Omon muxtor hikoyalarida an`anaviylik



Download 24,99 Kb.
bet1/2
Sana26.05.2022
Hajmi24,99 Kb.
#609480
  1   2
Bog'liq
An`anaviylik maqola


OMON MUXTOR HIKOYALARIDA AN`ANAVIYLIK
An`ana (arabcha, nasldan naslga o`tuvchi qoida) – hayotda qaror topgan (topayotgan) udum, urf-odat va boshqa amallar1. An`analar milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va shu kabi turlarga bo`linadi2. Biz o`rganadigan adabiy an`ana maishiy an`ana turiga kiradi.
Adabiy an`ana yoki badiiy adabiyotda an`anaviylik deganda, adabiy-badiiy asarlarda qo`llaniladigan davrdan davrga, avloddan avlodga o`tib kelayotgan adabiy tajribalar: estetik qarashlar, tasviriy vositalar, tildagi obrazlilik va emotsionallik tushuniladi. Masalan, xalqlar do`stligi, zulm va razolatga nafrat kabilar.
Adabiyotshunos olim Dilmurod Quronov bu masalaga to’xtalar ekan, uni “O`tmish adabiyoti to`plagan ijodiy tajribalar, davrlar o`tishi bilan ahamiyati va dolzarbligini yo`qotmagan, boqiy qadriyatga aylanib, avloddan avlodga o`tib kelayotgan qismi3”, - deya izohlaydi.
Akademik olim Izzat Sulton esa an`anaviylikni “Har bir milliy adabiyotda asrlar mobaynida yig`ilib kelgan estetik tajriba – hayotning qanday tomonlarini tasvir etish hamda qanday usullar va vositalar bilan tasvir etish sohasidagi ijobiy yutuqlar4 ”, - deb ta`riflaydi.
Ya`ni adabiy an’ana deganda, ijodkorlar tomonidan qo`llaniladigan asriy, umuminsoniy, milliy va madaniy g`oyalar, tajribalar hamda usullar majmui tushuniladi.
Biz buni Omon Muxtor ijodida ham kuzatishimiz mumkin. Jumladan, uning “Shaharlik kelinchak” hikoyasida ayol kishining har nega ko`nuvchan va o`rganuvchan bo`lishi hamda mana shu o`rganganlarini o`z hayoti mazmuni sifatida bilib, shu hayot tarzini tark eta olmasligi tasvirlangan. Asardagi o`n sakkiz yoshli shaharlik qiz Nuriya obrazi orqali o`zbek ayollarigagina xos bo`lgan jihatlarni ko`rishimiz mumkin. Masalan, Nuriya turmush qurganidan keyin ko`ngliga baribir bir kuni shaharga qaytib ketish istagini tugib qo`ygan bo`lsa ham, o`z qaynona-qaynotasi va turmush o`rtog`ini hurmat qiladi, yuragidagi mavjud niyat bunga to`sqinlik qilmaydi. Bu jihat o`zbek ayolining odobi va andishasining yorqin dalili sifatida namoyon bo`la oladi. Shuningdek, suyagi og`ir mehnatda qotgan qishloq qizlariga o`xshamagan Nuriya uy-ro`zg`or, dala yumushlarini o`rganib, keyinchalik mazkur ishlarni ana shu qizlardan kam bo`lmagan holda bajara boshlaydi. Mazkur holat yuqorida aytilganidek, ayolning kirishuvchanligi va o`rganuvchanligining isboti bo`la oladi.
Nuriya eri Qodirjondan ham, uning otasi Muslim bobo, onasi Oqila bibidan ham – oila baxti hammaga birdek nasib etmagan og`ir davrda, ilk kunlarda mehr, faqat mehribonlik ko`rdi va bunday baxtni qadrlash kerakligini his etdi5”. Ya`ni bu tasvir orqali yozuvchi, avvalo, oila muqaddas dargoh ekanligi, mehr esa uni ushlab turuvchi muhim omillardan biriligini uqtirgan. Shuningdek, yaxshilikka yaxshilik bilan javob berish kerakligini nazarda tutgan. Bular g`oyalar an`anasining yorqin dalili ekanligini ko`ramiz.
Bundan tashqari, qaynonasi Oqila bibi va qaynotasi Muslim bobo ham o`z kelinini qiz sifatida qabul qilib, unga uy ishlarida yordamlashib yuradilar. Bu bilan yozuvchi inson qadrli ekani va mehnatkash insonning, garchi u katta yoshli bo`lsa ham, tinib-tinchimasligini ifodalab bergan. Yuqorida keltirilgan misollar hikoyaning milliy an`analar sifatida badiiy qimmatini ifodalashining yorqin dalilidir.
Shuningdek, an`anaviy detallardan ham foydalanilgan o`rinlarni uchratishimiz mumkin. Jumladan, to`y tasvirida Nuriyaning boshiga tashlangan katta ro`mol, chimildiq, qizigan childirma, arava, yonayotgan olov, chustdo`ppi kabilar buning yorqin dalilidir.
Uning boshqa bir “Muhabbat” hikoyasida ham an`anaviylik unsurlarini uchratamiz. Hikoya ikki yosh o`rtasida paydo bo`lgan hamda ishonch, hurmat kabi tuyg`ularga amal qilmaslik tufayli parchalangan sevgi va inson shaxsining naqadar qadrli ekanligini haqidadir.
Asar bosh qahramonlari Sobir va Karimaning tanishuv manzarasi va hikoya davomida ijodkor an`anaviy savol-javob usulidan foydalangan:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish