Mavzu: Tibbiyot genetikasi sohasidagi yutuqlar, muammolar va istiqbollar haqida



Download 0,78 Mb.
bet1/3
Sana04.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#636852
  1   2   3

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI



TABIIY FANLAR FAKULTETI


SIRTQI BIOLOGIYA YO’NALISHI
193-GURUH (SIRTQI) TALABASI
O’rinboyeva Sevinchoyning ’’Genetika va genomika asoslari “ FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: Tibbiyot genetikasi sohasidagi yutuqlar, muammolar va istiqbollar haqida.
Topshirdi:O’rinboyeva Sevinchoy
Qabul qildi:


Urganch 2022

Reja:
I.Kirish. (3-5-bet)


II.Asosiy qism
1.Tibbiyot genetikasining yutuqlari. (6-11-bet)
2.Tibbiyot genetikasining vazifalari. (12-14-bet)
3.Tibbiyot genetikasining muammolari. (15-20)
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda aholi soning tezkorlik bilan o’sib borishi va odam organizmida tashqi muhitning modifikator tasiri yoki radiatsiyasi turli xil omillari ta’sirida organizmda kelib chiqishi mumkin bo’lgan irsiy o’zgarishlarni o’rganish va buni oldini olish va tahlil qilish texnalogiyalarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalarni qo’ymoqda.
O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning 1992-yilda “Geninmar” markazini tashkil qilinishi ham ayni shu sohaning rivojlanish tamal toshi hisoblanadi.
Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo’lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o’ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo’lgan yurtlarning donishmandlari — eng mo’tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O’zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o’z o’rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir.
Respublikamizning o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, buyuk kelajakni yaratuvchi barkamol avlodni, yangi zamon va yangi jamiyat kishisini tarbiyalashdek o’ta mas’uliyatli, mashaqqatli va ayni zamonda o’ta dolzarb bo’lgan vazifani ko’ndalang qilib qo’ydi. Hozirda, vujudga kelgan iqtisodiy sharoit yangicha ma’naviy tafakkurga ega bo’lgan, dunyoga yangicha ko’z bilan qaraydigan, yangicha fikrlaydigan, avlodning ishtirokini taqozo etmoqda.

Tadqiqotning maqsadi. Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar pirovard
natijada jahon talablari darajasidagi bilim va ko'nikmalarga ega raqobatbardosh
kadrlami tayayorlashni ko'zda tutadi. Bu vazifalami amalga oshirish maqsadida ishlab
chiqilgan Davlat ta’lim standartlari, o'quv rejalari, hamda dasturlari boy
dunyoqarashga, yuqori ilmiy saviyaga ega bo'lgan mutaxassislami shakllantirish uchun
xizmat qiladi.
Tibbiyot sohasining rivojlanishi bilan birga ,tibbiyot genetikasi kurslari ham kadr tayyorlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu kurs tibbiyotning asosiy qismlaridan biri bo'lgan
tibbiyot genetikasini vazifalari va ahamiyati haqidagi bilimlarini
shakllantirishdan iborat.



Tadqiqot vazifalari. Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib, tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan:

  • Tibbiyot genetikasiga umumiy tavsif berish .

  • Tibbiyot genetikasining ahamiyatini o’rganish.

  • Tibbiyot genetikasining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.

  • Tibbiyot genetikasining ahamiyati , kelib chiqishi kabi yo’nalishlarni biologiya darslarida yangi pedagogik texnalogiyalar asosida o’quvchilarga yoritib berishdan iborat.


Adabiyotlar tahlili. Qo'lIanmaning sistematika qismi professor Bekmuhammedov va Qushanov tomonidan yozilgan. Mazkur
qo'Ilanmani yozishda Abdikulov , Matkarimov ishlaridan va boshqa manba’lardan foydalanildi.

Tibbiyot genetikasining yutuqlari.


1970-yillardan boshlab Oʻzbekistonda genetika fani rivojlana boshladi. Bu rivojlanishga akademiklardan X.Toʻraqulov, J.H.Hamidov, J.A.Musayev, professor A.T.Oqilovlar katta hissa qoʻshishdi. Olimlardan Majidov va Shomansurovlar asab kasalliklari patogenezida irsiy omillarning rolini oʻrgandilar. 1971-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutida Markaziy Osiyoda birinchi marta Hamidov va Oqilovlar rahbarligida tibbiy genetik maslatxona tashkil etildi. Odam genetikasi - genetika fanining bir boʻlimi; odam irsiyatining saqlanishi, nasldan-naslga oʻtishi va avlodda namoyon boʻlishini oʻrganadi. O.g . shartli ravishda inson genetikasi (antropogenetika) va tibbiyot genetika-siga boʻlinadi. Antropogenetika odam organizmi normal belgilarining ir-siyligi va oʻzgaruvchanligini, tibbiyot genetikasi esa uning irsiy patologi-yasini oʻrganadi. O.g . 19-asrning oxirlaridan rivojlana boshladi. Bu davrda xdli irsiyatni oʻrganuvchi usullar kam boʻlganligi sababli, odam ayrim belgilarining nasldan naslga oʻtishini oʻrganishda egizaklar usulidan foydalaniladi. 20-asrning boshlaridan odamning populyasion genetikasi rivojlana boshladi. Populyasion genetika maʼlum bir chegaralangan gurux, odamlardagi geografik, etnik, tabakali va boshqa genlarning turlari va tarkibining oʻzgarishini oʻrganadi. Bundan tashqari, bu usul yordamida odamning tur si-fatida evolyusion shakllanishi, ularning sut emizuvchilardan irsiy farqlari, zamonaviy odam populyasiyalaridagi irsiy oʻzgaruvchanliklarni oʻrganish mumkin.
20-asrning 20—30- yillaridan boshlab odamdagi mutatsiyalar oʻrganila boshlandi. Odam irsiyatini oʻrganishda uni xavfli mutatsiyalardan himoya qilish katta ahamiyatga ega, chunki texnika rivojlanishi va kimyoviy vositalar koʻp ishlatilishi tufayli odam orga-nizmiga mutagen omillar taʼsiri oshib bormoqda.
20-asrning oʻrtalariga kelib va radiatsion genetika rivojlanishi bilan O.g .ni oʻrganish yana kuchaydi. 1956 yil odamda 46 ta xromosoma (23 juft) borligi aniklandi, 1959 yilda esa odamning birinchi xromosoma kasalligi (Daun kasalligi) kashf kilindi.O.g . xromosomadagi har bir genii, ularning xromosomada joylashishi, namoyon qiladigan belgilarini va bu belgilar yuzaga kelishida irsiyat va tashqi muhitning ahamiyatini, mutatsiyalarning yuzaga kelish sabablarini oʻrganadi. Izlanishlar natijasida irsiy xilma-xillik yoki polimorfizm kashf etildi. Mas, gemoglobinning 200 ga yaqin turi borligi, fermentlarning turli-tuman shakllari va boshqa aniklandi.Irsiyatning xromosoma va genlarini oʻrganishda molekulyar biologiyaning bir necha usullari; sitogenetik, biokimyoviy, immunogenetik, gen inje-neriyasi va h.k.dan foydalaniladi.Sitogenetik usullar odam xromoso-malari soni, ularning tuzilishini oʻrganish imkonini berdi, natijada koʻpgina irsiy kasalliklarni aniklash mumkin boʻldi. Biokimyoviy usullar yordamida gendan u nazorat qiladigan belgigacha boʻlgan yoʻl oʻrganilib, irsiy kasalliklarga tashhis qoʻyish va ularni davolash usullari ishlab chi-qildi. Immun javobning rivojlanish mexanizmlari oʻrganilganda bir guruh genlar (markaziy gistomoslik kompleksi genlari)ning ahamiyati juda katta ekanligi aniqlandi. Bu sistema omillari organizmning noyobligini taʼminlashda, xujayralararo reaksi-yalarni amalga oshirishda, immun javob kuchini nazorat qilishda qatnasha-di, yaʼni sistema donor—transplantat ni tanlay bilishda, yangi immun tiklash usullarini ishlab chiqish, tugʻma kasalliklarni oldindan aniqlab olishda ahamiyati katta.20-asrning oxirida amerika olimlari odam genlari kartasini toʻliq oʻrganib chiqishga muvaffaq boʻlishdi. Bu kashfiyot endilikda gen injeneriyasi metodlari yordamida irsiy kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqishga imkon beradi. Shu bilan birga irsiy kasalliklarni homiladorlikning ilk davrlarida aniqlash (pre-natal tashhis) usullari ishlab chiqilmoqda.Gen injeneriyasi usullari yordamida bepusht ayolga probirkalarda chatishtirilgan homila implantatsiya qilinmokda, natijada ular farzand koʻrish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.O.g .ni oʻrganishdagi bilimlar asosida hozirgi koʻp mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda genetik maslahatxonalar va genetik skrining markazlari ochilib, ularning kelajak avlodning sogʻlom tugʻilib, ulgʻayishida ahamiyati ortib bormoqda.
Odam genetikasi — irsiyat va o’zgaruvchanlikni o’rganadigan genetika fanining bir shoxobchasi bo’lib, u odamdagi irsiyat va o’zgaruvchanlini o’rganadi. Odam genetikasi antropologiya va tibbiyot bilan uzviy aloqadordir. Odam genetikasi shartli ravishda antropogenetika va tibbiyot genetikasidan tashkil topgan. Antropogenetika odam organizimidagi normal belgi-xossalarning, tibbiyot genetikasi esa uning patalogiyasi ya’ni nasliy illat, nuqsonlarning irsiylanishini tadqiq qiladi. Odam genetic obyekt sifatida genetika fanida irsiyat va o’zgaruvchanlik qonunlari no’xot, drozofila meva pashshasi, neytrospora, ichak tayoqchasi bakteriyalarida ixtiro qilingan. O’simlik, hayvon va mikroorganizmlarda turli genetik tadqiqotlar olib boorish mumkin. Biroq o’simlik, hayvon va mikroorganizmlarda olib boriladigan genetic usullarning barchasini odamlarda qo’llab bo’lmaydi. Bunga asosiy sabab, odam faqat biologik rivijlanishnigina emas, balkim ijtimoiy omillar mahsuli hamdir. Shu sababli odamdagi odamdagi irsiyat va o’zgaruvchanlini o’rganishda bir qancha qiyinchiliklar uchraydi. Odam genetikasining tarmoqlari:
Tibbiyot genetikasi;
Demografik genetika;
Farmokologik genetika;
Sitogenetika;
Immunogenetika;
Biokimyoviy genetika;
Pedagogik genetika.
Odam genetikasini o’rganish ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega.
inson genetikasi
Odam genetikasi usullari: 7. Biokimyoviy 2. Sitogenetik 6. Tvinnizatsiya 1. Geneologik 5. Somatik hujayralar genetikasi usuli 3. Dermatoglifik 4. Modellashtirish (biologik va matematik) 8. Populyatsiya-statistik
Shajaraviy usul
Belgining tabiati merosining asosiy turlari
1. Avtosomal dominant 2. Avtosomal retsessiv 3. Jins bilan bog'liq
Avtosomal dominant meros:

Turli xil turmush qurgan juftliklarning dominant xususiyatiga ega bo'lgan avlodlarning paydo bo'lishi ehtimoli
Avtosomal retsessiv meros

Turli xil turmush qurgan juftliklarning retsessiv xususiyatiga ega nasl ehtimoli
Jins bilan bog'liq meros turi

Xususiyatning X-ga bog'liq merosxo'rligi bilan nasabnomalar. Belgilanishlarning X-ga bog'liq merosxo'rligi bilan nasabnomalar. Y bilan bog'liq merosda nasabnomalar.
Xususiyatning X-ga bog'liq merosxo'rligi bilan nasabnomalar.
X bilan bog'langan dominant meros turining asosiy belgilari: 1) kasallik erkaklar va ayollarda uchraydi, lekin ayollarda ikki baravar ko'p uchraydi; 2) kasal erkak mutant allelni faqat qizlariga beradi, o'g'illariga emas, chunki ikkinchisi Y xromosomasini otadan oladi; 3) kasal ayollar mutant allelni jinsidan qat'i nazar, bolalarining yarmiga yuboradi; 4) kasallikka chalingan ayollar erkaklarnikidan (gomizigotalar) nisbatan kamroq azob chekishadi (ular heterozigot).
Belgilanishlarning X-ga bog'liq merosxo'rligi bilan nasabnomalar.

X bilan bog'langan retsessiv merosning asosiy belgilari: 1) kasallik asosan erkaklarda uchraydi; 2) belgi (kasallik) kasal otadan uning fenotipik jihatdan sog'lom qizlari orqali nevaralarining yarmiga yuqadi; 3) kasallik hech qachon otadan bolaga yuqmaydi; 4) tashuvchilar ba'zida patologiyaning subklinik belgilarini ko'rsatadi (qalqonsimon bezning disfunktsiyasi) Y bilan bog'liq merosda nasabnomalar.
Y bilan bog'langan (gollandiyalik) meros bilan nasab. Y xromosomasining faqat erkaklarda bo'lishi, faqat erkaklarda uchraydigan va erkak avlodlari orqali nasldan naslga otadan o'g'ilga yuqadigan Y bilan bog'langan yoki gollandiyalik xususiyatning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntiradi
Egizak usul
Egizak usul irsiy va atrof-muhitning har qanday normal yoki patologik belgining rivojlanishiga ta'siri darajasini baholash uchun inson genetikasida qo'llaniladi.
Sitogenetik usul
Sitogenetik usul inson hujayralaridagi xromosomalarni mikroskopik o'rganishga asoslangan.
Aholining statistik usuli
Populyatsion-statistik usul yordamida irsiy xususiyatlar aholining katta guruhlarida, bir yoki bir necha avlodlarda o'rganiladi. Ushbu usuldan foydalanishda muhim nuqta - olingan ma'lumotlarni statistik qayta ishlash. Ushbu usul yordamida genning turli allellari populyatsiyasida paydo bo'lish chastotasini va ushbu allellar uchun turli xil genotiplarni hisoblash, unda turli xil irsiy xususiyatlarning, shu jumladan kasalliklarning tarqalishini aniqlashda foydalanish mumkin. Modellashtirish usuli
Odamlarda nasldan naslga o'tadigan patologik xususiyatlarni hayvonlarga taqlid qilish usuli. Uning nazariy asoslari N.I.ning irsiy o'zgaruvchanlikning gomologik qatori qonunidir. Vavilov, unga ko'ra irsiy jihatdan o'xshash turlar va nasllar o'xshash irsiy o'zgaruvchanlik seriyasiga ega
Somatik hujayralarni duragaylash usullari.
Somatik hujayralar genetikasi usulini qo'llash quyidagilarga imkon beradi: Genlarning asosiy ta'sir mexanizmlarini va genlarning o'zaro ta'sirini o'rganish. Faktorlarning mutagen ta'sirini aniqlashga imkon beradi atrof-muhit... Irsiy kasalliklarni aniq tashxislash imkoniyatlarini kengaytiradi. antropologiya va tibbiyot bilan chambarchas bog'liq. Genetika an'anaviy ravishda antropogenetikaga bo'linadi, u inson tanasining normal xususiyatlarining irsiyatliligi va o'zgaruvchanligini o'rganadi va uning irsiy patologiyasini (kasalliklar, nuqsonlar, deformatsiyalar va boshqalarni) o'rganadigan tibbiy genetika. Tibbiy genetikaning vazifalari ota-onalar orasida kasallik tashuvchilarni o'z vaqtida aniqlash, kasal bolalarni aniqlash va ularni davolash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. Genetik tibbiy konsultatsiyalar va prenatal diagnostika genetik jihatdan aniqlangan kasalliklarning oldini olishda muhim rol o'ynaydi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish