O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Mutanosiblik yoxud proporsionallik prinsipi



Download 454,89 Kb.
bet57/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Mutanosiblik yoxud proporsionallik prinsipi qonuniy maqsad va unga erishish vositalarini taqqoslovchi mazkur asosiy prinsiplardan biri hisoblanadi. Unga ko‘ra alohida shaxsning erkini cheklashga mazkur cheklovga mutanosib bo‘lgan sharoitdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Mutanosiblik prinsipi asosida erishilishiga harakat qilinayotgan maqsad va unga erishish yo‘lida qoʻllanadigan vosita o‘rtasidagi nisbat yotadi2.
Juse in bello kontekstida “mutanosiblik” termini urush jarayonida qandaydir bir aniq operatsiya yoki harakatni amalga oshirish bilan bogʻliq foyda va zararning nisbatidagi (balansidagi) umumiy mo‘ljalga aloqador. Shu bilan birga, zarar va ziyon darajasi faqat hujum oqibatida kutilgan va mantiqiy asosga ega bo‘lgan harbiy afzallik nisbati bilan belgilanadi. Ikkinchi Jahon urushi davrida Drezdenga uyushtirilgan hujum mutanosiblik prinsipining qo‘pol ravishda buzilishiga misol bo‘lishi mumkin3 (Qarang: I QP 51(b) va 57-moddalar, Odatiy qurollarning aniq turlari haqidagi Konvensiyaga II QP 3-modda, MUS Statuti 8-modda).
BMТ xalqaro sudi o‘zining konsultativ xulosasida, “atrof-muhitni muhofaza qilish – qaysidir harakat zarurat va mutanosiblik prinsipiga mos kelishini baholashda hisobga olinadigan unsurlardan biri” ekanligini ko‘rsatib, mutanosiblik prinsipi qoʻllanishini tasdiqladi. Avstraliya, Germaniya, Isroil, Ispaniya Niderlandiya harbiy ustavlari va yo‘riqnomalarida hujum chog‘ida mutanosiblik prinsipi belgilab qo‘yilgan. Ko‘pchilik davlatlar mutanosiblik prinsipiga xilof hujumlar uyushtirishni jinoyat deb e’lon qiluvchi qonunchilik hujjatlarini qabul qilganlar, Kanada qonunchiligi bunga misol bo‘la oladi1.
Хalqaro gumanitar huquqda qurolli mojarolar jabrdiydalarini himoyalashga va harbiy harakatlar olib borish vositalariga yo‘naltirilgan normalar batafsil bayon etilgan. Shuningdek ularda mazkur normalarga rioya qilishni ta’minlashga mo‘ljallangan mexanizmlar belgilab qo‘yilgan. Jumladan, u ХGH prinsip va normalarini buzganlik uchun javobgarlik prinsipini nazarda tutadi. Mazkur prinsip davlatlarning xalqaro-huquqiy javobgarligi va jismoniy shaxslarning javobgarligini o‘z ichiga oladi.
Unga ko‘ra, davlat ХGHni buzganligi uchun quyidagi holatlarda javobgar bo‘ladi:
a)uning idoralari, shu jumladan, qurolli kuchlari tomonidan amalaga oshirilgan xilof harakat (IV Gaaga konvensiyasi 3-modda; I Qo‘shimcha protokol 91-modda);
b) davlat hokimiyati elementlarini amalaga oshirish uchun vakil etgan shaxslar yoki tuzilmalar tomonidan amalga oshirilgan xilof harakat (Хalqaro huquqqa zid qilmish uchun davlatlarning javobgarligi haqidagi moddalar loyihasi, 5-modda);
d) amalda uning ko‘rsatmasi yoki rahbarligi yoxud nazorati ostida harakat qilayotgan shaxslar yoki guruhlar tomonidan amalga oshirilgan xilof harakat (Хalqaro huquqqa zid qilmish uchun davlatlarning javobgarligi haqidagi moddalar loyihasi, 8-modda);
e) alohida shaxslar yoki bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan xilof harakat uchun, basharti bu haqda davlat xabardor qilingan bo‘lsa va bevosita o‘zining amali sifatida tan olsa (II Qo‘shimcha Protokol, 1-modda).
Тo‘rtala Jeneva konvensiyalarining 49-, 50-, 126-, 146-moddalariga muvofiq ishtirokchi davlatlar Jeneva konvensiyalarini jiddiy ravishda buzgan yoki buzishga buyruq bergan shaxslarga nisbatan samarali jinoiy jazoni ta’minlash uchun zarur qonunchilikni amaliyotga joriy etishlari lozim. ХGH qoʻllanishining o‘zi asosan shunga muvofiq milliy qonunchilikning qabul qilinishiga bogʻliq. Bundan tashqari chora ko‘rmaslik jiddiy rioya qilmaslik hisoblanishi mumkin (I Protokol, 86-modda).
Bir qator davlatlar ХGHga jiddiy rioya qilmaslik uchun jazoni nazarda tutuvchi jinoiy qonunchilikni amaliyotga joriy etdilar.
Masalan, Bolgariya Jinoyat kodeksida ХGHga jiddiy rioya etmaslik jinoyat sifatida qabul qilinadi (III bob, 7-bo‘lim va XIV bob, 2-bo‘lim)1.
Jiddiy xilof harakatning oldini olish majburiyati mutlaq xarakterga ega va hatto manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi kelishuv ham unga daxl qilishi mumkin emas (51, 52,131, 148-umumiy modda).
Javobgarlik prinsipini ta’minlash davlatlarning gumanitar huquqning barcha qoidalarini bajarish majburiyatini ko‘zda tutadi, ichki qurolli mojarolar chog‘ida qoʻllanadigan qoidalar ham shular jumlasiga kiradi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadlaridan biri milliy qonunchilikni amaldagi xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishdan iborat. Хalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish o‘zbek qonunchiligining asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi. 1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining amalga kiritilishi bilan, milliy qonunchilikka 152-modda orqali urushning qonun va odatlarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi zarur o‘zgartirish kiritildi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish