Diffuziyalangan sharbat olish.
Ekstraksiyalash (diffuziyalash) deganda bir yoki bir nechta komponentlarni tarkibi bo‘yicha murakkab bo‘lgan xom ashyodan erituvchi yordamida ajratib olish jarayoni tushuniladi. Qand va boshqa ko‘p moddalar lavlagi to‘qimasining xujayrasida erigan holatda bo‘lishiga qaramasdan ularni ajratib olish aynan ekstraksion jarayon (yoki diffuzion jarayon deb ham aytiladi) hisoblanadi.
SHuning uchun diffuzion jarayonni ta’riflaganda issiqlik va massa almashinish nazariyasini tadbiq etish mumkin. Qand lavlagi to‘qimlaridagi qandni diffuziyalash ba’zan molekulyar deb aytiladigan moddalarni bir qism teng holatda turgan sistemani atomlarini molekula, ionlar va zarrachalarni issiqlik harakati bilan boshqasiga o‘tishi nazarda tutiladi. Professor P.M.Silin diffuziyalashni asosiy qonunidan foydalanib lavlagi qirindisidan qarama-qarshi oqimga asoslangan sharbatni ekstraksiyalash nazariyasini yaratib, shakar qand olish texnologiyasini fundamental asosini rivojlanishiga o‘zini hissasini qo‘shganligi oqibatida diffuziyalash jarayonini yangi rivojlanish bosqichi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lindi. Uzluksiz ravishda ishlaydigan diffuziyalash apparatida lavlagi qirindisi va ekstragent (suv) bir-biriga qarab harakatlanib aralashib ketadi. SHu sababli qand S2 konsentrasiyasi bor bo‘lgan qirindi sekin-asta qandsizlanadi S1, suv esa (S1q 0) o‘ziga qand va erigan noqand moddalarni qabul qilib ekstraksiyalangan yoki diffuziyalangan qand S2 sharbatiga aylanadi
Lavlagidan saxarozani ekstraksiyalash sxemasi
bu erda: S2, S1, s1, s2 – Lavlagi qirindisi,ekstraksiyalangan qirindidagi, ekstragentdagi va diffuziyalangan sharbatdagi, saxaroza konsenrasiyasi.
Ekstraksiyalangan qand bilan birga lavlagi qirindisidan diffuziyalangan sharbatga 60-70 % umumiy azot, kaliy, natriy, magniy oksidlari 95 % aminli va ammiakli azot hamda 75-80% fosfor R2O5 o‘tadi. Uzilib ketgan qirindini xujayralaridan 30 % gacha oqsil yuviladi. Qolgan noqand moddalar lavlagi qirindisining xujayralarini devorlarida ushlanib qoladi.
Qand zavodlarida lavlagi qirindisidan qandni ajratish jarayoni asosan vertikal va qiya joylashgan uzluksiz ishlovchi shnekli, ratasion diffuzion apparatlarida amalga oshiriladi. Ushbu apparatlarga quyidagi asosiy talab - qirindi bilan apparatni ishchi qismini bir tekis to‘ldirishda ekstrakt bilan qirindi o‘rtasidagi qarama-qarshi oqimni qonun-qoidasiga qat’iy rioya qilish nazarda tutiladi. 8-rasmda qiya joylashtirilgan qaynoq suv bilan chayish qurilmasi bo‘lgan vertikal qurilgan diffuzion apparatda sharbat olish texnologik tizimi ko‘rsatilgan. Pishib etilgan sog‘lom lavlagini diffuzion qurilmada qayta ishlashda quyidagi rejimni ushlab turish tavsiya etiladi:
100 gr qirindi uzunligi, m 11-13
lavlagi og‘irligiga nisbatan diffuzion sharbatni olish % da 125-130.
SHarbat qirindisi aralashmasini vertikal balandligi bo‘yicha, o‘rta harorati 0S pastki qismida – 74-75; o‘rtasida – 73; yuqorisida-68-70; davomiyligi, min, faol diffuziya – 75-80; qirindini qaynoq suvda chayish 13-19; Diffuzion apparatni ishchi hajmini qirindi bilan to‘ldirishni solishtirma taqsimoti, t/m3 – 0,70; qaynoq suvda chayish apparatini – 0,72 t/m3. Diffuzion sharbatni harorati 0S 45-55; jomniki – 68; tiniq suvniki – 70; jomli presslangan suv - 750S. Ayrim qand zavodlarida sutkasiga 1,5-2,5 ming tonna lavlagini qayta ishlaydigan ratasion diffuziyalash apparatlari ham qo‘llanib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |