Mavzu: Mustaqillikka qo’yilgan ilk qadamlar…
TTA Tib. Prof. 106-A guruh talabasi OLIMOV. AVAZBEK
“Qayta qurish” siyosati va uning mustaqillikka ta’siri
Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80 – yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma’muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a’zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmushi sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyatidan nafratlanish, jiddiy tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.
“Qayta qurish” siyosati va uning mustaqillikka ta’siri Mustaqillik sari qadamlar… Mustaqillik sari qadamlar…
1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi.
Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo’ldi. O’zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlarga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amaliyotini tugatdi.
1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to’ldirdi va g’oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g’oyasi keng qo’llab-quvvatlandi.
“Mustaqillik deklaratsiyasi” dan parcha Mustaqillik sari qadamlar… - Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo’lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g’oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari surila boshlandi. Ko’p o’tmay, iyun oyida Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.
Mustaqillik sari qadamlar…
O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida teng huquqli munosabatlar birmuncha qaror topib bordi. O’zbekiston bilan Leningrad viloyati o’rtasidagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish to’g’risidagi shartnoma 1990-yil 1-yanvardan amal qila boshladi va bevosita aloqalarni( ya’ni Markazni chetlab o’tuvchi aloqalarni boshlab berdi.
KPSS XXVIII syezdi “Insonparvar, demokratik sotsializm sari” degan dasturiy bayonot qabul qildi
KPSS bor kuchi bilan sotsializmni qanday bo’lsa shundayligini saqlab qolish uchun uning “qiyofasi”ni bezab, uni yanada jozibador va zamonaviy qilib ko’rsatishga harakat qildi, biroq partiya jamiyatdagi nazariy, mafkuraviy, siyosiy va tashkilotchilk vazifalarini bajarishdan voz kechishga intilmadi
Nihoyat 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O’zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e’lon qildi. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» Oliy Kengash Qarori va «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi hamda 1 sentyabrь-Mustaqillik kuni, milliy bayram, deb belgilandi. - Nihoyat 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O’zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e’lon qildi. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» Oliy Kengash Qarori va «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi hamda 1 sentyabrь-Mustaqillik kuni, milliy bayram, deb belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |