O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti



Download 7,49 Mb.
bet16/23
Sana10.07.2022
Hajmi7,49 Mb.
#771242
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
2диплом иши Азиза 08.06.2022

Gentiana olivieri polisaxaridlarini aniqlash
Har xil polisaxaridlar guruhlarini ajratib olish avval tavsiflangan usul bo'yicha amalga oshirildi [7]. Spirtda eruvchan qandlar xromatografik tahlilga ko'ra glyukoza, saxaroza bilan ifodalanadi. Suvda eruvchan polisaxaridlar suv bilan ekstraksiya qilindi: xom ashyo 20-220C xona haroratida suv bilan ekstraksiya qilindi va suvda eruvchi polisaxaridlar (SEP) ajratildi. Keyinchalik, pektin moddalari (PM) va gemitsellyulozalar (GS) ketma-ket ajratib olindi. Ajratib olingan polisaxaridlarning monosaxaridlar tarkibi va miqdori 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval. Polisaxaridlar chiqishi va ularning monosaxarid tarkibi

Turi



PS
tipi

Chiqish,
%

Monosaxarid qoldiqlari nisbati

Uran kislatalari

ramnoza

arabinoza

ksiloza

mannoza

glyukoza

galaktoza




Gentiana olivieri

SEP
PM
GS

6.4
3.8
0.9

1.1
1.0
0.7

18.6
17.2
15.7

2.1
1.2
1.4

1.0
1.3
1.9

9.7
7.1
5.5

37.5
25.8
21.4

+
+
+








SEP va PM amorf kukunlar bo'lib, suvda yaxshi eriydi. Pektin moddalar улар ёрқин жигар ранг тусдаги толасимон кукунлар бўлиб, сувда яхши эрийди ва такрибида крахмалсимон моддалар мавжуд эмас. PM arabinoza va galaktozaning yuqori miqdori bilan tavsiflanadii. Pektin moddalarining gidrolizatlarida neytral monosaxaridlar bilan birga galakturon kislotasini aniqlandi va titrimetrik tahlil natijalariga ko'ra [8] PM yuqori darajada esterifisirlanganligi ma'lum boldi. ( 2-jadval).
2-jadval. Gentiana olivieri tarkibidagi PM titrometrik ko'rsatkichlari

O'simlik qismi

Кс, %

Кэ, %

Ко, %

λ

PM

3.24

26.46

29.7

89.0

Olingan natijalar shuni koʼrsatadiki, polisaxaridlar miqdori SEP- Q dan tashqari yetarlicha yuqoridir. Monasaxarid tarkibi galaktoza, glyukoza, arabinoza, ksiloza va uron kislotalari bilan ifodalangan. Lekin asosiy monosaxaridlar galaktoza va arabinozadan iborat. SEP-S va SEP-Q gidrolizatlarida fruktoqandlar, yaʼni ketozalar (fruktoza, saxaroza) aniqlanmadi.


Shuningdek, ajratib olingan polisaxaridlarning IQ-spektroskopik taxlili oʼtkazildi (IQ-spektrometr parametrlari 2.1. bobda keltirilgan). SEP-S IQ-spektridagi 3200-3600 sm-1 teng boʼlgan yutilish chiziqlari gidroksil guruhlarning valent tebranishini, 2941 sm-1 dagi yutilish chizigʼi esa ularning vodorod bogʼlar hosil boʼlishida ishtirok etishini koʼrsatadi. Kuchsiz maydondagi 1616 sm-1 yutilish chizigʼi aromatik aralashmaning spetsifikasi, masalan, lignin bilan tushuntiriladi. 1093-1500 sm-1 oraligʼidagi bir qator yutilish chiziqlari SN, SN2, ON guruhlarining deformatsion tebranishiga mos kelib, ikkilamchi gidroksil guruhi va piranoza halqasi mavjudligidan darak beradi. Аjratib olingan polisaxarid geterogen polimer boʼlib, tarkibida α va ß–glikozid bogʼlari mavjudligidan 841 va 875sm-1 ga teng boʼlgan yutilish chiziqlari darak beradi (2.7.-rasm).

2.7.-расм. Совуқ усулдаги экстракция ёрдамида ажратиб олинган сувда эрувчан полисахаридларнинг ИҚ-спектрлари

SEP-S IQ-spektrida gidroksil guruhlarning valent tebranishini koʼrsatuvchi 3364 va 2946 sm-1 yutilish chiziqlari mavjud. Yuqorida koʼrsatilganidek SEP-S tarkibiga uron kislotalari kirib, uning nordon polisaxarid ekanligi IQ-spektrida namoyon boʼladi. 1599 va 1413 sm-1 yutilish chiziqlari metallar bilan bogʼlangan ionlashgan guruhlar (S=O) ga tegishlidir. 1728 sm-1 yutilish chizigʼi karboksil guruhning karbonil valent tebranishlari, 1255 sm-1 murakkab efirlar, metil guruhlari mavjudligini koʼrsatadi. 1096 va 1026 sm-1 – SN, SN2ON, piranoza halqasi, shuningdek (S-S), (S-O) guruhlariga tegishli deformatsion tebrnaishdir. 914 va 830 sm-1 yutilish chiziqlari nordon polisaxaridlarga xarakterli boʼlib, tarkibida α-1→4 glikozid bogʼlari mavjudligidan darak beradi (2.8.-rasm).



2.8.-rasm. Qaynoq ekstraktsiya usuli yordamida ajratib olingan suvda eruvchan polisaxaridlarning IQ-spektri
Ma'lumki, PMlarning asosiy zanjirini uron kislotalar qoldig'i, yon zanjirlarni esa neytral monosaxaridlar tashkil etadi. Bunday turli-tumanlik sabab PMlarning IQ-spektrlari murakkab ko'rinishda namoyon bo'ladi. Ularining IQ-spektrlarida eterifikatsiyalangan (O-Me, O-As) va Na ga almashingan karboksil guruhlar mavjudligini e'tiborga olish zarurdir. 3482-2918 sm-1 sohasidagi yutilish chiziqlari bir qator funktsional guruhlarning ON, SN, SN2, boshqacha qilib aytganda gidroksil guruhlarning valent tebranishiga mansubligini ko'rsatadi. 1745 va 1645sm-1 – SOOSN3 va SOON guruhlari tarkibidagi karbonilning (S=O) valent tebranishlaridir. 1424 sm-1 –metallar bilan bog'langan ionlashgan karboksil guruhning valent tebranishlaridir. IQ-spektrda ushbu yutilish chizig'ining mavjudligi karboksipolisaxaridlar uchun xosdir. 1328-1258 sm-1 sohadagi yutilish chiziqlarini efir va gidroksil guruhlari keltirib chiqaradi. 1149 sm-1 dagi yutilish chizig'i eterifikatsiyalangan guruh mavjudligidan darak berib, 1370 sm-1 yutilish chizig'i eterifikatsiyalangan guruhlar metil spirti qoldiqlari, ya'ni (O-SN3) dan iborat ekanligini ko'rsatadi. Piranoza halqasining tebranishlari 1099 - 1015 sm-1 da namoyon bo'ladi. 951 sm-1 ga teng yutilish chiziqlari metil va metilen guruhlarining deformatsion tebranishini ko'rsatadi. 890 sm-1 yutilish chizig'i 1→4 tipdagi glikozid bog'i, 830 sm-1 ushbu bog' α-konfiguratsiyaga ega ekanligidan darak beradi. Mana shu asosda, PM IQ-spektrlaridagi yuqorida keltirilgan yutilish chiziqlari ularga xos bo'lib, ushbu PMlar uron kislotalari orasidagi α-1→4 glikozid bog'lar bilan metoksillanganini ko'rsatadi (2.9.-rasm).

2.9.-rasm. Ajratib olingan pektin moddalarning IQ-spektrlari

GMTSlarning IQ-spektrlari murakkab ko'rinishda namoyon bo'ladi, chunki ushbu polisaxaridlar ishqor (5%) yordamida ajratib olinib, polisaxaridlar qoldiqlari, pektin moddalar va ksilanlarning geterogen aralashmasidan iborat bo'ladi. Shuningdek, tarkibida ligninlar ham uchrashi mumkin. Bularning barchasi turli xil funktsional guruhlarning ustma ust tushishiga sabab bo'ladi. Shunga qaramasdan yuqorida tavsiflangan polisaxaridlar uchun xos bo'lgan yutilish chiziqlari mavjud: 3284-2908 sm-1, 1671 sm-1, 1592-1552 sm-1, 1406 sm-1, 1315 sm-1, 1247 sm-1, 1145-1015 sm-1, 950 sm-1, 892 sm-1, 775sm-1 (2.10.-rasm).


2.10.-rasm. Ajratib olingan gemitsellyulozalarning IQ-spektrlari
Юқорида келтирилган маълумотлар асосида, тиканли артишок баргларидан СЭП лар, ПМлари ва ГМЦлар ажратиб олинди. Ажратиб олинган полисахаридларнинг ИҚ-спектроскопик таҳлили амалга оширилди. Олинган натижалар ажратиб олинган полисахаридлар таркибида галактоза, арабиноза, глюкоза, рамноза, ксилоза каби моносахаридлар ва урон кислоталари мавжудлигини кўрсатди

Download 7,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish