O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik


Quyultirilgan diffuziya sharbatini kristallash



Download 2,24 Mb.
bet16/59
Sana03.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#315936
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Bog'liq
2 5193027245148476411

6. Quyultirilgan diffuziya sharbatini kristallash. Diffuziya sharbatini kristallash - uni ishlab chiqarishdagi oxirgi tugallovchi bosqichi hisoblanadi. Bu etapda ko‘p komponentli turli xil aralashmali siropdan, deyarli toza saxaroza ajratib olinadi.

SHarbat tozalash bo‘limida diffuziya sharbatidan shakarmaslarni 1/3 qismiga yaqini chiqariladi, qolgan qismi esa saxaroza bilan birga mahsulot bo‘limiga o‘tib, saxarozani katta qismi shakar kristallari ko‘rinishida kristallanadi, shakarmaslar esa kristallar orasidagi eritmada qoladi.

Saxarozani kristallash vakuum apparatlarda saxarozani parchalanishi oldini olish va rang beruvchi moddalarni hosil bo‘lishidan asrash maqsadida past temperaturalarda (yuqori razrejeniya ostida) o‘tqaziladi.

Kristallizasiyalash texnologiyalarini takomillashtirishdagi asosiy yo‘nalishlar, lavlagi tarkibidagi saxarozani maksimal darajada ajratishga, suv bug‘uni kam sarflashga, shakar zavodlardagi vakuum-apparatlari suv bug‘ini eng ko‘p istimolchilari bo‘lganligi sababli yoqilg‘ini tejashga ham qaratilgan. Bu talablarga javob beradigan mahsulot bo‘limi uch kristallizasion sxema hisoblanadi. Bu sxemadan shakar zavodlarda foydalanilganida 1 t qayta ishlangan lavlagiga sarflangan issiqlik energiyasi 1,147 GDj tashkil etadi. Bu sxema bo‘yicha sirop va I, II kristallizasiyadan hosil bo‘lgan sariq shakar klerovkasi bilan 1 sbornikdan 2 vakuum apparatga uzatilib, quruqlik miqdori 92,5 % etgunga qadar qaynatiladi. I kristallizasiyani tayyor bo‘lgan utfelini 34 utfel aralashtirgichga to‘kiladi, va 75 oS li qaynoq suv qo‘shiladi.

Bo‘shatilgan vakuum-apparatni bug‘latish qurilmasini I korpusidan olingan bug‘ bilan qayta ishlanadi.

Utfel 34 utfel aralashtirgichdan 31 utfel tarqatuvchi orqali 32 sentrafugaga uzutilib, u erda ikki oqimga ajratiladi: birinchisi (kristallar orasidagi eritmali utfel, tarkibidagi zarrachalar o‘lchami kichkina bo‘ladi) va ikkinchisi hosil bo‘lgan shakarni 70 – 95 oS li toza suv bilan yuvilgan saxaroza kristallari.

Namligi 0,8 – 1 % bo‘lgan oqartirilgan shakarni 33 vibrotranspoter va 9 elevator yordamida 10 quritib sovutgichga uzatilib, idishsiz saqlashdagi namligi 0,03 %, idishli saqlashdagi namligi 0,14 % gacha issiq havo bilan quritiladi va saqlashga jo‘natiladi. SHakar qumi tarkibidagi ferromagnetli aralashmalarni tutib qolish uchun lentali transporter tepasida 13 elektromagnetli separator o‘rnatilgan. 14 sortirovkalovchi qurilmada shakar qumi tarkibidagi hosil bo‘lgan bo‘laklari ajratilib uch fraksiyaga ajratiladi va 15 bunkerga uzatiladi. Quritish – sovutish qurilmasidagi havo ventelyator yordamida so‘rib olinib 11 siklonda tozalanib, siklondagi 12 ho‘l tozalashdan o‘tqaziladi. Tutib qolingan shakar pudralari va shakar bo‘laklari 16 aralashtirgichda II saturasiya sharbatida eritiladi va bu eritma 30 klerovka apparatiga uzatiladi.

II kristallizasiya utfeli (II utfel) bilan birinchidan chiqqan oqim qo‘shilib 5 vakuum apparatda quruqlik miqdori 93 % gacha qaynatilib 25 utfelaralashtirgichga to‘kiladi. Utfellari to‘kilgandan keyin vakuum- apparatlar bug‘ bilan ishlov berilib, kondensat bidan shakar qoldiqlari yig‘ilib shu 25 utfelaralashtirgichga qo‘shiladi. So‘ngra utfel 26 utfel tarqatuvchi orqali 28 sentrifugaga uzatiladi.

III utfel kristallizasiyasida (utfel III), 8 vakuum-apparatlarga ketma ket birinchi va ikkinchi otteklar bilan raffinasiya oqimi aralashtirib qaynatib quyultiriladi. Utfelni quyultirishda zaruriyat tug‘ulganida 4 sbornikdan I utvelni ikkinchi oqimi olib aralashtiriladi. III kristallizatordan chiqqan tayyor utfelni quruqlik miqdori 93,5 – 94 % gacha bo‘ladi. So‘ngra 18 utfelaralashtirgich orqali 19 kristalizasion qurilmaga uzatiladi. Bu erda 32 soat ichida 70 – 75 oS dan 35 – 40 oS gacha saxaroza qo‘shimcha kristallanadi. 21 utfelaralashtirgichda 45 – 50 oS gacha qizdiriladi va 22 sentrifugada oqartirmasdan sentrifugalanadi. Ajratilgan oqim (melassa) 23 nasos yordamida 17 tarozidan o‘tqazilib saqlagichlarga uzatiladi. III kristallizatordan chiqqan shakarni 24 affinatorga uzatiladi. Affinatordan utfel 26 utfeltarqatigich yordaimida 27 setrifugalarda sentrifugalanadi. Affinasion oqim va affinasiyani oqartirib yuvilganidan hosil bo‘lgan suv bilan birag II utfel sbornikiga uzatiladi.




Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish