O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Fuqaro va harbiy obyektlar



Download 454,89 Kb.
bet65/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Fuqaro va harbiy obyektlar. Obyektlar bo‘yicha cheklovlar hujum qat’iy ravishda faqat harbiy obyektlarga hamla qilish bilan cheklanishi shartligini nazarda tutadi. Bu prinsipning qoʻllanishi “fuqaro obyekti” va “harbiy obyekti” tushunchalari bilan bogʻliqdir.
QP I 52-moddasi 1-bandiga asosan:
Fuqaro obyektlari, deganda 2-bandda tushuncha berilgan harbiy obyektlar qatoriga kirmaydigan barcha obyektlar tushuniladi”.
Harbiy obyektning ta’rifi I QP 52-moddasi 2-bandiga muvofiq ba’zi belgilarga egaki, har bir konkret holatda mavjud bo‘lishi shartdir (Qarang:I QP 52-moddasi 2-bandi.).
Harbiy obyektlarning asosiy belgilari quyidagilardir:
 obyekt “harbiy harakatlarga samarali ulush qo‘shishi zarur”;
 obyektning vayron etilishi tegishli shart-sharoitda sezilarli harbiy ustunlik berishi zarur.
Keltirilgan ta’rif jang qilayotgan taraflarga sezilarli darajada erkinlik berib, obyektlarni identifikatsiyalashda XGH talablariga rioya qilish borasida katta mas’uliyat yuklatadi.
Obyekt fuqaro yoki harbiy ekanligida shubha uyg‘ongan taqdirda norma kiritilganki unga muvofiq,
Odatda fuqaroviy maqsadlar uchun mo‘ljallangan obyektdan, masalan, ibodat maskani, uy yoki boshqa xil turar-joy imorati yoxud maktabdan harbiy harakatlarni samarali qoʻllab-quvvatlashda foydalanilmayotgani borasida muayyan gumon mavjud bo‘lgan taqdirda, bunday obyektdan fuqaroviy maqsadlarda foydalanilayotgani taxmin etiladi” (QP I 52-moddasi).
Harbiy harakatlarni olib borishning taqiqlangan usullari va vositalari
Urushni olib borishning taqiqlangan usullari va vositalariga cheklovlar o‘rnatuvchi asosiy hujjatlar 1907-yildagi Gaaga nizomi, 1949-yildagi Jeneva konvensiyasiga 1977-yildagi Qo‘shimcha protokollar va qurollarning konkret turlariga nisbatan qabul qilingan bir qator shartnomalardir.
XGH haddan tashqari qiynaydigan yoki tan jarohati yetkazadigan vosita va usullardan foydalanishni taqiqlaydi. Bu qoida asosida ma’lum turdagi qurollardan foydalanish taqiqlangan. Boshqa turdagi qurollardan foydalanish usullariga nisbatan cheklovlar o‘rnatilgan1.
Masalan, ba’zi turdagi qurollardan foydalanish usullariga nisbatan cheklovlar o‘z ichiga 1997-yil piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash haqidagi Ottava konvensiyasini, 2003-yil urushning portlovchi boqimandalari bo‘yicha Protokoli (BMTning 1980-yil odatiy qurollarning konkret turlari bo‘yicha Konvensiyasiga qo‘shimcha sifatida) va 2008-yil kassetali jang qurolini taqiqlash haqidagi konvensiyani qamrab oladi.
Qurolning noma’qul turlarini taqiqlash va cheklash bilan birga XGH odatiy, “joiz” qurol turlarini ishlatishga cheklovlar o‘rnatgan.
Xalqaro gumanitar huquq yana qurolli mojarolarni olib borishning vosita va usullarini tartibga soladi. Qurolli mojaroda harbiy emblemalardan suiste’mol qilinishining oldini olish va yollanma askarlarga muomala qilish haqida normalar mavjud. Hech kimni omon qoldirmaslik haqida buyruq berish taqiqlanadi.
Qurolsizlantirilgan zonalar va himoya etilmaydigan joylarga nisbatan maxsus qoidalar qoʻllaniladi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish