Farqlash o‘tkazish prinsipi – fuqaro aholi va kombatantlar o‘rtasida, harbiy va fuqaro obyektlari o‘rtasida jiddiy faqlashga asoslangan. Mazkur prinsipning mazmuni quyidagi talablar yig‘indisidan tashkil topadi: shaxslar bo‘yicha cheklov va obyektlar bo‘yicha cheklov o‘tkazish. (Qarang: QP I 44-modda 3-band, QP I 48 va 52-moddalar, MUS Statuti 8-modda).
QP I 48-moddasida nazarda tutilgan farqlash o‘tkazish prinsipi davlatlar amaliyotida xalqaro va ichki qurolli mojarolar chog‘ida qoʻllanadigan odatiy xalqaro huquq normalari sifatida o‘rnatiladi1. Yadro quroli bo‘yicha konsultativ xulosada Хalqaro sud farqlash o‘tkazish prinsipi ХGHning “asosiy prinsiplaridan” hamda “xalqaro odatiy huquqning mustahkam prinsiplaridan” biri degan xulosaga keldi.
Har holda kombatantlar va tinch aholining tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlari III JKning 4-moddasi, I QPning 43-moddasi, I QPning 52-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan hamda xalqaro qurolli mojarolar chog‘ida qoʻllanishi joiz. Ichki xususiyatdagi qurolli mojarolar jabrdiydalarini himoyalashga taalluqli II qo‘shimcha protokol “kombatantlar”, “harbiy obyektlar”, “fuqaro aholi” mavjudligini e’tirof etmaydi. Shu tariqa II QP mazkur prinsipni ham, fuqaro obyektlariga hujum qilishni taqiqlashni ham o‘z ichiga olmaydi.
Obyektlar bo‘yicha cheklov prinsipi shuni nazarda tutadiki: hujum harbiy obyektlar doirasida qat’iy cheklanmog‘i lozim; himoyalanmayotgan joylarga hujum uyushtirish taqiqlanadi; agar fuqaro aholi uchun xavfli kuchlarni bo‘shatib yuborishni keltirib chiqaradigan bo‘lsa, qurilma va inshootlarga hujum taqiqlanadi; fuqaro aholidan harbiy obyektlar himoyasi yo‘lida foydalanilmasligi lozim. Masalan, sobiq Yugoslaviya bo‘yicha 272
Хalqaro tribunal (Sudlov palatasi) Galich ishi bo‘yicha “fuqaro shaxs yoki fuqaro obyektlariga shikast yetkazuvchi hujum, har qanday holatda to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqaro shaxslarga hujum sifatida kvalifikatsiya qilinishi”1ni belgilab qo‘ydi.
Atrof-muhitni himoya qilish prinsipini ham ushbu guruhdagi prinsiplar toifasiga qo‘shish mumkin. I Protokolning 55-moddasi atrof- muhitni himoya qilishning zamonaviy konsepsiyasini mustahkamlab qo‘ydi: “Harbiy harakatlar olib borish chog‘ida tabiiy muhitni keng ko‘lamli, uzoq muddatli va jiddiy zarar yetkazishdan himoyalash haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. Bunday himoya tabiiy muhitga shunday zarar yetkazish maqsadini ko‘zlovchi yoxud shunday zarar yetkazish ehtimoli bo‘lgan va shu bois aholining salomatligi hamda omon qolishiga ziyon yetkazuvchi urush olib borish usul va vositalarini qoʻllashni taqiqlashni o‘z ichiga oladi”.
Protokollardan joy olgan farqlash prinsipini qoʻllashga oid rahbariy qoidalar mazkur prinsipga mislsiz oydinlik va aniqlik baxsh etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |