Referat
Mavzu:O`zbekiston mustaqilligi va ma`naviy-axloqiy tarbiya
Bajardi: l kurs 108-a guruh talabasi Ollaberganova Sarvinoz
Tekshirdi:Samandarova Lola Sultanovna
O`zbekiston mustaqilligi.
I.A.Karimov 1990 yil 14 martda O’zbekiston Oliy Kengashida O’zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to’ldirdi va g’oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g’oyasi keng qo’llab-quvvatlandi. 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O’zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e’lon qildi. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» Oliy Kengash Qarori va «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi hamda 1 sentyabrь-Mustaqillik kuni, milliy bayram, deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O’zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko’rsatib berdi.
Mustaqillikning e’lon qilinishi Respublika tarixida muhim voqea bo’lib, u nafaqat butun davlat uchun, O’zbekistonda yashaydigan har bir aholi uchun katta ahamiyat kasb etdi. Ko’pincha mustaqillikka qon to’kishlar yo’li bilan erishiladi. Lekin O’zbekiston bunday yo’ldan bormadi. XXI asr arafasida jahon xaritasida yana bir mustaqil, teng huquqli davlat-O’zbekiston paydo bo’ldi. Jaxon hamjamiyati uni tezda tan ola boshladi. Darhaqiqat, Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, davlatlar o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqlol haqida o’ylashdir.
Mustaqillik – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
Mustaqil demokratik respublikaning tashkil topishi jahonshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ro’yobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O’zbekistonning boy imkoniyatlaridan xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanish mumkin bo’ldi.
Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishda har xil salbiy holatlar tug’diradigan «falaj» yo’li bilan emas, asta-sekinlik bilan o’tish yo’lini tanladi. Istiqlolga erishgan xalqimiz jaxon minbarida o’z manfaatlari haqida bor ovoz bilan gapirish, xalqaro tashkilotlar ishida faol qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eng asosiy natijalardan yana biri-xalqning tarixiy merosini o’rganish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash imkoni tug’ildi. O’zbekistonda mustaqil sharoitda siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Mustaqil g’oyasini butun xalqning muhokamasidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. Saylov komissiyalari tashkil qilinib, ularga O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar va referendum to’g’risidagi qonunning bajarilishini ta’minlash, O’zbekiston fuqarolariga o’z xohishlarini erkin bildirish, Prezidentlikka nomzodlar uchun teng shart-sharoitlar yaratish vazifalari yuklandi. 29 dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan saylovda Islom Abdug’aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizdan ko’prog’i o’z ovozini berdi.
Markaziy Saylov komissiyasi okrug komissiyalari bayonnomalarni ko’rib siqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov haqidagi qonunning 35-moddasiga asosan I.A.Karimov birinchi O’zbekiston Prezidenti etib saylanganligi to’g’risida qaror qabul qilindi. I.A.Karimov 1991 yil 31 dekabrdan o’z vazifasini bajarishga kirishdi. Prezidentlikka saylovlar bilan bir vaqtda «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’llab-quvvatlaysizmi?» savoli bo’yicha referendum ham o’tkazildi. Ovoz berishda ro’yxatga olinganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Qatnashganlarning 98,2 foizi mustaqillikni qo’llab ovoz berishdi.
Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish uchun boy tabiiy resurslar va keng imkoniyatlarga egadir. O’zbekistonda foydali qazilma boyliklarining 2.700 dan ortiqroq o’rni aniqlangan. Har yili Respublika hududidan 5 mlrd. dollardan ortiqroq qimmatdagi foydali yer osti boyliklari qazib olinmoqda. Respublika oltin zahirasi bo’yicha jahonda to’rtinchi, qazib chiqarish bo’yicha jaxonda 7-8 o’rindadir. Rangli metallar, fosforitlar, tabiiy gaz, neftь, ko’mir va boshqalarning zahira manbalari aniqlangan.
O’zbekiston yeri juda ham hosildor bo’lib, bu yerda paxta, don, sabzavot va mevalardan yuqori hosil olish mumkin. Respublika energetikasi bugun 11 mln. kilovatt-quvvatdan ko’proq kuchga ega bo’lgan, 37 issiqlik va gidroelektrostansiyani o’z ichiga oladi. Transport yo’llari bo’yicha katta imkoniyatga ega. Respublikada sanoatning 100 dan ortiq sohasiga oid 2 ming atrofida zavod va fabrikalar ishlab turibdi. Mustaqil O’zbekiston moddiy boyliklar bilan birga katta ilmiy va ma’naviy imkoniyatlarga ham ega.
Har bir mustaqillikka erishgan davlat o’z ramzlariga ega bo’lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O’zbekiston davlat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tug’laridagi an’analarini davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o’ziga xosligini, Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat gerbi to’g’risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat madhiyasi to’g’risidagi qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikaning davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo’lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g’oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari surila boshlandi. Ko’p o’tmay, iyunь oyida Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya mustaqillikning huquqiy asoslariniishlab chiqarish jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashagn Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlariga Deklaratsiyasiga tayanadi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruvi va adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o’rganildi. Loyihaning dastlabki nusxasi 1991 yil noyabrida tayyorlanib, har tomonlama ko’rib chiqildi va 1992 yilning sentyabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.
Tuzatishlar va aniqlashlar - loyihaning 60 dan ortiq moddasiga kiritildi. 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida Mustaqillik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning mohiyati Asosiy qoidalar bo’limida bayon etilgan. Bu qoidalar: davlat suvereniteti; xalq hokimiyati; fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish; shaxs va davlat birligini ta’minlash; qonuniylik; jamiyatni ajratish; mahalliy o’z o’zini boshqarish; sud tizimi va odil sudlovni tashkil qilish va boshqalardan iborat. Konstitutsiya preambula, 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi fuqarolarning inson huquqlari demokratik partiyasi bo’lib, insonparvar huquqiy davlat shakllantirishning strategik dasturidir. Uning qabul qilinishi g’oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqillik Konstitutsiyasi barcha qonunlarning va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari huquqiy hujjatlarining asosi bo’lib xizmat qiladi. Jaxon sivilizatsiyasida alohida o’rin tutadigan,ko’p asrlik boy tarixga ega O’zbekiston diyorida butun dunyoga nomi ketgan olimlar, davlat arboblari voyaga yetgan. Buyuk zotlarni buyuk xalq,buyuk el yaratadi.
Xalqimizning ko’p yillar davomida olib borgan kurashi natijasida qaror topgan mustaqil O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish stixiyali (ko’r-ko’rona) ravishda emas, balki ilm-fan yutuqlariga, jahon taraqqiyotining, xususan, buyuk zaminimizda yaratilgan tarixiy tajribalarga asoslangan g’oyalarga amal qilib ro’yobga chiqadi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatchilik poydevori yaratildi, hokimiyatning yangicha, o’zimizga xos va mos bo’lgan ko’rinishlari paydo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati organlarining ko’rinishi quyidagicha: Qonun chiqaruvchi; Ijro etuvchi; Sud hokimiyati; Ommaviy axborot vositalari. O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashi 1994 yildan Oliy Majlis deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2004 yildan ikki palata: Senat va Qonunchilik palatasiga bo’lingan.
Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, diniy qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o’rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O’zbekiston Respublikasining xalqaro jamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog’laydi.
Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning «O’zbek modeli» ga (o’zbek yo’li) uning asoschisi va yo’lboshchisi I.A.Karimovning siyosiy chizmasiga qiziqish ortib bormoqda. 1996 yili Venada (Avstriya) «XX asr xalqlar dohiylari» nomida bosib chiqariladigan kitoblarning bir jildi O’zbekiston Prezidentiga bag’ishlangan. Kitob mualliflaridan biri, garvard Universitetining professori Donalьd S. Karlayl «…Islom Karimov kommunizmdan keyingi O’rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat arbobidir» deb tan beradi.
SSSRda, chunonchi O’zbekistonda sotsialistik tizim, kommunistik mafkura har tomonlama inqirozga uchrab, ziddiyatlar bilan to’lib-toshib turgan bir paytda I.A.Karimovning, avvalo O’zbekiston partiyasi rahbarligiga (iyun,1989yil), keyin Prezidentlik lavozimiga (mart,1990yil) tayinlanishi bejiz emas edi. Vaqti, soati yetgan, lekin jon saqlash uchun o’zini har tomonga urayotgan, hech narsadan qaytmaydigan mustabid tizimidan jafokash xalqni, ezilgan el-yurtni mustaqillikka chaqirish uchun sovet tizimining ikir-chikirlarigacha tushunib yetgan katta jur’at egasi, dovyurak Islom Karimovdek rahbar kerak edi.
Islom Karimovning har bir asari, ma’ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini, amaliy ishlarning kundalik dasturini tashkil qiladi. Shuningdek, yurtboshimiz mustaqillik arafasida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti, chuqur inqiroz holati, sovetlarning so’nggi talvasasi, og’ir sharoitlarda O’zbekiston hukumati tutgan yo’li (1989-1990 yillar) haqida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlab yozgan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida yaqqol ko’rsatgan. G’arb va Sharqning rivojlangan mamlakatlari ko’p yillik taraqqiyot yo’llarini, o’zbek davlatchiligini ming yillar davomidagi tarixiy tajribasini o’rgangan holda yaratilgan I.A.Karimov asarlarida mustaqil O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotining muhim yo’nalishlari, butun dunyoda tan olingan bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari to’g’risidagi ta’limot yaratildi. Istiqlolning, boshlang’ich bosqichida yorug’likka chiqkan «O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» va boshqa asarlarida bayon etilgan O’zbekiston mustaqilligining birinchi navbatdagi kechiktirilmas ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’rifiy-ma’naviy vazifalari keyinchalik «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarlarida bayon etib berildi. Islom Karimov donoligining yana bir ko’rinishi bozor munosabatlariga o’tish, demokratik jamiyat qurish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlarning yuksak ahamiyatini taqqoslab ko’rsatganligidadir.
Parchalangan Ittifoq o’rnida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hech birida ilgari surilmagan ma’naviy-ma’riviy ishlarning vazifalari Prezidentning «Jamiyatimiz mafkurasi, xalqni xalq, millatni millat qilishag xizmat etsin», «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» asarlarida, «Istiqlol va ma’naviyat» (hujjatlar to’plami) kitobi va boshqa ko’plab maqolalarida bayon etilgan bo’lib, ma’naviyat- kelajagi buyuk O’zbekistonning mustahkam poydevori, milliy mustaqillik mafkurasi, 120 dan ortiq millatlar va elatlardan tashkil topgan O’zbekiston xalqini «O’zbekiston-vatanim manim» shiori ostida yagona, buyuk maqsad uchun birlashtiradigan bayroq sifatida tutgan o’rni ko’rsatib beriladi. Ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlarning yangi jamiyat qurishning zaruriy sharti sifatida qo’yilishi, o’ziga xos,o’zbek modelining ustivor tamoyillaridan biridir. I.A.Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga, shu maqsadda Vatanimiz tarixini xolisona, yangicha yaratishga e’tiborni kuchaytirmoqda. Prezident istiqlolning dastlabki kunlarida (1992 yil yanvar): «Tarixga, merosimizga bo’lgan munosabat tubdan o’zgartirilishi lozim, yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha - hammasiga haqiqat yozilishi shart», deb aniq vazifa qo’ydi.
Vatan tarixini o’rganish uning yangi avlodini tarbiyalashdagi tutgan o’rni, ahamiyati masalalari I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» (1998 yil avgust) nomli asarlarida keng bayon qilib berildi. Yurtboshimiz haqqoniy tarix millatining o’zligini anglashning zaruriy sharti, ma’naviy va mafkuraviy ishlarimizning haqiqiy manbai ekanligini qayta-qayta taqqoslab ko’rsatadi. I.A.Karimov har bir «siyosatchiman, arbobchiman degan odam, agar vijdoni bo’lsa, o’z xalqining tarixiy o’tmishini bilishi shart», deb vazifasini keskin qo’yadi. O’tmish davrining murakkab vazifalari, qarama-qarshiliklari davlat rahbaridan boshqaruvning har xil usullarini ishlatishni, kerak bo’lsa qattiq qo’llikni talab qiladi. Prezident I.A.Karimov shunday vazifada xalqqa ma’qul usullarni qo’llab ishlamoqda.
1992 yil Moskvaning «Komsomolьskaya pravda» gazetasi muxbiri: «Muxoliflaringiz sizni totalitarizmda ayblab tanqid qilmoqda», desa, unga javoban I.A.Karimov «Ha, buni men yaxshi bilaman. Muxoliflarim meni diktator qilib ko’rsatishni juda hohlaydilar Tan olaman; ehtimol mening harakatlarimda avtoritarizm nishonalari bordir. Amma men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda, ayniqsa bir tizimdan ikkinchisiga o’tish davrida har holda kuchli jamiyat zarur. Qon to’kilishiga va qarama-qarshilikka yo’l qo’ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolarning totuvligi, tinchligi va barqarorligini saqlash uchun shunday bo’lishi zarur. Bu yo’lda men jonimni fido qilishga tayyorman», deb javob bergan edi.
O’zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug’i-mamlakatda o’rnatilgan tinchlik, osoyishtalik tartib-intizomdir. Respublika aholisining mutloq aksariyati (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning yetakchiligida erishildi deb hisoblaydi. I.A.Karimov yangi davrning jaxon miqyosidagi davlat arbobi. O’zbekiston xalqining buyuk yo’lboshchisi, mamlakatninggina emas, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning bir qancha nishonlari va unvonlari bilan taqdirlangan.
O’zbekiston Respublikasini juda ko’plab davlatlar tan oldi va jahonning ko’pgina nufuzli tashkilotlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va boshqa sohalarda hamkorlik qiladi. U o’z tashqi siyosatini olib borishda quyidagi tamoyillarga tayanadi:
1.Davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
2. Xalqaro huquq normalarining davlat ichki huquq normalaridan ustunligi;
3.Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
4.Terrorizm, narkobiznes va korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish;
5.Bir davlatga yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik;
6. Tinchlik va mustaqillikka sodiqlik va h.k.
1992 yil fevralь oyida YeXHT va shu yilning 2 martida BMTga a’zo bo’lib kirishi uning siyosiy hayotida keskin burilish yasadi. Undan tashqari, O’zbekiston 1995 yil iyulь oyida esa NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga a’zo bo’ldi, Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporotsiyasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, YuNESKO va h.k.lar bilan mustahkam aloqalarni o’rnatdi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, O’zbekiston xalqi asriy orzusi – mustaqillikni qo’lga kiritdi, shu davr ichida jahon xaritasidan munosib o’rinni egalladi. Bunyodkor xalqimiz o’z salohiyati bilan davlat va jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shib kelayotir. Har bir fuqaro o’z imkoniyatini to’liq yuzaga chiqarish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bu mustaqillikning buyuk ne’matidir.
Ma`naviy-axliqiy tarbiya
Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”3 deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish ayniqsa muhimdir.Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixini yashash tarsi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniy-ma’rifiy jarayonlar majmuasidir. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuchdir” deydi yurtboshimiz I. A. Karimov o’z asarlarida.
Ma’naviy qadriyatlar-bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo’lib, insonni o’rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o’zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi. jiga kata e’tibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim rBolaning Yoshi ulg’aygan sari bu faoliyat tobora ko’proq mustaqil xususiyatga ega bo’lib boraveradi. Tabiat va jamiyat turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishga ham idrok etib o’z atrofidagilarga munosabatda bo’lishiga ko’nikib boradi.
Umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tarbiyaning mazmuni va tashkil etilishi quyidagi vazifalarda o’z aksini topadi;
1.Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi.
2. Tarbiyaning insonparvarlik qoidalari.
3. Tarbiyaning hayot bilan va mehnat bilan bog’liqligi.
4. Tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi.
5. O’quvchilarni yoshi, sinfi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish.
Musiqa san’atining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, insonning his- tuyg’ularini, kechinmalarini o’ziga xos badiiy tilda ifodalaydi. O’quvchilarni qiziqtiradigan, o’ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi. Ulardagi milliy tarbiyaga oid his-tuyg’ularni o’stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi kuy-qo’shiqlar yordamida shakllanadi.Bunday asarlarga DTS musiqa dasturiga kiritilgan qo’shiq va tinglash uchun asarlarni misol keltirishimiz mumkin. “Salom maktab” Sh. Yormatov musiqasi, “Paxtaoy” F. Nazarov musiqasi,”O’zbekistonim” Sh. Ramazonov musiqasi, “Oy Vatanim” E.SHvarts musiqasi, “Ex orzular” N.Norxo’jayev musiqasi kabi qo’shiqlar o’quvchilarda vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga xurmat tuygularini tarbiyalaydi. Umumta’lim maktablarida umuminsoniy qadriyatlarni o’quvchilarga tanishtirib borishni ahamiyati katta.Boshlang’ich sinflarda umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda suhbat, hikoya, savol-javob va qo’shimcha adabiyotlardan unumli foydalanish lozim. Umuminsoniy qadriyatlar asosida ommaviy kuy-qo’shiqlarni o’rganishdan oldin ularga asar xususiyatini badiiy-g’oyaviy kelib chiqish tarixi haqida qisqacha suhbat o’tkazish maqsadga muofiqdir. Umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishda boshqa fanlar bilan, masalan, adabiyot darslarida o’tiladigan mavzular bilan bog’lab olib borish maqsadga muvofiqdir. To’rtinchi sinf o’quvchilari bilan xalq musiqa san’atining asosiy xususiyatlari, ommaviy janrlari, an’analari haqida tushuncha berib, ular uzoq tarixga ega ekanliklarini soda, ravon, yorqin ohangda ijro etilishini tushuntirish shuningdek ularni ijro etadigan hofizlar, xonandalar, folklore guruhlar haqida savol-javoblar o’tkazish kerak. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar xalqimizning milliy iftixori hisoblanadi.Asrlar davomida mehnat, kurash va ijod jarayonida u kishilarni ezgulikka yetaklovchi ilhom manbai bo’lib kelmoqda. Musiqa tilsiz falsafa deb bejiz aytilmagan.Inson qo’shiq bilan, musiqa bilan tirik. Kuy-qo’shiqlarsiz hayotning mazmunini, atrofdagi go’zallikni tasavvur etish qiyin.Qo’shiq zavq ehtiyoji, eng go’zal, eng oliyjanob orzu va hayotiy g’oya hayqirig’idir. Musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarni dunyoqarashi, musiqiy didini rivojlantiradi.
1.Umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarda milliy kuy-qo’shiqlarga ixlos uyg’otadi. Ularni musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg’usini o’stirib, musiqiy o’quvi va didini o’stiradi.
2. O’quvchilarda milliy merosimizga, ommaviy kuy-qo’shiqlarga, xalq aytimlariga va u orqali Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi.
3. Alla, lapar, terma qo’shiqlar vositasida o’quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatlari o’sib boradi.
Musiqa ohanglari lad va ritm tiyg’usi usullari asosida o’rgatiladi. Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib toptirishda pianino cholg’u asbob bilan birgalikda o’zbek milliy cholg’u asboblaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa doira chertib, qo’shiq kuylash, milliy raqs elementlarini ijro etish, ijodkorlik bilan shug’ullanish o’quvchilarni sehrli musiqa olamiga oshufta etadi. O’quvchilar bu jarayonda o’zbek xalq musiqa madaniyatini ijobiy an’analarini bevosita idrok etadilar. Maktabda o’quvchilar musiqiy estetik tarbiyani xalq musiqasi na’munalari orqali o’rganadilar. Hozirgi kunda barcha umumta’lim maktablarida bolalarni xalq musiqasi bilan tanishtirish DTS musiqa dasturi asosida olib borilmoqda. Ta’limni milliy ruhda rivojlantirish maqsadida birinchi sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasi bilan tanishtirib boriladi. Bunga misol qilib, I dasturida tinglash uchun birinchi “Dutor bayoti”, “Andijon polkasi”, “Farg’onacha”, “Olmacha anor”, “Allama yorim” kabi kuy-qo’shiqlarni keltirishimiz mumkin. Xalq musiqasi bolalar ongiga tez yetib boradi, ularni zavqlantiradi. Ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Chunki xalq musiqasi o’ziga xos badiiy tilga egdir. Unda milliy musiqa san’atimizning eng yorqin na’munalari o’z aksini topgan. Xalq musiqasi eng soda eng ixcham ravon yorqin ohangda ijro etiladi. Shuning ushun ham beshikda yotgan go’dak alla qo’shig’ini eshitishi bilan orom olib uxlab qoladi.Chunki, bu ohangda so’z, kuy, mutanosibligi og’zaki ijro etiladi. Shuning uchun ham ohanglar bir-biriga payvastdir.Asrlar davomida o’zbek kuy-qo’shiqlari xalqimiz orasida mehnat, to’y-marosim, kurash bayramlarida insonlar uchun ilhom manbai bo’lib kelgan.Biz musiqa madaniyati darslarida boshlang’ich sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlarini bolalarga tushunarli, tez va ifodali qilib yetkazish uchun turli metodlardan va innovatsion texnologiyalardan foydalanishimiz zarur. Musiqa san’ati boshqa san’at turlariga qaraganda insonlarga yaqin bo’lgan muhim san’at turidir. Xalqimiz azal-azaldan boy musiqa merosiga ega bo’lgan. Bebaho qadriyatlarimiz, boqiy merosimiz jahonni xayratga slogan mumtoz musiqa san’atimiz mavjud. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmunli va yo’nalishi umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi asosida belgilangan. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat,milliy ma’sulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mamlakatni mustaqil va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi.
Ta’lim tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Hozirgi davrda shaxs ma’naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta’lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko’tarishni taqozo etadi.
Bugungi kunda musiqa, ta’lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim.
Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi va yosh avlodni musiqa merosimizga vorislik qila oladigan yosh qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga yetkazishdan iborat. Buning uchun har bir o’quvchining musiqaga bo’lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish maktab musiqa darslariga bevosita bog’liq.
Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog’liq.Musiqa ta’lim tarbiyasining konsepsiyasida maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta’limini sifatli bosqichga ko’tarish uchun maktabda teng xuquqli fan hisoblanadi.
Bu esa hozirgi zamon o’quvchisidan dars mashg’ulotlariga ijobiy munosabatda bo’lishi, o’quvchilar musiqiy faoliyatlarini oshirishni to’g’ri tashkil etish va boshqarish faollikni talab etadi. Musiqa dars mashg’uloti sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega . Bu xususiyatlarni esa har bir o’qituvchi bilishi kerak.
Birinchidan musiqa tarixi nazariyasi ijrochilikka doir turli namunalardan ayrim mashqlari, musiqa savodi mashg’ulotlari, musiqa tinglash, musiqa ta’limi va adabiyoti, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlari, musiqada ijodkorlar faoliyatlaridan iborat darslar kiradi.
Ikkinchidan musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalar ya’ni “tili” bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’z bilan tasviriy san’at bilan, raqs badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqiy tovushlardan vujudga kelgan ohang vositasidan foydalanadi.
Uchinchidan musiqa bolalarda faol hissiy ta’sir ko’rsatadi, ijobiy ko’rsatmalar, kechinmalar uyg’otadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha dasturi bir dars o’zida ta’limning musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodxonligi bolalar cholg’u asboblari va ritmik harakatlar bajarish musiqa ijodkorlari kabi bosqichlar bir-biri bilan bog’lanib yaxlit holda amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak. Zamonaviy mashg’ulotlardan musiqa idroki yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o’ynaydi. Chunki bu bosqichda o’quvchilar faoliyatida ko’proq o’yin xususiyatlari bo’lib turadi. Shunday qilib ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalari to’laligicha amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni ilmiy uslub jihatdan yetakchi darajada ta’minlash, milliy musiqa ta’lim mazmunini anglash kabi muhim tadbirlar, shubhasiz musiqa tarbiya samaradorligini oshirishga imkon beradi. Bu esa musiqani maktab hayotida o’quvchilar qalbida keng o’rin egallashi va ularning ma’naviyatlarini shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi kunda barcha fan o’qituvchilari pedagog – tarbiyachi kadrlar oldida dolzarb bo’lib turgan eng muhim vazifa yoshlar ongiga milliy istiqlol mafkurasi g’oyalarini singdirishda musiqa madaniyati faning ham imkoniyatlari juda boy va rang- barangdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |