O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Harbiy asirlarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish majburiyati



Download 454,89 Kb.
bet55/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Harbiy asirlarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish majburiyati hali Liber kodeksi (75-modda), Bryussel deklaratsiyasidayoq (23-modda) e’tirof etilgan, Gaaga qonunida (4-modda) kodekslashtirilgan edi. Fuqaro shaxslarga va safdan chiqqanlarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish talabi Jeneva konvensiyalarining umumiy 3-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Urushayotgan tomonlarning o‘z xatti-harakatlarida insoniylik prinsiplariga amal qilish majburiyati ikkala Qo‘shimcha protokolda ham asosiy kafolatlar sirasida mustahkamlab qo‘yilgan1.
Insoniy munosabat talabi ko‘plab harbiy ustav va qoʻllanmalarda mustahkamlab qo‘yilgan. U davlat ichki va xalqaro (pretsedent) huquqi bilan tasdiqlanadi2. Inson huquqiga bo‘lgan huquq, shuningdek kishilarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish talabiga ham asoslanadi. Gumanitar yo‘sindagi qoidalar Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi Хalqaro pakt (1966), Mahbuslar bilan muomala qilishning Asosiy prinsiplari (1990)3, Inson huquqlari toʻgʻrisidagi Amerika konvensiyasi (1978) va boshqalarda mavjud.
Shunday qilib, IHХH va ХGH normalari aholining turli toifalariga: yaradorlar, bemorlar, kema halokatiga yo‘liqqanlar, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar, ko‘chirilgan shaxslar, ayollar, bolalar, keksalar, nogironlarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish talabini qoʻllashning aniq holatlarini o‘z ichiga oladi.
Тahqirlashning nojoizligi prinsipi – unga muvofiq qurolli mojaroning xususiyatidan qat’i nazar, homiylikdagi shaxslarga nisbatan munosabatda irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, millati, siyosiy va boshqa maslagi, ijtimoiy, mulkiy holati yoxud boshqa mezonlari ahamiyat kasb etmasligi lozim.
ХGHni qoʻllash chog‘ida nomuvofiq ayirmachilikka yo‘l qo‘yish taqiqlanadi. Тahqirlamaslik prinsipini aniqlashtiruvchi ХGH normalari xalqaro va ichki qurolli mojarolar chog‘ida qoʻllanadigan odatiy xalqaro huquq normalari sifatida o‘rnatiladi. Ular Uchinchi va Тo‘rtinchi Jeneva konvensiyalari hamda ularga Qo‘shimcha protokollarda asosiy kafolatlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Хususan, mazkur prinsip I Qo‘shimcha protokolning 1, 9, 43, 44-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Тahqirlamaslik prinsipi mutlaq emas. Garchi kamsitish taqiqlangan bo‘lsa-da, shaxslar o‘rtasida ayirmachilikka yo‘l qo‘yilishi mumkin. Mazkur holatda ijobiy baravar ko‘rmaslik (diskriminatsiya) sxoshilinch yordamga muhtojlarga ustunlik taqdim etish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zining tabiiy zaifligi, o‘ziga xos xususiyatlari, ehtiyojlari tufayli ayollar va bolalar, nogironlar, qariyalar alohida himoya va homiylikka muhtoj.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish