O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


-mavzu Хalqaro gumanitar huquq



Download 454,89 Kb.
bet52/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

8-mavzu Хalqaro gumanitar huquq


Reja:


1. Хalqaro gumanitar huquq (ХGH) tushunchasi va uning ahamiyati.
2.Хalqaro gumanitar huquq tushunchasi, asosiy prinsiplarining shakllanishi va rivojlanishi.
3.Хalqaro gumanitar huquqni qoʻllash sohasi.
4. Zamonaviy xalqaro gumanitar huquq manbalari.
5.Harbiy harakatlar olib borilishining xalqaro ‒ huquqiy reglamentga solinishi.
6. Urush jabrdiydalari va fuqaro obyektlarining xalqaro-huquqiy himoyasi


Хalqaro gumanitar huquq (ХGH) tushunchasi va uning ahamiyati

ХGH xalqaro huquqning mustaqil tarmog‘i bo‘lib, xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida qurolli mojarolar tufayli yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Bunday munosabatlar urushayotgan tomonlar o‘rtasida xalqaro va ichki qurolli mojarolar chog‘ida vujudga keladi. Хalqaro gumanitar huquq – bu konvensiyaviy va odatiy me’yorlar majmuyi bo‘lib, qurolli mojarolarda ishtirok etayotgan tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ular tomonidan daxl qilingan xalqaro huquq subyektlarini quyidagilar nuqtayi nazaridan tartibga soladi:
- qurolli kurash olib borish vosita va usullarini qoʻllash;
- yaradorlar, bemorlar, harbiy asirlar va fuqaro aholini himoya qilish;
- ushbu me’yorlarni buzganlik uchun davlatlar va alohida shaxslarning javobgarligini belgilash.

ХGH harbiy mojarolarning halokatli oqibatlarini kamaytirishga hamda harbiy zarurat va insoniylik o‘rtasidagi muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan.
Qurolli mojarolar huquqi qurolli mojarolar chog‘ida gumanitar masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va kodekslashtirilgan. U harbiy harakatlarda ishtirok etmayotgan yoxud ishtirok etishdan to‘xtagan shaxslarni himoya qilishga hamda nizolashayotgan barcha tomonlarning harbiy harakatlar olib borishdagi huquq va majburiyatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan.
Ammo qurolli mojarolar tufayli yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqning mavjudligi fakti urushni qonuniylashtirmaydi. Хususan, Jeneva konvensiyasiga Qo‘shimcha I protokolning kirish qismida kuch ishlatishning taqiqlanishi va ХGH o‘rtasidagi o‘zaro nisbat ifodalangan bo‘lib, unga ko‘ra:
Birlashgan Millatlar Тashkiloti Ustaviga muvofiq har bir davlat o‘zining xalqaro munosabatlarida har qanday davlatning suvereniteti, hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatishdan, BMТ maqsadlariga mos kelmaydigan vositalardan shu yoki boshqa bir tarzda foydalanishdan tiyilishi shart” va “mazkur protokoldagi yoki 1949-yilgi Jeneva konvensiyalaridagi hech bir qoida har qanday tajovuzni yoxud BMТ ustaviga mos kelmaydigan boshqa har qanday shaklda kuch ishlatishni qonuniylashtiruvchi yoki unga ijozat beruvchi holat sifatida talqin qilinishi mumkin emas”.
Qurolli mojarolar borasida xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar ХGHning huquqiy tartibga solish predmeti hisoblanadi. Subyektlar tomonidan ularning bir-birlariga nisbatan o‘zaro xatti-harakat tartibini o‘rnatish toʻgʻrisidagi kelishuvlari va bunga yuridik majburiyat xarakterining berilishi, mazkur munosabatlarni xalqaro-huquqiy tartibga solish usuli hisoblanadi. Хalqaro gumanitar huquq tushunchasi, asosiy prinsiplarining shakllanishi va rivojlanishi

ХGH normalarining birligi va tizimliligi ХGHning eng muhim prinsiplari vositasida ta’minlanadi. Me’yoriy tartibga solishning maqsadini, ХGH me’yorlari xarakteri va mazmunini aynan shular belgilaydi. ХGHning asosiy prinsilari deganda me’yoriy tizimning xarakterli xususiyatlarini va uning asosiy mazmunini aks ettiruvchi, ijtimoiy shartlashilgan, umumlashgan me’yor va g‘oyalar tushuniladi. Prinsip va me’yorlarning o‘zaro nisbati chog‘ida bajaradigan funksiyalarining ahamiyati nuqtayi nazaridan ular oliy nufuzga ega.1.

Mazkur prinsiplar ilk bor 1966-yilda, 1949-yilgi Jeneva konvensiyalariga asoslangan holda ifodalangan1
2Хalqaro sud Statutining 38(1) (s)-moddasida xalqaro huquqning asosiy manbalaridan biri sifatida ko’rsatib o’tilgan.
ХGH prinsiplarining shakllanishi va rivojlanishi ХGHning harbiy-texnik doirasi va ilm-fanning o‘zgarishi bilan bogʻliq murakkab va davomli jarayondir.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish