4. Diffuziya sharbatini tozalashdagi I-chi va II-saturasiya jarayonlari.
DIFFUZIYA SHARBATINI I SATURASIYASI
Tarkibida koagulyant, eritmadagi gidroksil kalsiy va cho‘kma bo‘lgan defekasiya sharbati uglerod ikki oksidi I saturasiyasiga yuboriladi. Reaksiya natijasida uglerod ikki oksidi bilan gidroksil kalsiy SaSO3 kristallarini hosil qilib cho‘kmaga tushadi. endigina poydo bo‘lgan musbat zaryadlangan karbonat kalsiy yuzasiga eritmadagi manfiy zaryadlangan shakarmaslar: aminokislotalar, karbon kislota tuzlari, rang beruvchi moddalar va boshqalar adsorbsiyalanadi.
Bundan shuni kuzatish mumkinki, dastlabki va asosiy defekasiyalarda kimyoviy tozalash kaogulyasiya, cho‘ktirish va shakarmaslarni parchalash usullari bilan o‘tkazilgan bo‘lsa, I saturasiyada esa fiziko-kimyoviy tozalash adsorbsiya usulidagi I saturasiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
SHunday qilib, I saturasiyani vazifasi, oxak bilan cho‘ktirilgan shakarmaslarni (dastlab va asosiy defekasiyalarda cho‘ktirilgan cho‘kmalarni eritmaga o‘tishini minimal darajada saqlab) to‘liqroq darajada ajratish, oxak bilan cho‘ktirilgan shakarmaslar uchun adsorbsiya samarasini maksimal darajaga etqazish va yaxshi filtrasion, sedimentasion xossalarga ega bo‘lgan cho‘kmalar hosil qilish.
I saturasiyaning birinchi vazifasi sharbatni yuqori ishqoriyligi hisobida bo‘lsa, qolgan ikkitasi esa karbonat kalsiyni cho‘ktirish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.
I-Saturasiyani o‘tqazish. Absorbsiya tezligi, yuqorida keltirib o‘tilgandek gidrooksid kalsiyni karbonizasiya darajasi va ishqoriyligiga bog‘liq, boshlang‘ich ishqoriyligi qanchalik yuqori va karbonizasiya darajasi esa qanchalik past bo‘lsa, uglerod ikki oksidini (SO2) absorbsiya tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. O‘z navbatida SO2 esa absorbsiya tezligi, va saturasiya gazidagi konsentrasiyasi ko‘payishi bilan ortadi.
I-saturasiyani 80-85 0S da o‘tkaziladi, negaki asosiy defekasiyada 85-90 0S gacha qizdirilgan sharbatni xarorati 4-5 0S gacha pasayadi. Karbonat kalsiyda shakarmaslarni adsorbsiyasi past temperaturalarda (40-60 oS) o‘tkazilishi yaxshi samara beradi, ammo bu rejimda saturasiyalash sharbatni kuchli ko‘pirib ketishi sababli juda qiyin kechadi.
Ko‘pgina shakar zavodlarida saturasiya bir pog‘onali to‘xtovsiz ishlaydigan saturatorlarda o‘tqaziladi.
Bir pog‘onali saturasiya. Bunday saturasiyani qarama-qarshi oqimli bir pog‘onali reshetkali saturatorlarda o‘tqaziladi. Bir pog‘onali retkali saturator (5-rasm), vertikal silindrsimon idish bo‘lib, yuqori qismi (saturasiya jarayonida hosil bo‘ladigan ko‘pikni tutib qolishi uchun) kengaytirilgan. Korpusni 1 pastki qismida bir-biridan bir xil masofada va balandlikda sharbatdagi gaz pufaklarini bir teksda tarqatish maqsadida joylashtirilgan uchta to‘siq 2 poydevorlar o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |