O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik


X. Akbarov A Buvajonov



Download 2,24 Mb.
bet2/59
Sana03.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#315936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
2 5193027245148476411

X. Akbarov


A Buvajonov.

X.Adilov



«Andijon mashinasozlik» inistituti

«Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi

mudiri dotsen t

“Andijon yog‘-moy”AJ

Bosh texnolog

“Andijondonmaxsulotlari” AJ mutaxasisi




Ma’ruza mashg‘ulotlari

MUNDARIJA



O‘QUV MATERIALLAR

betlar

1

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning ahamiyati rivojlanishi.




2

Don maxsulotlarini saqlash.




3

Donni qayta ishlash asoslari.un va yorma ishlab chiqarish va saqlash.




4

Kand lavlagini vaqtinchalik saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.




5

Moy ishlab chiqarish texnologiyasi.




6

Omixta yem ishlab chiqarish va saqlash.




7

YOpilgan non sifatini baho berish




8

Paxta xom ashyosini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.




9

Kanopni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.







2-modul qishloq xo‘jalik maxsulotlarini

qayta ishlash nazariy asoslari






10

Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlashda sovuq zanjir tizimini qullash.




11

Saqlash ombor turlari va tuzilishi.




12

Kartoshka, sabzavot saqlash texnologiyasi




13

Poliz ekinlari mahsulotlarini saqlash texnologiyasi





1-Mavzu : Kirish. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning ahamiyati, rivojlanishi (2-soat)

Reja:


  1. Kirish.

  2. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning tarixi.

  3. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning xozirgi ahvoli.

  4. Sohaga taalluq li qabul qilingan qonun va farmoyishlar.

Adabiyotlar: 1, 3, 4, 6.

  1. Qishlok xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish mahsulotlarni saqlash va qayta ishlashni o‘rganadigan fandir. Ushbu fan barcha iqtisod mutaxassislari uchun 2-kursda o‘qilishi avvalgi dasturda o‘tilgan fanlarga asoslangandir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish fanining asosiy vazifasi xom-ashyoning isrofgarchiligini ogohlantirish va to‘xtatish hamda ulardan ko‘p miqdorda sifatli mahsulot olish hisoblanadi. Texnologiya xom-ashyodan unumli foydalanishni, shuningdek uni qayta ishlagandan keyin chiqqan chiqitlardan o‘simlikshunoslik va chorvachilikni rivojlantirishda foydalanishni o‘rgatadi. Qishloq xo‘jalik mutaxassislari o‘zi etishtirgan mahsulotni qanday maqsadda ishlatilishini bilishi shart. Bu fanni bilish barcha mutaxassis uchun yuqori va sifatli hosil olishda xizmat qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni qo‘llaganda agrosanoat majmui bir yaxlit tashkilot singari boshqarilishi, rejalashtirilishi va iqtisodiy ta’minlanishi kerak. Majmuining barcha bo‘g‘inlarida agrar ishlab chiqarish birlashmalariga o‘rnini oshirish hamda aholini oziq-ovqat bilan muntazam ta’minlashda ma’suliyatni chuqur his qildirish. Agrosanoat tarkibida barcha sohalar bilan qishloq xo‘jaligi fani o‘rtasida aloqalarni kuchaytirish xo‘jaliklarning qayta ishlash korxonalari, savdo va jamoat ovqatlanish tizimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish. Tayyorlov idoralari va xo‘jaliklar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni bajarishda o‘zaro ma’suliyatni oshirish. Ishlab chiqarish jarayonida va realizasiya paytida mahsulot sifatini yaxshilash hamda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik. Qayta ishlash korxonalarini joylashtirishni takomillashtirish hamda xom-ashyo bazasiga yaqinlashtirish. YUqori sur’at bilan yangi sovutgichlar texnikasini qo‘llash va rivojlantirish. Mahsulotlarni tashish va saqlash uchun agrosanoat majmuini refrijerator transporti va konteynerlar bilan to‘liq ta’minlash. Xo‘jaliklarda keng ko‘lamda nonvoyxonalar, sabzavotlarni tuzlash punktlari, turli xil konservalar tayyorlaydigan kichik va o‘rta korxonalar, meva va uzumlarni quritish maydonchalari tashkil etilayapti. Don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash uni saqlash bilan uzviy chambarchas bog‘langandir. Korxonalarni muntazam ishlashi uchun xom-ashyo, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborlar bo‘lishi shart.

  2. Inson qishloq xo‘jalik mahsulotlarini iste’mol qila boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanib keladi. etishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlarining asosiylaridan biri bo‘lgan. Ko‘chmanchi halqlar yig‘ilgan meva urug‘larni saqlash uchun maxsus erto‘lalar ko‘rishgan. Qabilalar o‘troq bo‘lib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarni saqlash, shuningdek zararkunandalardan asrashni o‘rgana boshlashgan. Mamlakatimizni turli hududlarida olib borilgan arxeologik qazilmalar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash quldorlik tuzumi davridayoq amalga oshirilganligidan dalolat beradi. Bu erlardan maxsulotlar saqlanadigan ko‘za va boshqa idishlar topilgan. Markaziy Osiyo jumladan O‘zbekiston sharoitida ham qadimdan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga katta e’tibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-havo bir kecha-kunduz davomida ham o‘zgarishi mumkin. Go‘sht, yog‘, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez buziladi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashning eng qadimgi usullaridan ko‘mib yoki osib saqlash, mevalardan qoqi olish uchun quritish kabilar keng qo‘llanilgan. Mahsulotlarni saqlash, qayta achitish, sabzavot, don, meva, go‘sht, qazi va tuxumni erga ko‘mib saqlash, poliz mahsulotlarini osib saqlash, turli meva, qovun, pamildoridan qoqi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, rayxon, jambil va qizil qalampirni quritish amalda keng qo‘llanib kelingan. Asosan quruq mahsulotlar tez buzilmaydiganlar hisoblanib, ular quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan kog‘oz qutilarda saqlangan. Don va un asosan qoplarda, katta ko‘za, xum yoki qutilarda saqlangan.

  1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha Markaziy Osiyoda IX-XI asrlarda bir qator asarlar yaratildi. Ularda dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlash tilga olingan. Ular bu mahsulotlarning foydaliligini va ularni qishin-yozin iste’mol qilish zarurligini bayon etganlar. Donni saqlash va qayta ishlash korxonalari hozirgi holga kelguncha uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Don tegirmoni tarixi mashina sistemasini asta rivojlanishi va ishlab chiqarish usullarini o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Suv tegirmonidan foydalanish birinchi marta eramizdan avvalgi X-asr boshlarida quldor Uyeartu davlatida suv g‘ildiraklari o‘rnatilgan tegirmonlarda qo‘llanilgan. Inson qachondan boshlab donni oziq-ovqat sifatida iste’mol qilayotganini aniq aytish qiyin.

  1. Keyingi yillarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish, ularni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlari qabul qilindi. Bular “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Qishloq xo‘jaligini isloh qilish to‘g‘risida”, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan meva-sabzavotlarning hosilini to‘la-to‘kis yig‘ib olish va saqlash” kabi boshqa qaror va qonunlar shular jumlasidandir. Ularda xo‘jaliklarda ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori sifatli bo‘lib, ya’ni ko‘yiladigan barcha talablarga javob berishi kerak.

Qishloq xo‘jaligida mahsulotlarni saqlash xosilot, iqtisodchi va zoomuxandislarga bog‘lik. Ularga va boshka qishloq xo‘jalik xodimlariga mahsulotlarni saqlashda quyidagi vazifalar quyiladi:

  • mahsulotlarni va urug‘lik fondini imkoniyati boricha isrof qilmasdan hamda sifatini tushirmasdan saqlash;

  • mahsulotlarni saqlayotgan paytda tegishli texnologik usul va rejimlar qo‘llab ularning sifatini yanada oshirish;

  • oz mehnat sarf-harajat qilib, mahsulotlarni rentabel holda saqlash.

Oxirgi masala juda zarur bo‘lib, ba’zi mahsulotlarni saqlashdagi xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarishdagi qiymatidan ham ortib ketadi. Xarajatlarni kamaytirish urug‘lik, ozuqa-em va boshqa mahsulotlarning tan narxini pasaytirishga hamda uni sotib foyda olishga olib keladi. Xo‘jaliklar tarkibidagi texnika bazasini korxonalarning rivojlanish yo‘nalishiga, u joylashgan erning ob-havo sharoitiga qarab qurish, jihozlari va texnik hamda iqtisodiy tomondan unumli foydalanish zarur.

Ma’lumki qishloq xo‘jaligida etishtiriladigan xar bir xom ashyoning sifati qator omillarga bog‘liq. Don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarining oziq-ovkat va texnologik qiymati to‘g‘ridan-to‘g‘ri nav, agrotexnik tadbir, ob-havo, etishtirish sharoiti, hosilni yig‘ib olish usuli va muddati, hosil yig‘ib olingandan keyingi tayyorlashda, tashish va saqlashga uzviy bog‘liqdir. Mahsulotlarni unumli saqlash nafaqat mavjud texnik bazasi, ombor, turli mashina va uskunalardan foydalanishga, saqlanajak mahsulotlarning chidamliligiga ham chambarchas bog‘liqdir.

SHunday qilib “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berish texnologiyasi” fani kompleks fan bo‘lib, o‘z ichiga juda ko‘p masalalarni oladi, ularni o‘rganish qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning bo‘lajak rahbarlariga etishtiriladigan mahsulot sifatini oshirishda, saqlash jarayonida, tayyorlashda va qayta ishlashda nobudgarchilikka yo‘l ko‘ymaslikni o‘rgatadi.

Savollar:


  1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy turlarini gapirib bering.

  2. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashni eng qadimiy usullaridan qaysilarini bilasiz?

  3. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning hozirgi ahvoli qanday?

  4. Mahsulotlarni saqlash va qayta ishlashga oid qabul qilingan qaror va konunlardan qaysi birini bilasiz?



Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish