O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik



Download 2,24 Mb.
bet3/59
Sana03.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#315936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
2 5193027245148476411

2-Mavzu: Don mahsulotlarini saqlash (2-soat)

Reja:


  1. Don saqlanishining umumiy ta’rifi.

  2. Saqlash rejimi.

  3. Donning kimyoviy tarkibi.

  4. Don saqlaydigan omborlar va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar.

  5. Saqlashga keladigan donning holati. Don uyumlarining fizik xususiyatlari - zichlik, o‘z-o‘zidan navlarga ajralish, g‘ovaklik, sorbsiya va adsorbsiya xususiyatlari, muvozanat, namlik va boshqalar.

Adabiyotlar: 1,5.

  1. Donlarni oziq-ovqat, texnologik va chorva uchun em sifatidagi qiymati katta. Don va urug‘larning talab xususiyatlarini (urug‘lik va texnologik hamda oziq-ovqat sifatida) saqlash davri uzoq muddatga saqlanishi deb ataladi.

Uzoq muddatga saqlanishi biologik va xo‘jalik turlariga bo‘linadi. Birinchisi donlarni saqlash paytida hech bo‘lmasa birorta don unib chiqishi xususiyatini saqlashiga tushuniladi.

Uzoq muddatga saqlanishining xo‘jalik turi katta ahamiyatga ega bo‘lib, saqlash muddatdan keyin urug‘lar yuqori unish kondisiyasiga ega bo‘lib, davlat me’yor talablariga javob berishi kerak.

Texnologik saqlash muddati deb, tovar donlarning oziq-ovqat va ozuqa-em maqsadlarida sifatli foydalanish muddatiga aytiladi. Uzoq saqlanish muddati juda ko‘p omillarga, ya’ni botanik turlarga, mahsulotlarni tayyorlash sharoitiga (quritish, tozalash va boshqalar) hamda saqlashga bog‘liq.

Ko‘pchilik qishloq xo‘jalik o‘simliklarining urug‘lari mezobiotiklar guruhiga mansub bo‘lib, ular yaxshi saqlash sharoitlarida 5 - 10 yil davomida o‘zining unib chiqish qobiliyatini saqlaydi. Lekin yuqori unib chiqish qobiliyati asosan 3-5 yil davomida yaxshi bo‘ladi.

Texnologik uzoq muddat saqlanish odatda biologik va xo‘jalik muddatlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Omborlarda 7-10 yilgacha saqlangan bug‘doy donlarining mahsulot sifatlariga baho berilganda, ulardan chiqqan un miqdori va tayyorlangan non sifati qisqa muddat saqlangan donlardan deyarli farq qilmagan. Agar don uyumlaridan salbiy jarayonlarni rivojlanishiga yo‘l qo‘yilsa, don va urug‘larning saqlash muddati juda qisqarib ketishi mumkin, don uyumlari o‘zining oziq-ovqat texnologik va urug‘lik xususiyatlarini bir necha kun yoki bir necha soatda yo‘qotadi.

2. Donlarni omborlarda, elevatorlarda hamda maydonchalarda vaqtincha saqlashda isrof qilmasdan, sifatli va kam harajat bilan saqlashda don uyumining xususiyatlarini chuqur bilish zarur, chunki ular uzviy bog‘langan bo‘lib, donning umumiy holatiga kompleks ta’sir ko‘rsatadi.

Jahon don saqlash amaliyotida asosan uchta saqlash rejimi ko‘llaniladi:

quruq holatda, ya’ni oz namlik bilan (tang namlikkacha);

sovutilgan holatda, ya’ni haroratni don uyumidagi komponentlarning barchasini hayot faoliyatlarini sekinlashtirish darajasigacha pasaytirish yo‘li bilan;

havosiz muhitda, ya’ni germetik (zich) yopilgan sharoitda.

Donlarni yaxshi va sifatli saqlash uchun yuqorida ko‘rsatilgan rejimlarni qo‘llashdan oldin donlarni quritish, begona narsalardan tozalash, faol shamollatishni qo‘llash, zararkunandalardan muhofaza qilish, kimyoviy konservalash va boshqa chora tadbirlarga rioya etish zarur.

SHu bilan birga u yoki bu saqlash rejimini qo‘llash quyidagi sharoitlarga bog‘liq: don saqlanadigan erning ob-havosi: korxonaning texnik imkoniyati don uyumlarining qanday mamlakatda saqlanishi: u yoki bu saqlash rejimini qo‘llashning iqtisodiy samarasi.



  1. Har bir don yoki urug‘ o‘z tarkibida organik birikmalar - oqsil, uglevod, lipid, pigment, vitamin, ferment, mineral modda va suvdan tashkil topgan. Ma’lumki, har bir o‘simlik don va urug‘idagi turli moddalar miqdori bir navda ham farq qilib, etishtirish sharoitiga - ob-havo, tuproq, agrotexnik tadbir va boshqa sabablarga bog‘liqdir.

Don va urug‘lar kimyoviy tarkibiga qarab uch guruhga bo‘linadi:

1) kraxmalga boy; 2) oqsilga boy; 3) yog‘ga boy.

Birinchi guruhga boshoqli o‘simliklarning donlari va grechixa urug‘i kiradi. Ularning tarkibida o‘rtacha quruq modda hisobida 70-80 % uglevodlar bo‘lib, ularning asosiy qismini kraxmal tashkil etadi, qolgan 10-16 % oqsil va 2-5 % yog‘ bo‘ladi.

Ikkinchi guruhga no‘xotli yoki dukkakli o‘simliklarning donlari kirib, tarkibida 25-30 % oqsil, 60-65 % uglevod va oz miqdordagi (2-4 %) yog‘dan iborat.

Uchinchi guruhga mansub o‘simliklar urug‘ va mevalari tarkibida o‘rtacha 25-50 % yog‘lar va 20-40% oqsillar bo‘ladi. Tarkibida yog‘ga boy bo‘lgan urug‘ va mevalar turli o‘simliklarning oila vakillarida: soya, araxis (er yong‘oq), zig‘ir, maxsar, paxta chigiti, kungaboqar va boshqalarda uchraydi.


  1. Don saqlaydigan omborlar asosan ikki guruhga bo‘linadi:

a) past qatlam va havosi ko‘prok bo‘lgan don omborlari;

b) balandligi 20-25 metr va undan ham baland bo‘lgan xirmon va siloslarga ega bo‘lgan elevatorlar.

O‘z yo‘lida oddiy omborlar xirmonsiz yoki to‘ldirib saqlash va xirmonlik yoki donlarni xirmon holatida saqlashga bo‘linadi. Omborlar oddiy va mexanizasiyalashtirilganlarga bo‘linadi. elevatorlar mexanizasiyalashgan don omborlari toifasiga kiradi va o‘z-o‘zidan quyiluvchi va transportyorlar yordamida tuldiriladiganlarga bulinadi.

Mahsulot almashinish bo‘yicha don saqlaydigan omborlar ichkari xududlarda, ya’ni temir yo‘l magistrallaridan uzoqda, temir yo‘llarga yaqin joylarga va dengiz yoki daryo portlarida joylashganlariga bo‘linadi.

Bajariladigan ish turlariga qarab, omborlar tayyorlovchi, sotuvchi ishlab chiqarish xillariga bo‘linadi. Birinchisi donlarni qabul qiladi, tozalaydi, quritadi va saqlaydi. Sotuvchi don omborlari donni iste’molchilarga bo‘lish bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqarish elevatorlari esa donlarni tegirmonning tozalash bo‘limi yoki yorma bo‘linmasiga o‘tkazishdan oldin tayyorlaydi.

Don omborlariga qo‘yiladigan asosiy talablarga - donni atmosfera namligidan ishonchli saqlash, havo namligi va er osti suvlarini o‘tkazmaslik, hamda issiqlikni tezda o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymasliklar kiradi.

Zamonaviy elevator deb (lotin so‘zidan, ya’ni «elevaro» dan olingan bo‘lib, ko‘tarish degan ma’nosini anglatadi) qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va donlarni berish bilan shug‘ullanadigan korxonaga aytiladi. U ikki qismdan: ishchi minorasidan va g‘aram binosidan yoki binolardan iborat. Don g‘aramlarda 30 metrgacha gohida undan ham balandlikda saqlanadi. elevatorlarning hajmi binolarning miqdori, ularning balandligi va kesimiga bog‘liqdir. Binolar silindr va to‘g‘ri burchak shaklida bo‘ladi. Silindr shaklidagi binolar bir necha qator joylashtirilganda ular orasida qo‘shimcha hajmlar yuzaga keladi, ular yulduzchalar deyiladi. Binolar hajmi ko‘pincha 150-600 tonnagacha bo‘ladi va ularda faqat quritilgan don saqlanadi.

Ishchi binosining balandligi 50-65 metrgacha bo‘ladi. Uning qavatlarida yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan don tozalovchi mashinalar, aspirasiya moslamalari, avtomat torozilari, gohida don qurituvchi moslamalar bo‘ladi.

Donning harakat mazmuni quyidagicha: don to‘plami vagon yoki boshqa transport vositalaridan elevator yaqinidagi qabul qiluvchi o‘raga tushiriladi. U erdan kuchli cho‘michlar mexanizmlar yordamida don elevatorning, ya’ni minoraning eng yuqori qismiga chiqariladi va u erdagi avtomat torozlariga tushadi va o‘z oqimi bilan qavatlardagi joylashgan don tozalovchi mashinalarga tushadi.


  1. Katta miqdordagi don to‘plamini kam isrof va harajat bilan saqlash uchun ularni saqlanajak ob’ekt sifatida xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.

Donlarni sifat hamda don to‘plamlarini fizik va fiziologik xususiyatlarini belgilashda don qabul qilish va uni qayta ishlaydigan korxonalarda quyidagi sharoitlar muhim ahamiyatga ega: donlarning nav xususiyatlari o‘simliklarning rivojlanish va donlarning shakllanish sharoitlari, xosilni yig‘ib olish, xosilni yig‘ib olgandan keyingi saqlash va qabul punktlariga tashish.

Fizik xususiyatlarga zichlik, natura, to‘kilish, o‘z-o‘zidan navlarga ajralish, g‘ovaklik, gaz-bug‘larning sorbsiyasi va adsorbsiyasi, issiq-fizik va massalar almashinish xususiyatlari kiradi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olmagan holda donlarni saqlash, mahsulotni ko‘plab isrofgarchilikka va ishlab chiqarish chiqimlariga olib kelishi mumkin.

Alohida donlarning zichligidan don to‘plamining qayta ishlashiga ta’siri kuchlidir. Ma’lumki, don tarkibidagi moddalarning zichligi xilma-xildir. Masalan, yog‘ning 0,93, kleykovinani - 1,3, kraxmalni - 1,6, kletchatkani- 1,4, glyukozani- 1,46 g/sm kubni tashkil etadi. Tarkibida asosan kraxmal va oqsildan iborat bo‘lgan katta zichlikka va tarkibida ko‘p miqdorda yog‘ va kletchatkaga ega po‘stloq esa kamroq zichdir.

Agar zichlik donni xususiyatini ta’riflasa, natura esa butun don to‘plamini ta’riflaydi.

Don to‘plamining to‘kilishi deb, butun don uyumi harakati paytida bir donning ikkinchi donga nisbatan joyining o‘zgartirishiga aytiladi. To‘kilish donlarning shakli, tuzilishi, katta kichikligiga, namligi, omixta miqdori va ularning tarkibi va boshqalarga bog‘liqdir.

Don uyumlarining surilish paytida bir-xilligini yo‘qotishi o‘z-o‘zidan navlarga ajralish deyiladi. Bu xususiyat don uyumining omborga joylayotganda yoki undan o‘z oqimi bilan tushirilayotganda, transportyorga aralashayotganda, transport vositlarida silkinish natijasida mayda, engil boshqa o‘simliklarning urug‘lari, gul bargli donlar, rivojlanmagan donlar don uyumining yuqori qismiga harakat qiladi.

Don uyumining qattiq qismlari orasidagi oraliq quduqlar yoki g‘ovaklar quduqlik yoki g‘ovaklik esa don to‘plamidagi qattiq qismlar orasidagi bo‘sh xajmini don uyumining xajmiga bulgan nisbatiga aytiladi.

G‘ovaklarning kattaligi va shakli, shuningdek, don to‘plamida ro‘y beradigan havo va gaz almashinishiga, uning sorbsiya xususiyatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Ko‘pchilik o‘simliklarning don va urug‘lari yaxshi sorbentlar xisoblanadi. Ular atrof muhitdan turli moddalarning gaz va bug‘larini singdirishga qodir. Don uyumlarini quritishda rasional rejimni belgilashda, faol shamollatishda donlarning sorbsiya xususiyatlari inobatga olinadi.

Don uyumi bilan yondoshgan havo o‘rtasida u yoki bu darajada nam almashinishi tinimsiz bo‘lib o‘tadi. Havo va don orasidagi suv bug‘ining ma’lum miqdordagi bosimi bir xil bo‘lgandan so‘ng havo va don orasidagi nam almashinishi to‘xtaydi. Bu holda havo va don o‘rtasidagi dinamik muvozanat yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, muvozanat namlik deb, havo parametrlarida uning namga to‘liqligi, issiqligi va bosimi birligiga aytiladi.




Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish