5-rasm. Diffuziya sharbatini SO2-gazi bilan to‘yintirish uskunasi saturator
Defekasiyalangan sharbat 3 tarqatuvchi tarelkadan uzoq bo‘lmagan masofada saturatorni yuqori qismidan, saturasion gaz esa kopressor yordamida pastki qismidan uzatiladi. Gazli kompressor saturatordan pastda joylashganligi uchun, gaz saturatorni V-simon qismidan uzatiladi.
Qayta ishlangan saturasiya gazi atmosferaga chiqarib yuboriladi, sharbatni zarrachalari esa 5-zont va 4-separator yordamida tutib qolinadi.
Saturasiyalangan sharbat 8-kontrol yashshika kelib quyiladi va 7 harakatlanuvchan shit yordamida ikki qismga bo‘linadi: bunda bir qismi dastlabkidefekasiyaga, ikkinchi qismi esa filtrlash va keyingi qayta ishlashga uzatiladi. Saturatordagi sharbatni balandligi 4-5 m ushlab turiladi. Xosil bo‘ladigan ko‘pikni sathi 6 trubka yordamida boshqariladi ya’ni, agarda undan kontrol yashikka sharbat tusha boshlasa, saturatorni yuqori qismiga ko‘pikni o‘chirish uchun suv bug‘i uzatiladi. I-saturasiya sharbatini optimal rN darajasi avtomatik ravishda boshqarilib turiladi. Saturasiyalangan sharbatni tayyorligini kontrol yashikdan olinadigan analiz yordamida kuzatib boriladi. Reshyotkali saturatorda jarayonni davomiyligi 10-daqiqa bo‘lganida, uglerod ikki oksidini qo‘lanilish samaradorligi 60-65% tashkil etadi
DIFFUZIYA SHARBATINI II – SATURASIYASI.
Ikkinchi saturasiyaga tarkibida (0,09 – 0,11 % SaO), saxaroza, KON, NaON, SaA2 va boshqa shakarmaslar bo‘lgan sharbat kelib tushadi. Diffuziya sharbatini uglerod ikki oksidi bilan ikkilamchi qayta ishlashdan maqsad, I – saturasiya o‘tqazilgandan keyin sharbat tarkibidagi erkin gidrooksid kalsiy, kaliy va natriy tuzlarini organik kislotalar va komplekslar ko‘rinishida to‘liq cho‘ktirish. SHarbat tarkibidagi kalsiyli tuzlarni oxirigicha chiqarilmasligi natijasida, bug‘latish apparati issiqlik almashgichlari yuzasidagi kuyindilarni hosil bo‘lishini tezlashtirib saxaroza yo‘qotilishini ortiradi.
II – saturasiyada kechadigan kimyoviy reaksiyalar.
II–saturasiyada I–saturasiyadagi kabi sharbat orqali SO2 o‘tqazilganida SaSO3 hosil bo‘lishi natijasida sharbatni ishqoriyligi taxminan 0,02 % SaO gacha pasayadi (rN20 9,2 – 9,5):
Sa (ON)2 Q N2SO3 q SaSO3 Q 2N2O.
Gidrooksid kalsiyni cho‘kishi bilan ko‘mir kislotasi KON va NaON lar bilan ularni karbonatlarini hosil qiladi. SHu bilan birga ishqoriyligi yanada pasayib boradi:
2KON Q N2SO3 q K2SO3 Q 2N2O.
Kalsiy tuzlari bilan K2SO3 reaksiyalari natijasida karbonat kalsiy tuzlarini cho‘kishi ro‘y beradi.
K2SO3 Q SaA2 q SaSO3 Q 2KA,
bu erda A – Sa2Q bilan difekasiyada erigan tuzlar hosil qilgan kislotalar anioni.
Bu reaksiya, sharbatdagi erigan kalsiy tuzlar konsentrasiyasini pasayishiga yordam berishi sababli, II saturasiya uchun juda muhum rol o‘ynaydi. YAxshi saturasiyalangan sharbat tarkibida erkin kalsiy gilrooksidlari qolmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |