O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro shartnomalarni tasniflash(klassifikatsiyalash)



Download 454,89 Kb.
bet51/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

3. Xalqaro shartnomalarni tasniflash(klassifikatsiyalash).
4. Xalqaro shartnoma shakli, tuzilishi va nomi.
5. Xalqaro shartnomalarning bekor qilinishi va harakatining to‘xtatilishi.
6. Xalqaro shartnoma ijrosini ta’minlash usullari.

1. Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va manbalari


Xalqaro shartnomalar huquqi xalqaro huquqning alohida sohasi bo‘lib, xalqaro shartnomalarni tuzish, ularning harakati va ularni bekor qilish borasida davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlarning tartibga soluvchi xalqaro-huquqiy me’yorlar yig‘indisini tashkil qiladi.
Xalqaro shartnoma shartnoma tomonlarining o‘zaro huquq va burchlarini aniq va ochiq-oydin beligilab berish uchun tuziladi. Xalqaro munosabatlarning shartnomalarga asoslanib mustahkamlanishi xalqaro huquqiy tartibot barqarorligini ta’minlaydi.
Xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari xalqaro huquq sub’ektlaridir.
Uzoq vaqt davomida xalqaro shartnomalar huquqining birdan-bir yagona manbai xalqaro odat bo‘lib kelgan. 1986 yilda Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvetsiyasi qabul qilindi. Mazkur konvensiya xalqaro huquqning ijobiy (progressiv) rivojlani-shi va kodifikatsiyalashtirilishining natijasi bo‘lib, xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi shartnomalarning o‘ziga xosligini inobatga oluvchi qoidalarni ifodalaydi.
Xalqaro shartnomalar huquqi — xalqaro huquqning alohida sohasidir. Mazkur huquq sohasi nisbatan mustaqil me’yorlar majmui va tizimidan iborat bo‘lib, tartibga solish predmetining umumiyligiga (birligiga) asoslangan. Ushbu holatda shartnomalarni tuzish va ijro etish huquq sohasining predmeti hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda xalqaro shartnomalar huquqi asosan quyidagi uch universal konvensiyalarda kodekslashtirilgan:
Birinchisi — Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi (1969 yil).
Ikkinchisi — Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomalar to‘g‘risidagi Vena konvensi-yasi (1986 yil).
Uchinchisi — Davlatlarning shartnomalarga nisbatan huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi (1978 yil).
Mazkur uchala konvensiyalar o‘z matnlarida konvensiyalar dav-latlarning xalqaro javobgarligi hamda davlatlar o‘rtasidagi har-biy harakatlarning boshlanishidan kelib chiqadigan oqibatlar bilan bog‘liq qoidalarga ega emasligini uqtiradi, ya’ni ushbu qism bo‘yicha boshqa xalqaro-huquqiy me’yorlarga havola qiladilar.

2. Xalqaro shartnoma tushunchasi, ob’ekti va uning maqsadi


Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi 1969 yilgi Vena konvensiyasi qoidalariga ko‘ra, xalqaro shartnoma — davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari o‘rtasida bir, ikki yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha hujjatlarda mujassamlanganligidan hamda uning aniq nomidan qat’i nazar yozma shakdda tuziladigan xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan bitim hisoblanadi.
Xalqaro tashkilotning shartnomalar tuzish huquqiy layoqati ushbu tashkilot qoidalari bilan tartibga solinadi. Agar davlatlarning xalqaro shartnomalar tuzishga nisbatan huquq layoqati cheklanmagan va ular har qanday masalalar bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqiga ega bo‘lsa, xalqaro tashkilotlarning shartnoma tuzish huquq layoqati ularning ta’sis hujjatlari bilan belgilanadi.
"Xalqaro shartnoma" — davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari tomonidan bir, ikki yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha hujjatlarda ifodalanganidan hamda uning aniq nomidan qat’i nazar yozma shaklda tuziladigan xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan bitim hisoblanadi.
Xalqaro shartnoma — og‘zaki tarzda tuzilgan boshqa bitimlardan, ya’ni jentlmenlik bitimlari (ma’lum matndan iborat, biroq xalqaro shartnomaning boshqa atributlarini, xususan unga yuridik kuch beruvchi, kuchga kirish shart-sharoitlarini va harakat muddatini belgilovchi qoidalarni o‘zida ifodalamagan og‘zaki bitim)dan farqli o‘laroq davlatlar o‘rtasida tuzilgan yozma bitimdir.
Xalqaro huquq sub’ektlarining moddiy va nomoddiy ne’matlarga qaratilgan munosabatlari, harakatlari va ma’lum xatti-harakatdan o‘zlarini tiyib turishlari xalqaro shartnoma ob’ekti hisoblanadi. Xalqaro huquqning har qanday ob’ekti xalqaro shartnoma ob’ekti bo‘lishi mumkin.
Xalqaro munosabatlarga tegishli hamda davlatning ichki ishla-riga taalluqli har qanday mavzu xalqaro shartnoma ob’ekti bo‘lishi mumkin. Biroq davlatlar ichki davlat vakolati doirasiga kiruvchi masalalarni xalqaro shartnoma ob’ektiga aylanishidan o‘zlarini tiyib turadilar.
Xalqaro shartnoma maqsadi deganda xalqaro huquq sub’ektlarining shartnoma tuzish orqali amalga oshirish va erishishga qara-tilgan faoliyati tushuniladi.
Xalqaro shartnoma maqsadi, odatda, shartnoma Muqaddimasida yoki uning dastlabki moddalarida belgilab beriladi.
Xalqaro shartnoma tomonlari yoki sub’ektlari faqat xalqaro huquq sub’ektlari hisoblanadi.
1969 yilda qabul qilingan Vena konvensiyasining 6-moddasida belgilanganidek, "har bir davlat shartnomalar tuzish huquq layoqa-tiga ega".
1969 yilgi Vena Konvensiyasi me’yorlari davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga hamda xalqaro shartnomalar doirasida xalqa-ro huquqning boshqa sub’ektlari, xususan xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham qo‘llanadi. Mazkur Konvensiya qoidalari yana shuningdek, birinchidan, xalqaro tashkilotning ta’sis hujjati hisoblangan har qanday shartnomaga, ikkinchidan, xalqaro tashkilot doirasida qabul qilingan har qanday shartnomaga nisbatan ham qo‘llanadi.
1969 yilgi Konvensiyasining xalqaro odatga muvofiq kuchga ega bo‘lgan me’yorlari yozma shaklda tuzilgan shartnomalar qatoriga kiruvchi davlatlar o‘rtasidagi norasmiy shartnomalarga nisbatan ham qo‘llanadi.
Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi 1969 yilgi Vena konvensiyasiga muvofiq shartnoma matnini tayyorlash va qabul qilish: "muzokaralarda qatnashayotgan davlatlar", ya’ni shartnoma matnini tayyorlash va qabul qilishda qatnashgan yoki ko‘ptomonlama shartnoma matniga nisbatan xalqaro konferensiyada ishtirok etayotgan va ovoz berishda qatnashayotgan davlatlarning uchdan ikki qismi (ovoz berishda betaraf bo‘lganlar ovozi hisobga olinmaydi) ovoz berishi orqali amalga oshiriladi.

3. Xalqaro shartnomalarni tasniflash (klassifikatsiyalash)


Xalqaro shartnomalar turli asoslarda tasniflanishi (klassi-fikatsiyalanishi) mumkin.
Ishtirokchilar soniga ko‘ra xalqaro shartnomalar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama turlarga bo‘linadi.
Ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarga barcha davlatlar ishtirokini ko‘zda tutuvchi universal shartnomalar hamda ishtirokchilar soni cheklangan shartnomalar kiradi.
Xalqaro shartnomalar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq xalqaro shartnomalar deb, har qanday davlat ishtirok eta olishi mumkin bo‘lgan shartnomalarga aytiladi.
YOpiq xalqaro shartnomalar ularda ishtirok etish uchun mazkur shartnoma ishtirokchilari roziligi talab qilinadigan shartnoma-lardir.
Tartibga solish ob’ektiga ko‘ra xalqaro shartnomalar siyosiy, iqgisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa turlarga bo‘linishi mumkin.
Ko‘p sonli ishtirokchilardan iborat ko‘ptomonlama shartnoma-lar, ayniqsa universal shartnomalarda, odatda, ikki sana: shartnomaning umuman kuchga kirish sanasi hamda shartnomaning faqat alohida davlat uchun kuchga kirish vaqti ko‘rsatiladi. Bunday shartnomalar ratifikatsiya qilib bo‘linganidan va shartnomada belgilangan miqdordagi davlatlar ratifikatsiya yorliqlarini saklash uchun topshirganlaridan so‘ng kuchga kiradi.
SHartnomaning majburiy yuridik kuchini tan olgan davlat (uning uchun kuchda bo‘lgan vaqt davomida) Vena Konvensiyasiga muvofiq uning ishtirokchisi deb nomlanadi.
"Ahdlashuvchi davlat" deb, shartnoma kuchga kirgan yoki kirma-ganligidan qat’i nazar uni majburiyligini tan olgan davlatga aytiladi.
Ushbu formula quyidagi xususiyatlarga ega:
birinchidan, ikki tomonlama shartnomalar uchun: bir davlat shartnomani imzolaydi, imzoni tasdiqlaydi va ikkinchi davlat bunday imzoni tasdiqlagunga qadar ahdlashuvchi davlat bo‘lib sanaladi; bir davlat shartnomani ratifikatsiya qiladi va ikkinchi bir davlat shunday harakatni sodir etmaguncha va ratifikatsiya yor-liqpari almashingunga qadar axdlashuvchi davlat bo‘lib qoladi;
ikkinchidan, ishtirokchilar soni cheklangan ko‘ptomonlama shartnomalar uchun: belgalangan tarzda ular o‘zlari uchun shartnoma qoidalari majburiyligiga rozi bo‘ldilar va qolgan davlatlar shunday qilmaguncha ahdlashuvchi tomonlar bo‘lib qoladilar; shundan so‘ng barcha shunday davlatlar shartnoma ishtirokchilari bo‘lib qoladilar;
uchinchidan, ko‘ptomonlama shartnomalar uchun, shu jumladan universal shartnomalar uchun ham: ratifikatsiya yorliqlarini yoki shartnoma bilan belgilangan boshqa yorliqlarni saqlash uchun topshirgan har bir davlat shartnoma kuchga kirgunga qadar yoki keyingi (qolgan) davlatlar uchun — ularning har biri uchun shartnoma kuchga kirgunga qadar ahdlashuvchi davlatlar bo‘lib qoladilar.
1969 yilgi Vena konvensiyasi shartnomalarning uch turini belgilaydi. Bular:
1) ikkitomonlama shartnomalar;
2) ko‘ptomonlama shartnomalar;
3) cheklangan sonli ishtirokchilarga ega bo‘lgan ko‘ptomonlama shartnomalardir.
CHeklangan sonli ishtirokchilarga ega bo‘lgan ko‘ptomonlama shartnoma tushunchasi Konvensiyaning 20-modda 20-bandidan kelib chiqadi. Unga ko‘ra:
"Agar muzokaralarda ishtirok etayotgan cheklangan sonli davlatlardan hamda shartnomaning ob’ekt va maqsadlaridan uning barcha ishtirokchilari o‘rtasida shartnomani qo‘llash har bir ishtirokchining unga nisbatan shartnomaning majburiyligiga roziligi muhim sharti bo‘lsa, u holda e’tiroz barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinishini talab qiladi".
Ushbu tushuncha ko‘rsatilgan shartnoma qoidalari va e’tirozlarga nisbatan qo‘llangan bo‘lsada, barcha ishtirokchilarning roziligi mavjudligi shartnoma tuzish va uni ijro etishning boshqa ko‘pgina shart-sharoitlari uchun ham juda muhimdir.
Misol orqali buni izohlab beramiz. Uch yoki ko‘p miqdordagi davlatlar har birlarining tegishli imkoniyatlarini inobatga olib, qandaydir uchish apparatini birgaliqda yaratish va ishlab chiqarishga kelishadilar. Bu o‘z o‘rnida ushbu davlatlar bilan tuziladigan va tuzilgan shartnoma ob’ekti va maqsadini tashkil qiladi. SHartnoma maqsadiga, agar barcha davlatlar shartnoma shartlariga rozi bo‘lsalargina (xususan, u yoki bu e’tirozni qabul qilishlari bilan), erishilishi mumkin. SHundan so‘ng barcha davlatlar vijdonan va belgilangan muddatlarda uni bajarishga kirishadilar. Mazkur davlatlardan birining shartnomada ishtirok etishdan, shu jumladan uni ratifikatsiya qilmaslik yoki shartnomaga muvofiq etkazib berishdan u yoki bu sabablarga ko‘ra bosh tortishi shartnoma maqsadini erishib bo‘lmaydigan qilib qo‘yadi va shartnoma o‘z mazmunini yo‘qotadi.
1969 yilgi Vena Konvensiyasida "umumiy yoki universal shartnoma" tushunchasi berilmagan.

4. Xalqaro shartnoma shakli, tuzilishi va nomi


Xalqaro shartnoma yozma va og‘zaki shaklda, ya’ni jentlmenlarcha kelishuv tarzida tuzilishi mumkin. Og‘zaki tarzdagi xalqaro shartnomalar juda kam tuziladi.
Xalqaro shartnoma tuzilishiga uning tarkibiy qismlari, ya’ni shartnoma nomi, muqaddima, asosiy va xulosa qismlari, tomonlar imzosi singarilar kiradi.
Muqaddima xalqaro shartnomaning muhim qismlaridan biri hisoblanadi, chunki unda asosan shartnoma maqsadi ifodalanadi.
Xalqaro shartnomaning asosiy qismi moddalarga bo‘linadi. Ular ham o‘z navbatida bo‘limlarga bo‘linishi mumkin.
SHartnomaning xulosa qismida xalqaro shartnomaning kuchga kirish va to‘xtatilish shartlari, shartnoma tili kabi qoidalar o‘z ifodasini topishi mumkin.
Xalqaro shartnomalar aksar holatlarda bayonnomalar shaklidagi ilovalarga ega bo‘ladi. Ilovalar xalqaro shartnomaning ajralmas qismi bo‘lishi mumkin.
Xalqaro shartnoma turli nomlar bilan, masalan, bitim, kon-vensiya, shartnoma, protokol, deklaratsiya, nizom, xartiya, — yoki ma’lum nomga ega bo‘lmasligi ham mumkin. Xalqaro shartnoma nomi hech qanday yuridik ahamiyat kasb etmaydi.
Xalqaro shartnoma matni tayyorlanadigan til tomonlar kelishuvi asosida belgilanadi. Ikki tomonlama shartnoma odatda, shartnoma tomonlari tilida tuziladi.
SHartnomaning asl nusxa bilan muvofiqligi (asl nusxaga mosligi) — ikki yoki bir necha tillarda tuzilgan shartnoma matnining bir xilda yuridik kuchga ega bo‘lishidir. SHartnoma matnining tugalligi odatda uni imzolash (davlatning vakolatli organi imzosi bilan haqiqiyligini tasdiqlash sharti), muzokarada qatnashayotgan barcha davlat vakillari tomonidan shartnomaning tasdiqlanishi (parafirovanie) yoki shartnoma matni ifodalangan konferensiyaning yakuniy hujjtini imzolash orqali tasdiqlanadi.
Albatta davlat vakillari shartnoma matnini qabul qila olish-lari uchun zaruriy vakolatlar (yozma hujjatlar) bilan ta’minlan-gan bo‘lishlari lozim.
Davlat o‘zi uchun shartnoma qoidalari majburiyligiga nisbatan roziligini shartnomani imzolash, shartnomani tashkil etuvchi huj-jatlarni ayirboshlash, shartnomani ratifikatsiya qilish, uni qabul qilish, tasdiqlash, unga qo‘shilish yoki shartnoma matnini qabul qilishda ishtirok etgan davlatlar (shartnoma matnida yoki boshqa tarzda) shartlashgan boshqa usullarda ifodalashi mumkin.
O‘z imzosi bilan shartnoma majburiyligini ifodalayotgan dav-lat vakili zaruriy vakolatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Davlat va hukumat boshlig‘i, tashqi ishlar vaziri shartnoma tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harakatlarni amalga oshirishda vakolat-ga ega bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.
Faqat kuchga kirgan xalqaro shartnomagina yuridik oqibatlar tug‘dirishi mumkin. Bu mazkur xalqaro shartnoma tomonlari uchun yuridik majburiy me’yorga aylanganidan dalolat beradi. Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq, xalqaro shartnomaning kuchga kirishi tartibi va vaqti bevosita shartnomaning o‘zida yoki uning ishtirokchilari tomonidan belgilanadi. Xalqaro shartnomalar shartnoma imzolangan, ratifikatsiya qilingan, ratifikatsiya yorliqlari almashingan kundan yoki depozitariyga ma’lum sondagi ratifikatsiya yorliqlari topshirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Ba’zan xalqaro shartnomalarda kuchga kirish vaqti ko‘rsatilmaydi. Bu avvalo yuridik kuchi shartlashuvchi tomonlar imzosi bilan tasdiqlanadigan ikki tomonlama shartnomalarga tegishli. Ular imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uning harakat muddatiga bog‘liq. Odatda shartnoma muddati shartnomaning o‘zida belgilana-di. Xalqaro shartnomalar ma’lum muddatga (muddatli shartnomalar), noma’lum muddatga, harakat muddati ko‘rsatilmay yoki harakatining muddatsizligi belgilanmagan muddatlarga tuzilishi mumkin.
Ma’lum muddatga ham ikki tomonlama, ham ko‘ptomonlama shartnomalar tuzilishi mumkin. Ba’zi ikki tomonlama shartnomalarda, agar ma’lum muddat o‘tib bo‘lganidan so‘ng tomonlarning biri shartnomadan chiqqanini bayon qilmagunga qadar o‘z kuchini saqlab qolishi to‘g‘risidagi shart belgilab qo‘yiladi. Boshqa xalqaro shartnomalar shartnoma harakatini avtomatik tarzda ma’lum muddatlarga, masalan, 3, 5 yilga yoki undan ko‘proq muddatga uzaytirishni mustahkamlab qo‘yadi. Bu tartibda shartnoma harakatini uzaytirish ishtirokchilardan biri xalqaro shartnomani denonsatsiya qilguncha yoki uning harakatini uzaytirishdan bosh tortguncha davom etadi. SHartnoma muddatini uzaytirish prolongatsiya deb ataladi. Keltirilgan holatlardan tashqari prolongatsiya maxsus kelishuv asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Agar shartnoma o‘z harakatini tugatgan bo‘lsa, va tomonlar uning harakatini uzaytirish to‘g‘risida maxsus shartlashsalar, bunday uzaytirish shartnoma harakatini tiklash yoki shartnomani qaytadan tuzish (shartnomaning qaytadan tuzilishi) deb nomlanadi.
Muddatsiz deb, harakat muddati ko‘rsatilmagan xalqaro shartnomalarga aytiladi.
"Ratifikatsiya qilish", "qabul qilish", "tasdiqlash" va "qo‘shi-lish" ma’lum holatlarga bog‘liq tarzda shu nom bilan yuritiluvchi xalqaro hujjat bo‘lib, davlat u orqali mazkur shartnomani o‘zi uchun majburiyligiga roziligini ifodalaydi.
SHartnomani ratifikatsiya qilish — davlat oliy organining ichki davlat huquqiga (Konstitutsiya yoki konstitutsiyaviy qonunga) muvofiq amalga oshiradigan harakatdir. SHartnomani ratifikatsiya qilish davlat boshlig‘i yoki oliy qonunchilik organi (parlament) tomonidan amalga oshiriladi. SHartnomani qabul qilish, tasdiq-lash va unga qo‘shilish harakatlari alaqachon tuzilgan shartnomalar bilan bog‘liq bo‘lib, ularda ishtirok etish mazkur shartnomalarni qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Ularning asosida ratifi-katsiya hujjatlari yotadi.
SHartnomaning kuchga kirish tartibi va vaqti uning o‘zida belgilangan yoki uni tuzishda qatnashgan davlatlar o‘rtasidagi o‘zga kelishuvlar asosida belgilangan boshqa bir tartibda amalga oshiriladi.
Har bir shartnoma ma’lum hudud yoki maydon bilan belgilanuvchi harakat doirasiga ega bo‘ladi. Qator ko‘ptomonlama shartnomalar davlatlar hududidan o‘zga maydonlar doirasini ko‘zda tutadi. Misol tariqasida 1959 yilda qabul qilingan Antarktika to‘g‘risidagi shartnomani aytib o‘tish mumkin.
Umuman olganda, xalqaro shartnoma uchinchi davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga nisbatan ularning bunga roziligisiz hech qanday huquq va majburiyatlar tug‘dirmaydi.
Agar uning ishtirokchilari bunday maqsadni ko‘zda tutgan bo‘lsa va uchinchi davlatning o‘zi bunga rozilik bergan bo‘lsagina, uning uchun xalqaro shartnomadan ma’lum huquq kelib chiqishi mumkin.
1969 va 1986 yilgi Vena konvensiyalari xalqaro shartnomalar-ning haqiqiyligi prezumpsiyasidan kelib chiqadi, chunki xalqaro shartnomaning haqiqiyligi yoki ishtirokchining shartnoma qoida-larini uning uchun majburiyligiga roziligi faqat xalqaro huquq asosidagina belgilanishi mumkin. Faqat haqiqiy xalqaro shartnomagina unda ifodalangan huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda alohida shartnomalar haqiqiy emas deb to-pilgan holatlar ham mavjud. SHartnomaning haqiqiy emasligini belgilovchi asoslar qatorida davlatni majbur qilish, aldash, xato, shartnoma qoidalarini xalqaro huquq me’yorlariga zid kelishi kabilarni sanab o‘tish mumkin.
SHartnomaning haqiqiy emasligi shartlari ikki turda: mutlaq va nisbiy, ya’ni ulardan foydalanmaslik yoki foydalanishga yo‘l qo‘yuvchi turlarda bo‘ladi.
SHartnoma, agar uni tuzish vaqtida xalqaro huquqning impera-tiv me’yorlariga zid bo‘lsa, haqiqiy emas va yuridik jihatdan ahmi-yatsiz hisoblanadi.
SHartnoma uning majburiyligiga o‘z roziligini bergan davlat tomonidan, "agar uning ichki huquqi shartnomalar tuzish vakolatiga tegishli qoidalari buzilgan bo‘lsa; shartnomada ma’lum xarak-terdagi xato mavjud bo‘lsa; shartnoma boshqa bir davlatning yolg‘on harakatlari ta’siri ostida yoki uning vakiliga bevosita yoki bil-vosita pora berish yoki majburlash natijasida tuzilgan bo‘lsa", haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Davlat ushbu holatlarni inobatga olmasligi va o‘zi uchun shartnoma qoidalari majburiyligini saqlab qolishi mumkin.
Davlat, agar ushbu holatlar mavjudligini bila turib, shartnoma qoidalarini qo‘llasa va ularni bajarsa, shartnoma majburiyligi borasida bildirgan roziligiga nisbatan norozilik bildirish huquqini yo‘qotadi. CHunki davlatning ushbu xatti-harakati shartnoma qoidalariga indamay rozi bo‘lish deb hisoblanadi. Mazkur qoida xalqaro huqukda estopel qoidasi deb nomlanadi.
Agar shartnoma qoidalarida boshqa maqsad ifodalanmagan bo‘lsa, shartnoma orqaga qaytish kuchiga ega emas. Bu shuni anglatadiki, shartnoma qoidalari uning ishtirokchisi hisoblangan davlatning shartnoma kuchga kirgunga qadar sodir etgan har qanday harakatlari, faktlar yoki holatlarga nisbatan qo‘llanmaydi. SHartnomalarga orqaga qaytish kuchini berish nafaqat eng kam, balki favqulodda hodisadir.
SHartnoma uning har bir ishtirokchi davlatining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘ladi. Bu holda shartnomada ishtirokchi davlat hududining faqat alohida qismiga nisbatan qo‘llanishi belgilanmagan bo‘lsa (misol uchun, hududni qurolsizlantirish yoki betaraf holatga keltirishda), taalluqli bo‘ladi.
Xalqaro tashkilot qoidalari — tashkilotning ta’sis hujjatlari, ular asosida qabul qilingan qaror va rezolyusiyalar, shuningdek, tashkilotning muqim shakllangan amaliyoti, ya’ni bu shunday amaliyotki, unga nisbatan a’zo-davlatlar konsensusga (e’tirozning mavjud emasligiga) ega.
Xalqaro tashkilot tomonidan xalqaro shartnomalar tuzilayotgan vaqtda beriladigan vakolat — bu tashkilotninig vakolatli organi tomonidan qabul qilinadigan hujjat bo‘lib, unga muvofiq bir yoki bir necha shaxs tashkilot nomidan muzokaralar olib borish, shartnoma matnini qabul qilish yoki uning matni haqiqiyligini aniqlash, ushbu tashkilotning shartnoma majburiyligiga roziligini ifodalash yoki shartnoma tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa har qanday harakatlarni amalga oshira olish vakolatiga ega bo‘ladi.

5. Xalqaro shartnomalarning bekor qilinishi va harakatining to‘xtatilishi


Xalqaro shartnomaning bekor qilinishi (tugatilishi), ya’ni yuridik kuchini yo‘qotishi yoki undan ishtirokchining chiqishi shartnoma qoidalariga muvofiq tarzda yoki shartnoma qatnashchilarining roziligiga binoan xohlagan vaqgda amalga oshirilishi mumkin.
Xalqaro shartnomani to‘xtatish shartnoma harakat muddatining tugashi, uning bajarilishi, shartnomada belgilangan shart-sharoitlar asosida denonsatsiya qilinishi natijasida yuz berishi mumkin.
SHartnomani to‘xtatishda denonsatsiya, ya’ni shartnomani bekor qilish to‘g‘risida bildirish keng qo‘llanadi. Agar shartnoma denon-satsiya qilishni nazarda tutmagan va shartnoma ishtirokchilarining bunday imkoniyatdan foydalanishlari maqsad qilib qo‘yilmagan bo‘lsa, shartnoma denonsatsiya qilinmaydi.
Xalqaro shartnomani to‘xtatishning yana bekor qilish va shartnomadan voz kechish kabi turlari ham mavjud. Bekor qilish iborasi orqali tomonlar kelishuvi bo‘yicha xalqaro shartnoma yuridik kuchining bekor qilinishiga aytiladi. SHartnomadan voz kechish deb, davlatning shartnomadan bir tomonlama voz kechishiga aytiladi. Misol uchun, shartnomaning o‘zga ishtirokchisi tomonidan uning qoidalari jiddiy buzilgan holatlarda bunga yo‘l qo‘yiladi.

6. Xalqaro shartnoma ijrosini ta’minlash usullari


Xalqaro shartnoma ijrosini ta’minlash xalqaro huquq sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro shartnomalarning bajarilishi:
birinchidan, xalqaro kafolatlar;
ikkinchidan, xalqaro nazorat;
uchinchidan, xalqaro tashkilotlarning qo‘llab-quvvatlashi orqali ta’minlanishi mumkin.
Xalqaro kafolatlar deganda ma’lum davlat yoki davlatlar guru-hining tuzilgan shartnomaning bajarilishini tasdiqlovchi yoki kafilligini olganligini belgilovchi xalqaro-huquqiy hujjat tu-shuniladi.
SHartnomalarning ijro etilishini ta’minlash, shuningdek, huquqbuzarliklar uchun xalqaro javobgarlik institutini ham mav-judligiga ko‘maklashadi.

Takrorlash uchun savollar


1. Xalqaro shartnomalar huquqi tushunchasi va manbalari deganda nimani tushunasiz?
2. Xalqaro shartnoma tushunchasi va yuridik tabiati qanday?
3. Xalqaro shartnoma ob’ekti va maqsadi deganda nima tushuniladi?
4. Xalqaro shartnomalar qanday va nima asosida tasniflanadi
(klassifikatsiya qilinadi)?
5. Xalqaro shartnomalarning qanday turlarini bilasiz?
6. SHartnomalar shakli, tuzilishi va nomi bo‘yicha qanday bo‘lishi mumkin?
7. Xalqaro shartnomalarning harakati va kuchga kirish tartibi qanday?
8. Xalqaro-huquqiy shartnomalar ijrosi qanday usullar bilan ta’minlanadi?
9. Xalqaro shartnomalarning bekor qilinishi va harakatining to‘xtatilishi tartibi qanday?
10. Xalqaro shartnomalarning haqiqiyligi deganda nima tushiniladi?



Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish