LABORATORIYA ISHI № 7
BAKTERIYA POLISAXARIDLARINI AJRATIB OLISH.
Ishdan maqsad: Talabalarga bakteriyalarning zaxira moddalari haqida tushuncha berish va uni laboratoriya sharoitada ajratib olishni o‘rgatish.
Kutilayotgan natija: Talabalar laboratoriya sharoitida bakteriyalarning zaxira moddalari aniqlaydilar va uni laboratoriya sharoitida ajratib olishni o‘rgatish.
Nazariy tushuncha: Bakteriya hujayralarida zaxira modda sifatida uglevodli va lipidli granulalar,polifosfatlar zaxira sifatida to’planadi.Polisaxaridlar asosan moy kislotali bakteriyalarda, polifosfatlardan esa volyutin donachalari to’planadi.Hayvon va zamburug’ hujayralarida zaxira polisaxarid sifatida glikogen to’planadi. Glikogen (C6H10O5)n polisaxarid bo‘lib, odam va hayvon organizmida uglevodlarning asosiy zaxira shaklidir. Organizm hayot faoliyatida jigarning glikogen va glukoza hosil qilish funksiyasi alohida o‘rin tutadi. Buning asosida bir tomondan, uning qon tarkibidagi glukozadan glikogenni sintezlashi bo‘lsa, ikkinchi tomondan organizm ehtiyojiga qarab zaxiradagi glikogenni glukozagacha parchalab, qonga chiqarishi yotadi.
Odam va sut emizuvchi hayvonlarning jigaridagi glikogen miqdori uning og‘irligini 2-8% ini, ayrim holatlarda esa 15-20% ini tashkil etishi mumkin. Jigar patologiyasida, ayniqsa, gepatotrop zaharlar va farmakologik preparatlar ta’sirida jigarda glikogen sintezini buzilishi oqibatida uning miqdorini kamayishi kuzatiladi.
Masalan, to‘rtxloruglerodi (CCl4), geliotrin, fosfor organik preparatlari bilan xronik zaharlanganda jigarni glikogen sintez qilish funksiyasida katta o‘zgarishlar kuzatilgan. Glikogen miqdorini antron bilan aniqlash usuli asosida uni konsentrlangan sulfat kislotasi ishtirokida ko‘k rangli kompleks hosil qilishi yotadi. Rangning jadalligi glikogen konsentratsiyasiga bog‘liq.
8.1.Ishning borish tartibi
Moy kislotali bakteriyalar hujayrasida polisaxaridlardan kraxmalsimon modda-granulaza to’planadi.Bu bakteriyalar tuproqda keng tarqalgan. Moy kislotali bakteriyalarni o’rganish uchun Rushman ozuqa muhitiga tuproq ekib tayyorlanadi. Rushman ozuqa muhiti kortoshkadan tayyorlanadi. Bitta kartoshka tozalanib, mayda bo’laklarga ajratiladi.100 ml suvga kartoshka bo’laklari solinib, ustiga 0,05 gr bo’r solinadi.Kartoshka bo’laklari qaynatiladi va keyin unga 0,5-0,7 gr tuproq qo’shiladi.Aralashma 25-280 C 5-7 (7-21) kungacha saqlanadi.
Granulozani ko’rish uchun buyum oynasiga bir tomchi lyugol reaktividan tomiziladi.Lyugol reaktivining ustiga Rushman ozuqa muhitidagi kartoshkadan kichik bir bo’lakchasi solinadi.Preparat qoplag’ich oyna bilan berkitiladi va immersion moy tomiziladi.Preparatda qizil-binafsha rangga bo’yalgan va hujayraning ko’p qismini egallagan granuloza ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |