kirish qismi(mavzu bilan tanishish)




10

2

Yangi pedagogik texnologiya qo‘llagan holda amaliy mashg‘ulotlar mavzularini muhokama qilish (“Stol o‘rtasida ruchka”metodi) shuningdek demonstratsion materiallar (tibbiyot kartalari komplektlari, jadvallar, plakatlar, rentgenogrammalar), natijaviy darajalarni aniqlash.

So‘rov, muhokama

O‘quv xonalari, UASh kabinetlari.

40

3

Muhokama xulosasi.




10

4

Amaliyot bosqichini bajarish uchun vazifani aniqlash- mutaxassislik so‘rovi. Tibbiyot varaqalarini to‘ldirishda berilgan vazifalarni bajarish uchun tushuntirish va tavsiyalar

Muhokama

UASh xonasi

20

5

.

O‘qituvchi kuzatuvi ostida amaliy qismni olib borish.



Mutaxassis.So‘rov,Tibbiyot varaqalarini to‘ldirish va bemorlar bilan suhbat, vaziyatli masalalar.

Bemorlarni poliklinikada qabul qilish va uydagi ko‘rik.

20

6

Bemorlarni tekshiruv taxlilsi- shikoyatlar, ko‘zdan kechirish,bemorlar palpatsiya, perkussiya, auskultatsiyasi, UQT,USA va bioximik analiz tekshiruvi va tashhis qo‘yish.

Kasallik tarixlari,

Vaziyatli masalalarning laborator ma’lumotlari.




25

7

Talabalarni nazariy,amaliy bilimlarini muhokama qilish,materialni mustahkamlash,bilimlarni baholash darajalarini aniqlash



Oraliq nazorat, testlar, muhokama, amaliy ko‘nikmalar.

Poliklinika o‘quv xonasi.

75

8

Amaliy mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha xulosa chiqarish,100 balli sistema asosida baholarni e’lon qilish.Keyingi mashg‘ulot uy vazifasi.(nazorat savollari)

Mustaqil ish bo‘yicha savollar va ma’lumot berish. Poliklinika o‘quv xonasi.

25


2. Motivatsiya

Disfagiyaga shikoyati bor bemorlar tibbiy yordamga murojaat etadilar Bu sharoitda UASh e’tibori turli kasalliklar bilan kechadigan,QVP va OP sharoitlarida tibbiy yordam ko‘rsatish va maxsus statsionarlarga yuborishga ko‘rsatma bo‘ladigan shikoyatlar tashhisiga qaratiladi. Ushbu xolatlar UASh tayyorlash programmasiga berilgan tematikani asosi hisoblanadi



3.Fanlararo va fanlar ichidagi bog‘liqlik.

Ushbu mavzuni o‘qitishda talabalarning Anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya bilan, Biologiya, Normal fiziologiya, Bioximiya,. Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Propedevtika ichki kasalliklar , Tuberkulez,. Onkologiya, Rentgenologiya va tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya fanlari asosidagi bazis bilimlariga tayanadilar.



4.Nazariy qism.

Mavzuni muhokama qilishda quyidagi momentlarga ahamiyat beriladi.

Qizilo‘ngachning funksional va organik kasalliklarining bosh simptomi disfagiya bo‘lib,u yutishning uch bosqichidan,og‘iz bo‘shlig‘i- yutishning erkin qismi,hiqildoq-,hiqildoq,halqum mushaklari ishtirokida yuzaga keladigan yutish refleksiga bog‘liq ,qizilo‘ngach-uning pastki yoki o‘rta qismidan o‘tishi bilan bog‘liq birortasining buzilishi natijasida yuzaga keladi.

Disfagiya funksional va organik turlarga bo‘linadi. Funksional disfagiyalarga kiradi : psixogen, isterik, stvolli insultlarda, botulizm va kardiospazm Yutishning funksional bUTTlish shakllari asosida qizilo‘ngach diskineziyasi yotadi.



Qizilo‘ngach diskineziyasi -uning peristaltikasi buzilishi bilan bog‘liq funksional holat.Birlamchi ezofagospazm-qizilo‘ngach faoliyati kortikal boshqarilishining buzilishi va Ikkilamchi ezofagospazm-reflektor,ezofagit,yara kasalligi va umumiy tutqanoq sindromi bilan kuzatiladigan turlari farqlanadi. Ezofagospazmning klinik ko‘rinishi disfagiya va to‘sh ortidagi og‘riq koronar yetishmovchilikni eslatadi. Disfagiya doimiy bo‘lmagan xarakterga ega bo‘lib , ba’zan paradoksal shakl oladi: suyuqlik ichganda yuzaga kelib qattiq va kashitsasimon ovqat qabul qilganda yo‘qoladi. Diagnoz qizilo‘ngachni rentgenologik tekshiruvida qo‘yilib,bariy aralashmasini ichganda qizilo‘ngachning turli spastik deformatsiyalari aniqlanadi: shtopor, chetkasimon, soxta divertikul shaklida. Davolash sedativ, spazmolitik va xolinolitik vositalar bilan olib boriladi Ikkilamchi ezofagospazmda asosiy kasallik davolanadi.

Psixogen, isterik disfagiyalar nevrozlarda kuzatiladi, 20-40 yoshli ayollarda ko‘p uchraydi. Disfagiya xavotir bilan kechadigan nevroz bilan kuzatilishi mumkin (xavotirli xolat sindromi ). Kasallikning ob’ektiv ko‘rinishiga mushaklar tonusining oshishi, psixogen bosh og‘riqlar , tremor, muskullar titrashi ,qaltirash xavotir,tez charchash kiradi.

Disfagiya stvolli insultlarda uchrab, oyoq qo‘l uchlari parezi, tez tez yutishning buzilishi, miyacha simptomlari (kuchli bosh og‘riqlari) nistagm, muskul gipotoniya yoki atoniyasi , skandirlangan yoki dizartrik nutq bilan birga uchrashi mumkin. Ushbu simptomlar stvolli insultlarda uzunchoq miyada paydo bo‘ladigan lateral sindromlarga kiradi.

Botulizmda disfagiya yomon sifatli konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilganda kelib chiqadi. Shu sababli shifokor hushyorligi kasallikning o‘z vaqtidagi tashhisiga ya’ni infeksion ko‘rinishda kechadigan qayt qilishlar,parezlar va bu kasallikning boshqa simptomlariga qaratilishi kerak.

Kardiospazmda (sinonimlari: kardiya axalaziyasi, xiatospazm, megaezofagus,qizilo‘ngachning idiopatik kengayishi )yutish aktining buzilishi kasallikning kechishining asosiy simptomi hisoblanadi. Kasallik 20 dan 40 yoshgacha kuzatilib erkaklar va ayollarda uchrashi bir xil. Asosiy simptomlari disfagiya,to‘sh ortidagi og‘riq, va regurgitatsiya. Disfagiya boshida epizodik,keyinchalik har ovqat qabul qilganda,ayniqsa qattiq va yomon chaynalgan ovqatni yutganda kuchli namoyon bo‘ladi. To‘sh ortidagi og‘riq kriz shaklida kechib,ko‘pincha tunda namoyon bo‘ladi. Qizilo‘ngach axalaziyasida qizilo‘ngachda ko‘p miqdorda to‘planib qolgan ovqat massalarini qayt qilish kuzatiladi (so‘lak,shilliq ,ovqat qoldiqlar) ,bu egilganda vaqizilo‘ngach to‘lganda bo‘ladi. Regurgitatsiya tunda bo‘ladi (simptom "nam yostiq"). Kasallik asoratlariga : qaytalangan pnevmoniya va surunkali bronxit qayt qilingan massalar aspiratsiyasi hisobiga,shuningdek surunkali ezofagit,qizilo‘ngach divertikullari kiradi. Diagnoz rentgenologik va endoskopik tekshiruvlar asosida qo‘yiladi.

Ayniqsa ezofagit bilan keluvchi diafragmaning qizilo‘ngach churralariga alohida to‘xtalish lozim. Aksial sirpanuvchi qizilo‘ngach oshqozon churralari va paraezofageal tip churralari farqlanadi. Ularning kelib chiqishiga qizilo‘ngachning qisqarib qolishiga sabab bo‘ladigan tug‘ma yoki orttirilgan patologiya Barret qizilo‘ngachi sabab bo‘ladi. Tashhis bemorning vertikal va gorizontal yotgan xolatidagi qizilo‘ngachning rentgenologik tekshiruvi asosida qo‘yiladi. Asosan refluks ezofagitnin konservativ simptomatik davosi o‘tkaziladi. Effekt bo‘lmaganda yoki asoratlar qo‘shilganda diafragma qizilo‘ngach teshigi churralariga jarroxlik amaliyoti o‘tkaziladi.



Ezofagit – qizilo‘ngach yallig‘lanishi. O‘tkir,o‘tkir osti va surunkali ezofagitlar farqlanadi. O‘tkir ezofagitlar shilliq qavatning issiq ovqat vasuyuqliklar,kimyoviy moddalar bilan ta’sirlanishidan kelib chiqib,o‘tkir yuqumli kasalliklarda kuzatiladi (skarlatina, difteriya, sepsis) O‘tkir osti va surunkali ezofagitning eng ko‘p sababi aktiv oshqozon va ichak sokining qizilo‘ngach kardial jomi yetishmovchiligi tufayli qizilo‘ngachga refluksi hisoblanib - bu refluks-ezofagit deyiladi vadiafragma qizilo‘ngach teshigi aksial churralarida kuzatiladi. Refluks-ezofagit uchun asosiy simptom tana egilganda yoki gorizontal holda kuchayadigan kuyishish va qayt qilishdir.Tashhisda ishonchli metod ezofagoskopiya bo‘lib, ezofagit va uning tarqalishi va xarakterini aniqlab beradi.

Qizilo‘ngach churralari. Qizilo‘ngachning yaxshi sifatli o‘smalari kam uchraydi. Yomon sifatli o‘smalardan qizilo‘ngachda rak ko‘p uchrab,asosan 40 yoshdan oshgan erkaklar kasallanadi (ayollar 3 marta kam zararlanadi ) Kasallikning birinchi simptomlaridan biri disfagiya. Ba’zan disfagiyaning paydo bo‘lishi yutishda(ayniqsa qattiq ovqat)ko‘krakda og‘riq ,ovqatning zararlangan sohadan o‘tayotganda og‘riq,to‘sh ortida "tirnalish",qizilo‘ngachda yot tana sezgisi bilan birga kechadi. Disfagiyaning o‘tuvchi xarakteri rakni inkor etmaydi. O‘smaning o‘sishda davom etishida ko‘krakda, orqada, to‘sh ortida to‘mtoq og‘riqlar, kuchayuvchi stenokardiya,yo‘tal xurujlari,ovozning bo‘g‘ilishi,hansirash shuningdek rak kasalligi simptomlari-xolsizlik,tez charchash,ishtaha pasayishi yuzaga keladi. Tashhis sanab o‘tilgan klinik simptomlar,rentgenologik tekshiruvlar va biopsiya maqsadli ezofagoskopiya asosida qo‘yiladi. Qizilo‘ngach rakida xirurgik va kombinirlangan davo o‘tkaziladi. Jarrohlik imkoni bo‘lmaganda nur va paliativ terapiya o‘tkaziladi.

Sistemali sklerodermiyada qizilo‘ngachning shikastlanishi qator bemorlarda ovqatning qi zilo‘ngachdan o‘tishining buzilishi va og‘riq,quruq ovqatning suv bilan ichishning imkoni yo‘qligi bilan kuzatiladi. . Rentgenologik tekshiruvda qizilo‘ngachning distal bo‘limi motorikasining buzilishi va kardiya yetishmovchiligi, ovqatning qizilo‘ngachga regurgitatsiyasi, ayniqsa yotgan holatda, refluks-ezofagit. Ayniqsa surunkali ezofagit rivojlanishi xavfli hisoblanib qizilo‘ngach pastki bo‘limlari torayishiga va yaqqol disfagiyaga olib kelib, rentgenologik o‘zgarishlar qizilo‘ngach shikastlanishi klinik belgilari bo‘lmagan bemorlarda ham kuzatilishi mumkin.

Dermatomiozit bilan kasallangan bemorlarning yarmida ovqat hazm qilish a’zolari patologiyasi uchraydi. Dermatomiozitda yutishning buzilishi qizilo‘ngachning yuqori uchdan biri gipotoniyasi bilan bog‘liq. Bu qizilo‘ngach muskullari shikastlanishidandir. Bundan so‘ng og‘iz va qizilo‘ngach shilliq qavati nekrozga uchrab shish va gemorragiya rivojlanishi mumkin.

Qizilo‘ngach strikturarlarda va stenozida ham disfagiya simptomi kuzatiladi. Disfagiya stenoz darajasiga bog‘liq, to‘sh ortida yoqimsiz sezgidan tortib,ovqat va suvni qabul qila olmaslikkacha.Og‘ir darajali stenozi bor bemorlarda ovqat va suv qizilo‘ngachga tushmay.nafas yo‘llariga tushib, laringospazm, bo‘g‘ilish va qiynovchi yo‘tal xurujini chaqiradi. Qizilo‘ngach distal bo‘limlari uzoq torayishlarida suprastenotik kengayish kuzatiladi. Qizilo‘ngach stenozida tashhis rentgenologik tekshiruv va ezofagoskopiya asosida qo‘yiladiYaxshi sifatli stenozlarni asosiy davolash usuli bujlashdir. Bujlash natijasiz bo‘lsa jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Og‘ir darajadagi ozish jarrohlikka qarshi ko‘rsatma bo‘lsa gastrostoma qo‘yiladi.

Qizilo‘ngach divertikullari ham disfagiyaga sabab bo‘ladi Divertikulning katta o‘lchamlarida unga ovqat yig‘ilib qizilo‘ngachni bosadi va avval qattiq so‘ng suyuq ovqatning xam o‘tishini qiyinlashtiradi. Ovqatlanishdan so‘ng spontan regurgitatsiya boshlanib divertikul qopidan yaxshi hazm bo‘lmagan ovqat va shilliq ajraladi. Divertikul tashhisi faqat kontrast rentgenologik tekshiruvda va ezofagoskopiyada aniqlanadi. Ba’zan bo‘yin ko‘rigi va palpatsiyasida faringoezofagal ( bo‘yin) divertikullari aniqlanib qolinadi.Jarroxlik aralashuviga qarshi ko‘rsatma bo‘lganda, davolash divertikulda ovqat turib qolmasligi profilaktikasiga qaratiladi.



Sideropenik disfagiya- organizmda temir yetishmasligida kuzatilib, oshqozon axiliyasi va temir tanqislik anemiyasi bilan birga kechadi. Disfagiya bilan boshlanib,vaqt o‘tgan sari doimiyga aylanib boradi va qizilo‘ngach yo‘li bo‘ylab noxushlik seziladi. Ko‘rganda teri, soch, tirnoqlarning trofik o‘zgarishlari,teri va shilliq qavatlarning rangparligi, atrofik glossit, faringit va anemiya belgilari aniqlanadi. Endoskopiyada atrofik ezofagit va gastrit topiladi. Qator hollarda qizilo‘ngachning boshlang‘ich kesimida yupqa biriktiruvchi to‘qimali membrana aniqlanadi. Rentgenologik tekshiruvda odatda o‘zkarish kuzatilmydi. Davolash :temir preparatlari buyuriladi,qo‘shimcha - vitamin guruhi V.

Disfagiya qizilo‘ngachning qalqonsimon bez giperplaziyasi,ko‘ks oralig‘i absesslari va o‘smalari,perikarditlar,aorta anevrizmasi va ekssudativ plevrit hisobiga bosilishi hisobiga ham kelib chiqishi mumkin. Yutishning buzilishi qizilo‘ngachdagi yot jism natijasida kuzatilishi mumkin.


Talabalarning tayyorgarlik darajasini ”Stol o‘rtasidagi ruchka” usulida aniqlash.

Usul maqsadi: mavzuni muhokama qilish jarayoniga barcha talabalarni bir vaqtda jalb qilib,bilimlarini ob’ektiv baholash.

O‘yin mazmuni: Vazifa butun guruhga beriladi,har bir talaba o‘z javob variantini varaqqa yozadi va qo‘shnisiga berib o‘z ruchkasini stol o‘rtasiga qo‘yadi. Bu javob tinglangandan so‘ng javobni to‘ldirmaslik uchun. Bunda guruhning barcha vakillarining bilimi bir vaqtda baholanadi. Usulning kamchiligi javob berayotgan talaba avvalgi talabaning javobini ko‘radi.

Misol:Disfagiya rivojlanish sabablarini sanash.

Har bir talaba quyidagi javoblarni bittadan yozishi kerak:

Funksional va organik, psixogen, isterik, stvolli insultlardan so‘ng, botulizmda, kardiospazm, diafragmaningqizilo‘ngach teshigi churralari, Baretta qizilo‘ngachida, qizilo‘ngach o‘smalarida, ezofagitlarda, qizilo‘ngach strikturalarida, qizilo‘ngach divertikulida.

Pedagog butun guruhning ishini va har birining qatnashishini nazorat qilib, javoblar natijasini hisoblaydi. Talabalar yakuniy javoblarini o‘z daftarlariga yozib qo‘yishadi.



Baholash mezonlari


Maksimal ball 20-19

18-17 ball

16-15 ball

14-13 ball

12 ball

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon


100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va past


4.1 Analitik qism

Vaziyatli masala:

1.Bemor 19 yosh UASh ga qattiq ovqatdan so‘ng to‘sh ortidagi davomiyligi 10-15 daqiqa, ba’zan bir necha soatgacha davom etadigan, erinit qabul qilganda o‘tadigan,yutishning buzilishi va xanjarsimon o‘siq proeksiyasidagi qizilo‘ngach o‘tuvchanligini buzilishi ,hayajonlanganda yurak urib ketishi, regurgitatsiya (yeyilgan ovqat bilan qayt qilish), ko‘picha tunda (bemor so‘ziga ko‘ra ertalab yostig‘i ho‘l bo‘ladi), haddan ortiq ko‘p so‘lak ajralishiga shikoyat qiladi. Ob’ektiv:Umumiy ahvoli qoniqarli,teri qoplamlari rangpar,quruq. Ishtaxa pasaygan. O‘pkada vezikulyar nafas Yurak. Tonlari aniq, ritmik. Puls 92 ta 1 daqiqada. AB 100/70 mm .sim.ust.To‘shning xanjarsimon o‘sig‘i soxasi auskultativ eshitilganda bo‘g‘iq,bulqillovchi tovush, suv ichgandan 1,5-2 daqiqa o‘tgach,yutishning auskultativ vaqti uzayishi kuzatiladi. Tili nam.Qorin yumshoq,og‘riqsiz. Peshob va axlat ajralishi mustaqil. Umumiy qon taxlili, EKG o‘zgarishlarsiz.


1.Quyidagi simptomlar kuzatiladigan uchtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanang;

2.O‘zingiz taxmin qilgan ishonchli taxminiy tashxisni ko‘rsating;

3. Sizning tashxisingizni isbotlovchi qo‘shimcha tekshiruvlar;

4. Tashxis qo‘yishni hal qiluvchi tekshirish usulini ko‘rsating;

5. Davolashda UASh taktikasi ;

Javobga misollar:

1.Kardiya axalaziyasi , kardiospazm, ezofagit, stenkarditik og‘riqlar, ko‘ks oralig‘i o‘smalari.

2.Kardiospazm(kardiya axalaziyasi)

3.Bariyli qizilo‘ngach rentgenoskopiyasi, EGFDS

4.Qizilo‘ngach rentgenografiyasi, biopsiya

5 Gastroenterolog konsultatsiyasi, natija bo‘lmaganda bo‘limga gospitalizatsiya. Davolash: spazmolitiklar-noshpa, platifillin g-t, tinchlantiruvchi terapiya.


2.Bemor 52 yosh UASh ko‘rigida to‘sh ortida va epigastriyda(ayniqsa yo‘taldan va fizik zo‘riqishdan so‘ng) og‘riq,kuyishish (ayniqsa tana egilganda va yotganda ),havo va yeyilgan ovqat bilan kekirish ,davriy xurujli xiqichoq,tez to‘yish hissi ,ba’zan qon aralash qusish,tunda ovqat qayt qilishlarga (simptom "ho‘l yostiq")shikoyat qiladi. Ob’ektiv: umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli.Terisi rangpar.Yurak,o‘pka va boshqa ichki a’zolar o‘zgarishsiz.

UQT: gipoxrom anemiya.

EKG: o‘zgarishsiz.

1.Quyidagi simptomlar kuzatiladigan uchtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanang;

2.O‘zingiz taxmin qilgan ishonchli taxminiy tashxisni ko‘rsating;

3. Sizning tashxisingizni isbotlovchi qo‘shimcha tekshiruvlar;

4. Tashxis qo‘yishni hal qiluvchi tekshirish usulini ko‘rsating;

5. Davolash ;

6.Davolashda UASh taktikasi;

3. Bemor 22 yosh,talaba,UAShga to‘sh ortida va xanjarsimon o‘siq sohasida kuyishish hissi,qizilo‘ngachdan ovqat o‘tishida qirilish va kuyishish,yutishning buzilishi,tana egilganda va gorizontal holatda ba’zan ovqat yoki achchiq va sho‘r suyuqlik bilan qayt qilishga shikoyat qildi.

Rentgenoskopiyada kontrast moddaning oshqozondan qizilo‘ngachga o‘tayotgani aniqlandi.

UQT,USA va EKGo‘zgarishsiz.

1.Quyidagi simptomlar kuzatiladigan uchtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanang;

2.O‘zingiz taxmin qilgan ishonchli taxminiy tashxisni ko‘rsating;

3. Sizning tashxisingizni isbotlovchi qo‘shimcha tekshiruvlar;

4. Tashxis qo‘yishni hal qiluvchi tekshirish usulini ko‘rsating;

5. Davolash ;

6.Davolashda UASh taktikasi;

4. Bemor 34 yosh UASh ko‘rigida yutishning buzilishiga,to‘sh ortida kuyishish hissi,qo‘llarn ing muzlashi ayniqsa sovuqda barmoq bo‘g‘imlarida og‘riq,hansirash,kuchsiz yo‘tal,og‘izni ochishga qiynalish,umumiy holsizlikka shikoyat qiladi. Ob’ektiv: Umumiy holati o‘rta og‘ir.Es hushi aniq.Holati aktiv.Teri qoplamlari zich, yaltiroq, yelka va qo‘llarda burmaga olinmaydi.O‘pkada quruq tarqoq xirillashlar.Yurak tonlari bo‘g‘iq, ritmik. Puls 104 1 daqiqada. AB 120/80 mm sim.ust. Qorin yumshoq, epigastral sohada kuchsiz og‘riq. Jigar va talog‘ kattalashmagan.Axlat va peshob ajralishi mustaqil.

UQT: Nv - 92 g/l, leykotsit - 3,6 x 10 /l, EChT- 28 mm/soat.

1.Quyidagi simptomlar kuzatiladigan 4tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanang;

2.O‘zingiz taxmin qilgan ishonchli taxminiy tashxisni ko‘rsating;

3. Sizning tashxisingizni isbotlovchi qo‘shimcha tekshiruvlar;

4. Tashxis qo‘yishni hal qiluvchi tekshirish usulini ko‘rsating;

5. Davolash ;

6.Davolashda UASh taktikasi

__________________________________________________________________
5. Bemor 67 yosh, UASh ko‘rigida to‘sh ortida bosilish hissi, ba’zan yarim tunda, yutishning buzilishiga, havo bilan kekirish, ovqatni qayt qilish, qusish, so‘lak ajralishi, ishtaha yo‘qligi,ovoz xirillashiga shikoyat qiladi. Ob’ektiv: bemor ozg‘in. Es hushi aniq.Teri qoplamlari kulrang yer rangida. Palpatsiyada bo‘yin limfa tugunlari kattalashgan. O‘pkada vezikulyar nafas.Yurak tonlari bo‘g‘iq, ritmik. Puls ritmik, 100 ta1 daqiqada. AB 150/70 mm sim.ust.Til oq karash bilan qoplangan. Qorin yumshoq,og‘riqsiz. Jigar va talog‘ kattalashmagan.Axlati qabziyatga moyil. Siydik ajralishi mustaqil.

UQT: yaqqol anemiya, EChT- 36 mm/soat.

1.Quyidagi simptomlar kuzatiladigan uchtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanang;

2.O‘zingiz taxmin qilgan ishonchli taxminiy tashxisni ko‘rsating;

3. Sizning tashxisingizni isbotlovchi qo‘shimcha tekshiruvlar;

4. Tashxis qo‘yishni hal qiluvchi tekshirish usulini ko‘rsating;

5. Davolash ;

6.Davolashda UASh taktikasi;

_________________________________________________________________
6. Bemor 25 yosh UAShko‘ rigida to‘sh ortida yutish bilan bog‘liq og‘riq ,qizilo‘ngachda quruq va yomon chaynalgan ovqatning turib qolishi,kekirish, tana egilganda ovqat qayt qilish. Disfagiya doimiy xarakterda emas,suyuq ovqatda paydo bo‘lib,qattiq ovqatda yo‘qoladi inogda. Ob’ektiv:ichki a’zolar patologik o‘zgarishsiz.UQT vaUSA o‘zgarishsiz.

1.Quyidagi simptomlar kuzatiladigan uchtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanang;

2.O‘zingiz taxmin qilgan ishonchli taxminiy tashxisni ko‘rsating;

3. Sizning tashxisingizni isbotlovchi qo‘shimcha tekshiruvlar;

4. Tashxis qo‘yishni hal qiluvchi tekshirish usulini ko‘rsating;

5. Davolash ;

6.Davolashda UASh taktikasi;

__________________________________________________________________


7. Bemor 37 yosh UASh ko‘rigida to‘sh ortida va epigastriyda ovqat payti yoki darhol undan so‘ng,ba’zan yotganda kuchayadigan ,davomiyligi bir necha daqiqadan bir necha soatlargacha bo‘lgan og‘riqqa, shikoyat qiladi. Disfagiya, kuyishish, kekirish, tana egilganda va gorizontal holatda kuchayadigan oshqozon nordon saqlamasi bilan qayt qilish.Ba’zan qon quyqali qusish kuzatiladi. Rentgenogrammada ”tokcha” simptomi.Boshqa ichki a’zolar patologik o‘zgarishsiz.

1.Quyidagi simptomlar kuzatiladigan 4tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanang;

2.O‘zingiz taxmin qilgan ishonchli taxminiy tashxisni ko‘rsating;

3. Sizning tashxisingizni isbotlovchi qo‘shimcha tekshiruvlar;

4. Tashxis qo‘yishni hal qiluvchi tekshirish usulini ko‘rsating;

5. Davolash ;

6.Davolashda UASh taktikasi
8. Bemor 84 yosh UAShko‘ rigida to‘sh ortida bosilish hissi,ba’zan yarim tunda, yutishning buzilishiga, havo bilan kekirish,ovqatni qayt qilish,qusish,so‘lak ajralishi ,ishtaha yo‘qligi ,go‘sht iste’mol qila olmaslikka shikoyat qiladi. Ob’ektiv: bemor ozg‘in. Es hushi aniq.Teri qoplamlari kulrang yer rangida Palpatsiyada bo‘yin limfa tugunlari kattalashgan. O‘pkada vezikulyar nafas.Yurak tonlari bo‘g‘iq, ritmik. Puls ritmik, 100 ta1 daqiqada. AB 130/70 mm sim.ust.Til oq karash bilan qoplangan. Qorin yumshoq,og‘riqsiz. Jigar kattalashgan,zichlashgan,g‘adir budir.Taloq paypaslanmaydi,Axlat kelishi qabziyatga moyil. Siydik ajralishi mustaqil.

UQT:yaqqol anemiya, EChT- 56 mm/soat.

1.Quyidagi simptomlar kuzatiladigan beshtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanang;

2.O‘zingiz taxmin qilgan ishonchli taxminiy tashxisni ko‘rsating;

3. Sizning tashxisingizni isbotlovchi qo‘shimcha tekshiruvlar;

4. Tashxis qo‘yishni hal qiluvchi tekshirish usulini ko‘rsating;

5. Davolash ;

6.Davolashda UASh taktikasi;

__________________________________________________________________
9. Bemor R., 36 yosh,yuk tashuvchi UASh ko‘rigiga tez tez zarda qaynashi va doimiy choy sodasi iste’mol qilishiga shikoyat qilib keldi.Keyingi kunlarda yuk ko‘targanda va oldinga egilganda xanjarsimon o‘siqda og‘riq paydo bo‘lgan. Anamnezda ovqat hazm qilish sistemasida kasallik yo‘q. Ob’ektiv: bemor vazni normal,teri va shilliq qavatlari odatdagi rangda, toza. O‘pkada vezikulyar nafas.Yurak tonlari aniq, ritmik. Puls ritmik, 70 ta1 daqiqada. AB 120/70 mm sim.ust. Qorin yumshoq,og‘riqsiz. Jigar va taloq kattalashmagan.,Axlat va peshob kelishi mustaqil.UQT: Nv-130 g/l, leykotsitlar- 7,2 *10 9, monos.- 5, limfos. – 27, EChT- 10 mm/soat.

1.Quyidagi simptomlar kuzatiladigan beshtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanang;

2. O‘zingiz taxmin qilgan ishonchli taxminiy tashxisni ko‘rsating;

3. Sizning tashxisingizni isbotlovchi qo‘shimcha tekshiruvlar;

4. Tashxis qo‘yishni hal qiluvchi tekshirish usulini ko‘rsating;

5. Davolash ;

6. Davolashda UASh taktikasi;
10. Bemor 40 yosh UASh ko‘rigida to‘sh ortida va epigastriyda ovqat payti yoki darhol undan so‘ng, ba’zan yotganda kuchayadigan, davomiyligi bir necha daqiqadan bir necha soatlargacha bo‘lgan og‘riqqa, shikoyat qiladi. Disfagiya, kuyishish, kekirish, tana egilganda va gorizontal holatda kuchayadigan oshqozon nordon saqlamasi bilan qayt qilish.

1.Quyidagi simptomlar kuzatiladigan 4 tadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanang;

2.O‘zingiz taxmin qilgan ishonchli taxminiy tashxisni ko‘rsating;

3. Sizning tashxisingizni isbotlovchi qo‘shimcha tekshiruvlar;

4. Tashxis qo‘yishni hal qiluvchi tekshirish usulini ko‘rsating;

5. Davolash ;

6.Davolashda UASh taktikasi
Baholash mezoni


Maksimal ball 20-19

18-17 ball

16-15 ball

14-13 ball

12 ball

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon


100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va past



Testlar.

1. Birlamchi axalaziya (kardiospazm) tez tez uchraydi.piщevoda:

a) keksalarda

b) bolalarda

v) Yosh va o‘rta yoshlilarda

g) chaqaloqlarda

d) o‘smirlarda
2. Qizilo‘ngach rakining erta simptomlari:

a) disfagiya

b) to‘sh ortida doimiy og‘riq

v) melena

g) ovoz bo‘g‘ilishi

d) ozish


3. Refluks-ezofagit rivojlanish faktoriga kirmaydi, :

a) Diafragma qizilo‘ngach churralari

b) semizlik

v)homiladorlik

g) alkogol, chekish

d) serukal qabul qilish


4. Refluks-ezofagitni davolashda oshqozon motorikasini normallashtiruvchi preparat:

a) metatsin

b) atropin

v) simetidin

g) serukal

d) ranitidin


5. 50 yoshli erkak, bo‘yi 180 sm., og‘irligi 70 kg.to‘sh ortida egilganda va gorizontal holda kuchayuvchi kuyishish,ovqatdan so‘ng,bo‘yin,yelkaga irradiyatsiyalovchi,choy soda ichgandan pasayadi.Yeyilgan ovqat bilan qayt qilish. Bemorda:

a) refluks-ezofagit

b) stabil stenokardiya

v) oshqozon chiqish qismi raki

g) nostabil stenokardiya

d) oshqozon yara kasalligi


6. 46 yoshli ayol ortiqcha tana vaznli yurak sohasi va epigastriyda ishlaganda,egilganda,tinch holda tunda paydo bo‘luvchi og‘riq va kuyishishga shikoyat qiladi.

Tekshiruv: EKGda tinchlikda va fizik zo‘riqishda o‘zgarishsiz. Bemorda:

a) stenokardiya

b) oshqozon yara kasalligi

v) ildizcha sindromli umurtqa osteoxondrozi

g) diafragma qizilo‘ngach churralari

d)YuIK og‘riqsiz shakli
7. Bemor 52 yosh 5-6yil davomida ovqatdan so‘ng, egilganda, gorizontal holda, nitroglitserindan qolmaydigan to‘sh ortidagi og‘riq. Og‘riqning vertikal holatda kamayishi. EKGda og‘riq payti o‘zgarish yo‘q.

Tashhis:


a) zo‘riqish stenokardiyasi

b) vegeto-tomir distoniyasi

v) ) diafragma qizilo‘ngach churralari

g) Tits sindromi

d) qovurg‘alararo nevralgiya
8. Bemor 52 yosh 5-6yil davomida ovqatdan so‘ng, egilganda, gorizontal holda, nitroglitserindan qolmaydigan to‘sh ortidagi og‘riq. Og‘riqning vertikal holatda kamayishi. EKGda og‘riq payti o‘zgarish yo‘q.

UASh taktikasi:

a) xirurg konsultatsiyasi

b) kardiologa

konsultatsiyasi

v) gastroenterolog konsultatsiyasi

g) OP yoki QVP davolash va kuzatish(selskom vrachebnom punkte)

d) statsionar davo


9. Ranitidin preparati uchun xos:

a) blokator N2-gistaminoretseptor

b) umumiy ta’sir qiluvchi xolinolitik

v) mahalliy ta’sir qiluvchi xolinolitik

g) antatsid

d) miotonik


10. Almagel preparati uchun xos:

a) blokator N2-gistaminoretseptor

b) umumiy ta’sir qiluvchi xolinolitik

v) mahalliy ta’sir qiluvchi xolinolitik

g) antatsid

d) miotonik



Baholash mezoni


Maksimal ball 20-19

18-17 ball

16-15 ball

14-13 ball

12 ball

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon


100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va past



4.2.2.Grafik organayzer «baliq skeleti».

«Baliq skeleti»jadvali maqsadi muammolarni yechishga xarakat qiladi,tizimli,analitik fikrlashni rivojlantiradi.

Sxema mazmuni: talabalar sxema qurilishi bilan tanishadilar. Individual yoki juft bo‘lib yuqori suyakchalarga muammo oldi vaziyatlarni yozadilar, pastkilariga esa bu muammolar mavjudligini.

Kichik guruhlarga bo‘linib, solishtiradilar va o‘z sxemalarini to‘ldiradilar. So‘ng natijalar prezentatsiyasini o‘tkazadilar. To‘ldirilgan sxemali prezentatsiya muammo oldi vaziyat bilan bog‘liqlikni namoyish etadi. Ularning kompleks xarakteri.

Aniqlangan o‘tuvchi latent simulyatsiya kechishi

прямая со стрелкой 34прямая со стрелкой 32прямая со стрелкой 31прямая со стрелкой 33 Kasalliklar klinika simptomlar

dispepsiya

diagnostika

-прямая со стрелкой 38прямая со стрелкой 37прямая со стрелкой 36----------------------------------------------------------------------------------------------–––––––––––



прямая со стрелкой 35
bemor

Laboratoriyalar o‘z vaqtida aparatura ekonomik

yetishmaganligi kelmadi yetishmaganligi yetishmaganligi

Shifokor Shifokor Shifokor Shifokor

bilimsiz e’tiborsiz xalatli rivojlanmayapti

прямая со стрелкой 42прямая со стрелкой 41прямая со стрелкой 40прямая со стрелкой 39

Dispepsiya

diagnostika

-прямая со стрелкой 45прямая со стрелкой 44прямая со стрелкой 43---------------------------------------------------------------------------------------------------

Hamshira Hamshira Hamshira

xalatli bilimsiz bajarmaydi



Baholash mezoni


Maksimal ball 20-19

18-17 ball

16-15 ball

14-13 ball

12 ball

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon


100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va past

4.3. Amaliy qism

Berilgan tematika bo‘yicha UASh mashg‘ulotlar o‘tkazilgndan so‘ng bajarishi kerak bo‘lan ko‘nikmalar tartibi.

1. Disfagiyali bemorlarni ko‘zdan kechirish.

2. Analizlar, laborator-instrumental tekshiruvlar taxlilsi, (qonning klinik va bioximik taxlili, siydik, axlat, qusuq massasi, OIT rentgenologik tekshiruvi , EFGDS),

3. Disfagiyali bemorlarda etiologiyaga bog‘lab dori vositalarini tavsiya etish.



Dispepsiya

Gastritlar, duodenit, yara kasalligi, o‘t yo‘llari diskineziyasi , xolesistit, postxolesistektomik sindrom, operirlangan oshqozon kasalligi



№ etap

Ko‘rsatkichlar \

Taxlil


Bajarilmagan

To‘liq bajarilgan







Bemor ko‘rigi













Umumiy qon taxlili

0



50







Fermentlar diastaza







Oshqozon shirasi taxlili







EGDFS







OIT Rentgen







Jigar UTTsi, o‘t pufagi, oshqozon osti bezi UTTsi







Infeksionist konsultatsiyasi







Jarrox konsultatsiyasi







Taqqoslama tashxis

0

20







Tashxis qo‘yish

0

10







UASh taktikasi

0

10







Profilaktik chora tadbirlar

0

10




JAMI




0

100



















Maksimal ball 20-19

18-17 ball

16-15 ball

14-13 ball

12 ball

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon


100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va past


5. Bilim, ko‘nikma, amaliyot nazorat shakllari.

  • Og‘zaki

  • Yozma

  • Vaziyatli masalalar yechish

  • Amaliy ko‘nikmalar namoyishi


5.1. Talabalarning bilim va amaliyot ko‘nikmalari baholari.



Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarsiz

yomon




Og‘zaki %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan past

1

Nazariy qism

20-17,2

Ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball

2

Vaziyatli masalalar

50-43 ball

42,5- 35,5 ball

35- 27,5 ball

27-18,5

ball

18 ball

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


6. Joriy nazoratning baxolash mezonlari


Baholash darajasi

Reyting

Ballar

Talabalar ishi xarakteristikasi




20

Amaliy mashg‘ulotga qatnashish ballari.Bilim yo‘qligi va amaliy ko‘nikmalarni bajara olmasligi – talaba amaliy mashg‘ulotga absolyutn tayyor emas

Qoniqarsiz

20 - 54,9

Talaba qoniqarsiz javob beradi.

Quyidagi sanab o‘tilganlarning bittasi bo‘lmasa ham talabalar bilim va ko‘nikmalaribazis darajada emas:

  • «Dispepsiya» terminini ochib berishni bilmaydi

  • Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklarni bilmaydi

  • Dispepsiyaning kelib chiqish sabablari,etiologiyasini bilmaydi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistit tashhisi asosiy usullarini bilmaydi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistit klinikasini aytib berolmaydi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistit bo‘yicha kuratsiya paytida ratsional to‘play olmaydi

  • Dispepsiyali bemorlar holatini kuratsiya paytida ob’ektiv baholay olmaydi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistit bilan bemorni tekshirish rejasini tuza olmaydi

  • Dispepsiyali bemorlar taqoslama tashxissini o‘tkazishga qodir emas

Bilim va ko‘nikmalarni bazis darajasini ta’minlash

Qoniqarli
55-70,9%

55-60,9

Eng past sifatning qoniqarli javobi.

Talaba bilim va ko‘nikmalarni bazis darajasini ko‘rsatishga harakat qiladi,lekin javob va ko‘nikmani bajarayotganda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadi.

61-65,9

O‘rta darajaning qoniqarli javobi.

Talaba bilim va ko‘nikmalarni bazis darajasini ko‘rsatishga harakat qiladi,lekin javob va ko‘nikmani bajarayotganda xatolarga yo‘l qo‘yadi.



66-70,9


Yuqori darajaning qoniqarli javob.

Talaba bilim va ko‘nikmalarni bazis darajasini to‘liq ko‘rsatadi:

  • «Dispepsiya» terminini ochib berishni biladi

  • Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklarni biladi

  • Dispepsiyaning kelib chiqish sabablari,etiologiyasini biladi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistit tashhisi asosiy usullarini biladi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistit klinikasini aytib beroladi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistit bo‘yicha kuratsiya paytida ratsional analiz to‘play oladi

  • Dispepsiyali bemorlar holatini kuratsiya paytida ob’ektiv baholay oladi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistit bilan bemorni tekshirish rejasini tuza oladi

  • Dispepsiya bilan kechuvchi kasalligi bor bemorlar taqoslama tashxisini o‘tkazishga qodir

  • Laboratorno-instrumental metod tekshiruvlari natijalarini taxlil qila oladi – leykotsitoz ko‘rsatkichi, EChT oshishi, EGDFS, UTT taxlil qiladi.

  • Bemor kundaligini to‘ldirishga qodir.

Bilim darajasini oshirish

Yaxshi
71-85,9%


71-75,9

Talaba bilim va ko‘nikmalarni bazis darajasini to‘liq ko‘rsatadi:

( «66-70,9»punktida ko‘rsatilgan) + Quyidagi sanab o‘tilganlarni biladi:

  • Dispepsiya etiologiyasini biladi

  • Dispepsiya klassifikatsiyasini biladi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistitni davolovchi preparatlar mexanizmini biladi

  • O‘t chiqarish yo‘llari va o‘t pufagi shikastlanishida dori vositalarini ratsional tanlash

76-80

Talaba bilim va ko‘nikmalarni bazis darajasini to‘liq ko‘rsatadi:

71-75,9»punktida ko‘rsatilgan) + Quyidagi sanab o‘tilganlarni biladi:

  • Dispepsiya rivojlanish patogenezini biladi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistit klassifikatsiyasini biladi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistitlarda birlamchi,ikkilamchi,uchlamchi profilaktikasini biladi

81-85,9

Talaba bilim va ko‘nikmalarni bazis darajasini to‘liq ko‘rsatadi:

( «71-75,9»va«76-80», punktida ko‘rsatilgan) + Quyidagi sanab o‘tilganlarni biladi:

  • QVP va OP sharoitlarida O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistitlarda bemorlarnikuzatish,olib borish va monitoringni aytib bera oladi.

  • Nomedikamentoz va medikamentoz maslahatlar bo‘yicha konsultatsiya o‘tkazishni biladi

  • QVP va OP sharoitlarida dispanserizatsiya va prinsiplarini biladi


A’lo

86-100%

86-90

Talaba bilim va ko‘nikmalarni bazis darajasini to‘liq ko‘rsatadi:

( 81-85,9», punktida ko‘rsatilgan) + Quyidagi sanab o‘tilganlarni biladi:



  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistitni davolash prinsiplarini biladi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistitda qo‘llaniladigan preparatlarga ko‘rsatma vaqarshi ko‘rsatmani biladi

  • Dispepsiya bilan kechuvchi kasalliklarda internet dannыylariga asoslanib ishonchli axborotni olishni biladi


91-95


Talaba bilim va ko‘nikmalarni bazis darajasini to‘liq ko‘rsatadi:

( 86-90», punktida ko‘rsatilgan) + Quyidagi sanab o‘tilganlarni biladi:



  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistit klassifikatsiyasini biladi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistitda dispepsiya rivojlanish mexanizmini biladi

  • Dispepsiya bilan kechadigan kasalliklar va diskineziyalar taqoslama tashxissini aytib bera oladi

96-100

Talaba bilim va ko‘nikmalarni bazis darajasini to‘liq ko‘rsatadi:

(“91-95», punktida ko‘rsatilgan) + Quyidagi sanab o‘tilganlarni biladi:



  • Qo‘shimcha adabiyotlar asosida ilmiy ma’lumotlarni biladi (statya va internet)

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi va xolesistitli bemorlarni qo‘shimcha zamonaviy tekshirish usullarini biladi

  • O‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasini turidan qat’iy nazar qiyosiy davolashni biladi

  • Ingliz tilida shikoyatlarni so‘rash, anamnez yig‘ish va surunkali xolesistiti bor bemor xaqida qisqa gapirib berishni biladi

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish